Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025 05.01.1999 yildagi 2-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.01.2025
Hujjat 15.01.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SPIRT VA ALKOGOLLI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISH VA ULARNING AYLANISHI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI MUSTAHKAMLASH YUZASIDAN QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 45-sonli “Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aholi salomatligi va hayotini muhofaza qilish, bozorga tushayotgan mahsulotlar sifatini oshirish, oziq-ovqat etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida davlat tomonidan nazoratni va tartibga solishni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjetlarga daromadlar tushishini koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat spirti va alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslarga — xom ashyo resurslari, spirt va alkogolli mahsulot sarflanishining va saqlanishining, ularning ishlab chiqarilishini hisobga olish va nazorat qilishning belgilangan tartibini buzganligi, shuningdek aksiz markalarisiz alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarganligi uchun belgilangan eng kam oylik ish haqining 300 dan 500 baravarigacha miqdorida jarima solinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
noqonuniy ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotlarni, ularni aksiz markalarisiz va soxta aksiz markalari bilan sotayotgan yuridik shaxslarga, alkogolli mahsulot bilan savdo qilish huquqidan mahrum etgan holda, belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 dan 200 baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jarima mablagʻlari tegishli soliq organlari tomonidan undiriladi va davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi 1999-yildan boshlab:
(6-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilarni hisobga olgan holda oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini ishlab chiqsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish va undan foydalanish balansi bajarilishining monitoringini taʼminlasin, bunda balans barcha ishlab chiqaruvchilar va isteʼmolchilar boʻyicha bajarilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan barcha korxonalar tomonidan oziq-ovqat spirti ishlab chiqarish, spirtni va tayyor alkogolli mahsulotlarni sotish hajmlarini aks ettiruvchi statistika hisoboti shaklini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 4-ilovaga muvofiq korxonalarda 1999-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi qoʻshimcha joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, ishlab chiqaruvchi korxonalarga alkogolli mahsulotlarni alkogolli mahsulotlar bilan savdo qilish huquqi belgilangan tartibda beriladigan yuridik shaxslargagina sotishga ruxsat etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Alkogolli mahsulotlarga aksiz markalari har yili belgilangan tartibda oʻzgartiriladigan tartib oʻrnatilsin, bunda ularning sifati va muhofaza darajasini tubdan yaxshilash nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” va “Oʻzqurilishmateriallari” kompaniyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan birgalikda qayta foydalanish yoki sanoat yoʻli bilan qayta ishlash uchun shisha idishlar, shu jumladan nostandart shisha idishlar qabul qilish punktlarini tashkil etish yuzasidan bir oy muddatda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzdavstandart” markazi “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi va “Sharq” konserni bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan alkogolli mahsulotlarni, alkogolli mahsulotlarning tashqi koʻrinishi va dizayni boʻyicha ham ichki, ham tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini taʼminlovchi etiketka va tiqinlar tayyorlash maqsadida, muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibini bir oy muddatda qayta koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda texnik spirtdan foydalanishga barham berish uchun unda organik lyuminoforlarni qoʻllash haqidagi taklifni 1999-yil 1-martgacha ishlab chiqsin va kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.M. Olimjonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 5-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
5-yanvardagi 2-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya inspektorlari lavozimi kiritiladigan korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r‎

Korxonalar nomi‎

Inspektorlar soni‎

Jizzax viloyati‎

1.‎ “Baxmal-sharob” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎ 1‎

Namangan viloyati‎

2.‎ “Yangiqoʻrgʻonvino” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, “Yanis-JV” qoʻshma korxonasi‎ 1‎
Surxondaryo viloyati‎
3.‎ “SAVB” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎ 1‎
4.‎ “Orzu” firmasi‎ 1‎

Toshkent viloyati‎

5.‎ “Bolgariya-sharob” qoʻshma korxonasi‎ 1‎
6.‎ “Farovon” firmasi‎ 1‎
7.‎ “FAR-VAB” qoʻshma korxonasi‎ 1‎
8.‎ “DOZ-TUR” qoʻshma korxonasi‎ 1‎
9.‎ “KOMSAR” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎ 1‎
10.‎ “Toshkent shampani” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati‎

1‎

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 418-son qarori bilan “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining 16 korxonasida Moliya vazirligining moliya inspektorlari lavozimi kiritilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 15-yanvardagi 24-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 3-son, 30-modda)