Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Erkin savdo toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar”, deb ataladi,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni tenglik va oʻzaro manfaatdorlik asosida rivojlantirishga intilib,
Oʻzbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasining tarkib topgan integratsion iqtisodiy aloqalarini va ikkala davlat iqtisodiyotlari bir-birini toʻldirishini eʼtiborga olib,
tovarlar va xizmatlarning erkin harakati oʻzaro kelishib olingan chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo qilishini eʼtirof etib,
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Ozarbayjon Respublikasi Tariflar va savdo boʻyicha Bosh Bitim (TSBB) hamda jahon savdo tashkiloti (JST) prinsiplariga sodiqligini tasdiqlab,
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashdilar:
1-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar teng huquqlilik, oʻzaro foyda va manfaatdorlik prinsiplariga amal qilib, xoʻjalik faoliyati subyektlarining mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, ular oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarida amal qiluvchi qonun hujjatlariga rioya etgan holda toʻgʻridan toʻgʻri xoʻjalik aloqalari asosida rivojlantiradilar va kengaytirib boradilar.
Ahdlashuvchi Tomonlardan har biri ikkinchi Tomonga iqtisodiy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzini tiyadi.
2-modda
1. Ahdlashuvchi Tomonlar bir-birlariga erkin savdo rejimini yaratib beradilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar bab-baravar amal qiluvchi boj poshlinasi, soliqlar va yigʻimlarni, shuningdek Ahdlashuvchi Tomonlardan birining bojxona hududidan chiquvchi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi uchun moʻljallangan tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdor jihatdan cheklashlarni qoʻllanmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Tovarlarning kelishib olingan turlari boʻyicha ushbu savdo rejimidan istisnolar mazkur Bitimning ajralmas qismi boʻlmish Agar Tomonlar zarur deb hisoblasa, hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
(2-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yil 23-martdagi bayonnoma tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-moddaning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yil 23-martdagi bayonnomaga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Bitim maqsadlarida hamda uning amal qilish davrida, Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlaridan kelib chiqqan tovarlar sifatida, ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanuvchi Tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniqlash toʻgʻrisidagi qoidalar asosida, belgilangan tovarlar tushuniladi.
(2-moddaning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2003-yil 13-iyundagi bayonnoma tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartomalari toʻplami, 2004-y., 1-son)
3-modda
Har bir Ahdlashuvchi Tomon:
ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning mazkur Bitim taʼsiri ostiga tushadigan tovarlarini oʻzida ishlab chiqarilgan ayni bir xil tovarlar yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlar tortiladigan tegishli soliqlar yoki yigʻimlardan oshib ketadigan ichki soliqlar yoki yigʻimlarga bevosita yoxud bilvosita tortmaydi;
ushbu Bitim taʼsiri ostiga tushuvchi tovarlar importi yoki eksportiga nisbatan xuddi shunday vaziyatda oʻzida ishlab chiqarilgan aynan bir xil tovarlarga yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilmaydigan biron-bir maxsus cheklashlar yoki talablarni joriy etmaydi;
ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon hududidan keltirilgan tovarlarni omborlarga joylash, qaytadan yuklash, saqlash, tashishga nisbatan, shuningdek toʻlovlar hamda toʻlovlarni oʻtkazishga nisbatan xuddi shunday hollarda oʻz tovarlariga yoki uchinchi mamlakatlardan keltirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalardan boshqacha qoidalarni qoʻllanmaydi.
4-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdo-sotiqda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga nisbatan kamsituvchi choralar qoʻllanishdan, mazkur Bitim doirasida tovarlar eksporti va/yoki importiga miqdor cheklashlari yoxud ularga barobar choralar joriy qilishdan tiyilib turadilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar bir tomonlama tartibda miqdor jihatdan yoki oʻzgacha maxsus cheklashlarni belgilashlari mumkin, ammo bu faqat oqilona doiralarda va qatʼiy belgilangan muddatda boʻlishi kerak.
Bunday cheklashlar istisno hollardagina boʻlib, faqat TSBB/JST doirasidagi bitimlarda koʻzda tutilgan hollarda qoʻllanilishi mumkin.
Ushbu moddaga muvofiq cheklashlarni qoʻllanuvchi Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga mazkur cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va uning nazarda tutilayotgan muddatlari toʻgʻrisida imkon boricha barvaqt toʻliq axborot berishi lozim, shundan keyin maslahatlar belgilanadi.
5-modda
Mazkur Bitim istalgan Ahdlashuvchi Tomonning oʻzining hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur deb hisoblaydigan yoki oʻzi ishtirok etayotgan, yoki ishtirok etish niyatida boʻlgan xalqaro shartnomalarni bajarish uchun soʻzsiz zarur deb hisoblaydigan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro amaliyotdagi hamma tomonidan eʼtirof etilgan davlat yoʻli bilan tartibga solish choralarini, agarda bu choralar quyidagilarga taalluqli boʻlsa, ularni bir tomonlama tartibda qabul qilish huquqiga toʻsqinlik qilmaydi:
odamlarning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof muhitni qoʻriqlash, hayvonlar va oʻsimliklarni muhofaza qilish;
ijtimoiy axloq va jamoat tartibini saqlash:
milliy xavfsizlikni taʼminlash;
qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar va harbiy-texnika savdosi;
parchalanuvchi materiallar va radiaktiv moddalar manbalarini yetkazib berish, radiaktiv chiqitlardan foydalanish;
oltin, kumush yoki boshqa qimmatbaho metallar va toshlar bilan savdo qilish;
oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan tabiiy zaxiralarni saqlash;
toʻlov balansi buzilishi;
davlatning qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish natijasida ichki narxlari jahon narxlaridan arzon boʻlgan mahsulotlar eksportini cheklash;
sanoat va intellektual mulkni himoya qilish;
milliy boyliklarni muhofaza qilish;
harbiy davrda yoki boshqa favqulodda holatlarda xalqaro munosabatlarda qoʻllaniladigan chora-tadbirlar;
xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash uchun BMT Ustavi asosida majburiyatlarni bajarish yoʻlidagi harakatlar.
Ushbu moddaga muvofiq shunday chora-tadbirlarni qoʻllanuvchi Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga mazkur cheklashlarni joriy etishning asosiy sabablari, shakllari va uning nazarda tutilayotgan muddatlari toʻgʻrisida imkon boricha barvaqt axborot berishi lozim, shundan keyin maslahatlar belgilanadi.
6-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka oid barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar alohida banklararo bitim bilan kelishib olinadi.
7-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar tashqi iqtisodiy aloqalarni ichki huquqiy jihatdan tartibga solish toʻgʻrisidagi, shu jumladan savdo, sarmoyalar, soliqqa tortish, bank va sugʻurta faoliyati hamda boshqa xizmatlar masalalariga oid, transport va bojxona masalalari, shu jumladan Ahdlashuvchi Tomonlarga taalluqli bojxona statistikasi boʻyicha axborotni muntazam ravishda ayirboshlab turadilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar mazkur Bitimning bajarilishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan milliy qonunchilikdagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida darhol bir-birlariga maʼlum qiladilar.
Ahdlashuvchi Tomonlarning vakil qilingan organlari shunday axborotni ayirboshlash tartibini kelishib oladilar.
Ushbu moddaning qoidalari:
istalgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari zimmasiga Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonunchiligi boʻyicha yoki odatdagi maʼmuriy amaliyot davomida olish mumkin boʻlmagan axborotni berish majburiyatini yuklaydigan qoida deb talqin etilmaydi;
biron-bir savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat yoki kasb-korga oid sirni yoxud savdo jarayonini oshkor qilishi mumkin boʻlgan axborotni yoki oshkor etilishi Ahdlashuvchi Tomonning davlat manfaatlariga zid boʻladigan boshqa axborotni bermaydi.
8-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar nohalol amaliy faoliyatni mazkur Bitimning maqsadlariga xilof deb eʼtirof etadilar hamda uning quyidagi usullariga yoʻl qoʻymaslik va bartaraf etish majburiyatini oladilar:
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududlarida raqobatchilikka xalaqit berish yoki uni cheklash yo boʻlmasa buning uchun shart-sharoitlarni izdan chiqarish maqsadini koʻzlovchi korxonalar oʻrtasidagi shartnomalar, korxonalarning birlashmasi tomonidan qabul qilingan qarorlar hamda amaliy faoliyatning umumiy usullari;
bir yoki bir qancha korxonalar Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlarining butun hududida yoki uning talaygina qismida raqobatchilikni cheklab, oʻzining ustun mavqeyidan foydalanadigan xatti-harakatlar.
9-modda
Ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlarni tarifli va tarifsiz asosda tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish chogʻida, statistika axborotini ayirboshlash, bojxona tartib-qoidalarini bajarish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga hamda Yevropa Iqtisodiy Ittifoqining Kombinatsiyalangan Tarif-statistika nomenklaturasiga asoslangan tashqi iqtisodiy faoliyatning toʻqqizta raqamli yagona Tovar nomenklaturasidan foydalaniladilar. Bundan Ahdlashuvchi Tomonlar zarur hollarda oʻz ehtiyojlari uchun Tovar nomenklaturasini toʻqqizta raqamdan tashqariga chiqarib rivojlantiradilar.
Tovar nomenklaturasining etalon nusxasini joriy etish tegishli xalqaro tashkilotlardagi mavjud boʻlgan vakolatxonalar orqali oʻzaro kelishilgan asosda amalga oshiriladi.
10-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar shunga qoʻshiladilarki, tranzit erkinligi prinsipiga rioya etish Mazkur Bitim maqsadlariga erishishning gʻoyat muhim sharti hamda ularni xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash tizimiga qoʻshishning jiddiy elementidir.
Shu munosabat bilan har bir Ahdlashuvchi Tomon ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlat bojxona hududidan va/yoki uchinchi mamlakatlardan chiquvchi hamda ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonning bojxona hududi yoki istalgan uchinchi mamlakat uchun moʻljallangan tovarlarning oʻz davlati hududi orqali toʻsqinliksiz oʻtkazib yuborilishini taʼminlaydi va eksportchilar, importchilarga yoxud yukni olib oʻtkazuvchilarga oʻzining eksportchilari, importchilariga yoki yuk olib oʻtuvchilariga yoxud istalgan uchinchi davlatning eksportchilari, importchilari yoxud yuk olib oʻtuvchilariga qanday shartlar asosida vositalari va xizmatlar beriladigan boʻlsa shulardan yomon boʻlmagan shartlar asosida tranzitni taʼminlash uchun barcha mavjud hamda zarur vositalar va xizmatlarni yetkazib beradi.
Ahdlashuvchi Tomonlar davlatlari hududi orqali yuklarni olib oʻtish tartibi va shartlari xalqaro yuk tashish Qoidalariga muvofiq tartibga solinadi.
11-modda
Har bir Ahdlashuvchi Tomon tovarlarning beruxsat reeksport qilinishiga yoʻl qoʻymaydi, chunki mazkur tovarlar chiqadigan ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon ularni eksport qilishga nisbatan davlat yoʻli bilan tartibga solish choralarini qoʻllaydi va/yoki ularni oʻz bojxona hududidan olib chiqib ketish chogʻida tashqi iqtisodiy imtiyozlar beradi. Ahdlashuvchi Tomonlar beruxsat reeksport qilish taqiqlanadigan tovarlar roʻyxatini belgilaydilar, shuningdek davlat yoʻli bilan tartibga solish choralari qoʻllaniladigan tovarlarning roʻyxatlarini ayirboshlaydilar.
Shunday tovarlarni uchinchi mamlakatlarga reeksport qilish mazkur tovarlar chiqarilgan mamlakat boʻlmish davlatning vakil qilingan organi faqat yozma ravishda rozilik bergan taqdirda va u belgilab beradigan shartlar asosidagina mumkin.
12-modda
Ahdlashuvchi Tomonlar uchinchi mamlakatlarga nisbatan eksport nazorati boʻyicha bahamjihat siyosat oʻtkazish maqsadida samarali eksport nazorati tizimini vujudga keltirish uchun muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazib, oʻzaro kelishilgan choralarni amalga oshiradilar.
13-modda
Mazkur Bitimning qoidalari Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida ilgari tuzilgan ikki tomonlama bitimlarning qoidalari oʻrnini avvalgi bitimning moddalari mazkur Bitim moddalariga toʻgʻri kelmay qolgan yoki ularga aynan oʻxshash boʻlgan darajada bosadi.
14-modda
Ushbu Bitimda hech narsa Ahdlashuvchi Tomonlardan har birining uchinchi mamlakatlar bilan munosabatlar oʻrnatishiga, mazkur Ahdlashuvchi Tomon qatnashchisi boʻlgan yoki bunday munosabatlar va majburiyatlar mazkur Bitimning qoidalari maqsadlariga zid boʻlmagan taqdirda qatnashchisi boʻlishi mumkin boʻlgan biron-bir boshqa xalqaro bitimga muvofiq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga toʻsqinlik qilmaydi.
15-modda
Har bir Ahdlashuvchi Tomon oʻz qonunlariga va xalqaro majburiyatlariga muvofiq ikkinchi Ahdlashuvchi Tomon davlati xoʻjalik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari huquqiy jihatdan, shu jumladan sud yoʻli bilan bab-baravar himoya qilinishini taʼminlaydi.
16-modda
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish yoki qoʻllanish xususida Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi nizolar, muzokaralar yoʻli bilan yoki Ahdlashuvchi Tomonlar uchun maʼqul boʻlgan boshqacha usul bilan hal etiladi.
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻzaro savdo-sotiqda mojaroli vaziyatlarga yoʻl qoʻymaslikka intiladilar.
17-modda
Mazkur Bitimning maqsadlarini amalga oshirish va ikkala davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish borasidagi tavsiyalarni ishlab chiqish uchun Ahdlashuvchi Tomonlar Oʻzbekiston-Ozarbayjon qoʻshma komissiyasini taʼsis etish haqida kelishib oldilar.
Ahdlashuvchi Tomonlar oʻz davlatlari poytaxtlarida savdo vakolatxonalari taʼsis etishga kelishdilar.
18-modda
Zarur hollarda mazkur Bitimga Ahdlashuvchi Tomonlarning yozma roziligi bilan oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
19-modda
Mazkur Bitim buning uchun zarur ichki davlat tartib-qoidalarini Ahdlashuvchi Tomonlar bajarganligi toʻgʻrisida xabarnomalar ayirboshlagan kundan kuchga kiradi va Ahdlashuvchi Tomonlardan biri uning harakatini toʻxtatish niyatida ekanligi haqida ikkinchi Ahdlashuvchi Tomonga yozma xabarnoma yuborgan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtganga qadar kuchida qoladi.
Mazkur Bitim tugagandan keyin uning qoidalari ikkala mamlakat korxonalari va tashkilotlari oʻrtasida tuzilgan, ammo u amalda boʻlgan davrda bajarilmay qolgan shartnomalarga nisbatan qoʻllaniladi, biroq u besh yildan oshmasligi kerak.
1996-yil 27-mayda Baku shahrida oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida ikki asl nusxada tuzildi, matnlarning hammasi bir xil kuchga egadir.
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish maqsadlari uchun rus tilidagi matn ustunroq kuchga ega.
(imzolar)
Oldingi tahrirga qarang.
(protokol Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi 2004-yil 23-martdagi bayonnomaga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartomalari toʻplami, 2004-y., 3-4-son)