Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025 05.01.1999 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025
Hujjat 27.04.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlarga daromadlar tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xom ashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulotni sarflash va saqlanishini taʼminlash, ularni hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
alkogolli mahsulotni aksiz markalarisiz ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga eng kam oylik ish haqining 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima solinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiz markalarisiz yoki soxta aksiz markalari bilan noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni sotuvchi yuridik shaxslarga eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima solinadi va ular alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etiladi.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27-apreldagi 2007-yil 85-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 17-18-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima sanksiyalari sud tartibida qoʻllanadi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan sodir etilgan qonunni buzish aybi tan olingan va jarima sanksiyalari summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan hollarda esa soliq organlari tomonidan qoʻllanadi va ular davlat budjetiga tushadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik faoliyati subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining 20 foizidan ortiq boʻlgan jarimalarni undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida toʻlovlarni har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi 1999-yildan boshlab:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini taʼminlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan barcha korxonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30dekabrdagi 285-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaxslargagina sotishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har 2 yilda belgilangan tartibda yangilanadigan tartib oʻrnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaxshilash nazarda tutilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 18-dekabrdagi 260-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 51-52-son, 512-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” va “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi koʻrinishi va dizayni boʻyicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qoʻllash haqidagi taklifni 1999-yil 1-martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 52-son, 391-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)