15.02.2002 yildagi 55-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.02.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI HARBIY XIZMATCHILARINING SHAXSIY GUVOHNOMASINI VA HARBIY XIZMATGA MAJBURLARNING GUVOHNOMASINI AMALGA KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini va harbiy xizmatga majburlarni harbiy hisobga olish tizimini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitseri shaxsiy guvohnomasi, bitimga binoan harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi va harbiy guvohnomasining yangi namunalari 1—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin va 2002-yil 1-iyundan boshlab amalga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1 — 4-ilovalar berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlar ofitserlari shaxsiy guvohnomasi va haqiqiy harbiy xizmatdagi bitimga binoan harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomasi 2002-yil 1-sentabrgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxiradagi ofitserlarning guvohnomasi 2003-yil 31-dekabrgacha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari 2005-yil 31-dekabrgacha almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari va harbiy xizmatga majburlarning guvohnomalari mavjud namunalari ularni yangi namunadagi hujjatlarga almashtirish uchun belgilangan davr mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy guvohnoma toʻgʻrisidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov), Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (R.H. Haydarov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.R. Inoyatov) va Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita (M.I. Oʻtaganov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomalarni almashtirish davrida harbiy xizmatchilarga shaxsiy guvohnomalar tashkiliy berilishi maqsadida markaziy apparatlarda vazirliklar va idoralarning kadrlar organlari, MXX maxsus boʻlimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, kirish, chiqish va fuqarolik boshqarmasi vakillaridan iborat tarkibda ikki hafta muddatda tegishli ishchi guruhlar tuzsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomalar blanklari saqlanishi, hisobga olinishi, toʻldirilishi va berilishini taʼminlash uchun markaziy apparatlar kadrlar tuzilmasida vazirliklar va idoralarning belgilangan shtatdagi xodimlari soni doirasida tegishli boʻlinmalar tashkil etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) Mudofaa vazirligining belgilangan shtatdagi xodimlari soni doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida zaxiradagi ofitser guvohnomalari va harbiy guvohnomalar hisobga olinishi, saqlanishi, rasmiylashtirilishi va berilishi boʻyicha boʻlinmalar tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (S.X. Xudoyqulov) uch oy muddatda Mudofaa vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha ofitser shaxsiy guvohnomasi, bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi va harbiy guvohnoma blanklarini zarur miqdorda tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.B. Nurmurodov) Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari va harbiy xizmatga majburlar guvohnomalari blanklarini tayyorlashga, ularni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olish va toʻldirish uchun maxsus asbob-uskunalar va texnika sotib olishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha 2002-yildan boshlab bosqichma-bosqich budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) va Ichki ishlar vazirligi (Z.A. Almatov) bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M.X. Rahmonqulov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudoyberganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 15-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-fevraldagi 55-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N I Z O M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ofitserining, bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomalari (keyingi oʻrinlarda — “harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi” deb yuritiladi) va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi toʻgʻrisidagi Nizom guvohnomalarni berish, almashtirish, hisobga olish, toʻldirish, ulardan foydalanish, shuningdek ular yaroqsiz holga keltirilganligi, yoʻqotilganligi va ehtiyotsizlik bilan saqlanganligi uchun javobgarlik tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq harbiy xizmat nazarda tutilgan Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari harbiy tuzilmalarida ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchi sifatida haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchisining shaxsiy guvohnomasi ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsini va xizmat mavqeyini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi ofitserga va bitimga binoan harbiy xizmatchiga harbiy xizmatchining haqiqiy harbiy xizmatda boʻlish butun davrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti oʻrnini bosadi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportini olish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi fuqaroga pasport oʻrnini bosmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga mansubligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan oʻtish huquqini beruvchi hujjat hisoblanmaydi. Chet elga chiqayotgan Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilariga Pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizomga hamda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi tegishli vazirliklar va idoralarning kadrlar xizmatlari tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxiradagi ofitserining guvohnomasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxiradagi ofitserining guvohnomasi blanklari barcha vazirliklar va idoralar uchun yagona namunada oʻzbek (lotin harflarida) va rus (kirillitsa harflarida) tillarida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majbur unga berilgan guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javob beradi. Guvohnoma yaroqsiz holga keltirilganligi, yoʻqotilganligi, ehtiyotsizlik bilan saqlanganligi va boshqa shaxslarga berilganligi uchun aybdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ofitser va bitimga binoan harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan boʻshatilgan taqdirda harbiy qism shtabi (kadrlar organi) harbiy xizmatchi shaxsiy guvohnomasining “Xizmat mavqeyidagi oʻzgarishlar” ustuniga shaxsiy tarkib boʻyicha buyruqning tartib raqamiga va sanasiga havola qilgan holda harbiy xizmatdan boʻshatish toʻgʻrisidagi yozuvni qayd etadi, ushbu yozuv harbiy qism shtabi boshligʻi (kadrlar organi boshligʻi)ning imzosi bilan tasdiqlanadi va unga gerbli muhr bosiladi. Bunda “tayinlangan” soʻzining ustidan chiziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Harbiy xizmatdan boʻshatilgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi u harbiy hisobga qoʻyilganda mudofaa ishlari boʻlimida olib qoʻyiladi. Harbiy xizmatchining olib qoʻyilgan shaxsiy guvohnomasi oʻrniga zaxiradagi ofitserning guvohnomasi yoki harbiy guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchidan olib qoʻyilgan shaxsiy guvohnoma mudofaa ishlari boʻlimida dalolatnoma asosida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Vafot etishi (halok boʻlishi) munosabati bilan yoki boshqa sabablarga koʻra Qurolli Kuchlar shaxsiy tarkibi roʻyxatidan chiqarilgan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy qism shtabi tomonidan guvohnomani bergan kadrlar organiga yuboriladi va u yerda dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi. Dalolatnomada harbiy xizmatchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yoʻq qilingan shaxsiy guvohnomaning seriyasi va tartib raqami koʻrsatiladi. Dalolatnoma kadrlar organining shaxsiy guvohnomalar boʻyicha yozishmalar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. SHAXSIY GUVOHNOMA BERISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Ofitser shaxsiy guvohnomasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchiga birinchi ofitserlik unvoni berilganda va u Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitser kadrlar tarkibiga oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tartibda yoki chaqiriq boʻyicha zaxiradagi ofitser Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga haqiqiy harbiy xizmatga jalb etilganda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bitimga binoan harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy xizmatchiga yoki harbiy xizmatga majburga u bitimga binoan harbiy xizmatga qabul qilingandan va lavozimga tayinlangandan keyin (serjantlar tayyorlash maktabiga qabul qilingandan keyin) beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ofitserlar tarkibi harbiy unvoniga ega boʻlgan, haqiqiy harbiy xizmatdan boʻshatilgan va zaxiraga oʻtkazilgan harbiy xizmatchiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
attestatsiyaga koʻra ofitserlar tarkibiga oʻtkazilgan bitimga binoan harbiy xizmatchiga u harbiy xizmatdan boʻshatilganda va zaxiraga chiqarilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxiradagi ofitserlar tayyorlash dasturi boʻyicha taʼlim olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga zaxira boʻyicha birinchi ofitserlik unvoni berilganda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
haqiqiy harbiy xizmatda turgan harbiy xizmatchilarning guvohnomasi umumiy tarzda almashtirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnomaning barcha ustunlari toʻlib qolganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi yoki millati oʻzgarganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
guvohnoma yaroqsiz holatga kelgan taqdirda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchi harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa vazirlik yoki idoraga xizmatni davom ettirish uchun safarbar qilinganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatchiga “mayor” va “polkovnik” harbiy unvoni berilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida 10 va 20 kalendar yil xizmat qilgan bitimga binoan harbiy xizmatchiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirlik va idora rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha boshqa hollarda almashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Harbiy xizmatchilarning shaxsiy guvohnomalari vazirliklar va idoralarning nomlari oʻzgargan, vazirliklar va idoralar tarkibida mustaqil harbiy tuzilmalar tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda vazirlik va idora rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Shaxsiy guvohnomani toʻldirish va uni harbiy xizmatchiga berish vazirlik (idora)ning kadrlar organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Urush davrida harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi harbiy okrugning kadrlar organi tomonidan toʻldiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davolanishda, uzoq muddatli xizmat safarida, shuningdek shtatdagi lavozimdan ozod etilmagan holda oʻqishda boʻlgan harbiy xizmatchiga shaxsiy guvohnoma xizmat joyida beriladi, almashtiriladi va qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar guvohnomani berish, almashtirish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish muayyan muddatlar bilan cheklangan boʻlsa, bunday hollarda shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi boʻlgan joyga yuboriladi va tilxat bilan unga topshiriladi. Yangi shaxsiy guvohnoma olinganligi toʻgʻrisidagi tilxat va eski shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi xizmat qilgan joydagi qismga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimga binoan harbiy xizmatchiga shaxsiy guvohnoma berishda harbiy guvohnoma undan olib qoʻyiladi va uning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi. Bu haqda shaxsiy hujjatlar yigʻma jildining qoʻshimcha materiallaridagi roʻyxatga belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Harbiy xizmatchi tomonidan shaxsiy guvohnoma, harbiy xizmatga majburlar tomonidan — zaxiradagi ofitserning guvohnomasi yoʻqotilgan (yaroqsiz holga kelgan) taqdirda, yoʻqotishning barcha holatlari aniqlangandan keyin, yoʻqotishda (yaroqsiz holga kelishda) harbiy xizmatchining aybi boʻlgan taqdirda unga yangi guvohnoma intizomiy jazo berilgandan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchining yangi guvohnomasi va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi harbiy xizmatchilar guvohnoma blanki qiymatini toʻlagan holda birinchi berishdagi singari asoslarda va tartibda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. SHAXSIY GUVOHNOMANI TOʻLDIRISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Harbiy xizmatchining guvohnomasi va zaxiradagi ofitserning guvohnomasi ushbu maqsadlar uchun maxsus belgilangan mansabdor shaxslar tomonidan harbiy xizmatchining shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi (zaxiradagi ofitserning qisqartirilgan shaxsiy hujjatlar yigʻma jildi) asosida toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi birinchi–uchinchi sahifalari maxsus bosma yozuv uskunalari qoʻllangan holda guvohnomani beradigan vazirlik (idora)ning kadrlar organi tomonidan toʻldiriladi. Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi birinchi va ikkinchi sahifalarini toʻldirish va uni berish Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning birinchi sahifasi barcha zarur maʼlumotlar kiritilgandan, fotosurat yopishtirilgandan, vazirlik (idora) kadrlar organi gerbli muhri bilan tasdiqlangandan keyin oʻzi yelimlanadigan shaffof plastik plyonka bilan muhofazalanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Fotosuratlar (byust, anfas) 3x4 sm oʻlchamda tayyorlanadi. Harbiy xizmatchi kundalik harbiy kiyim-boshda (shinel, palto va bosh kiyimisiz), zaxiradagi ofitserlar fuqaro kiyimida suratga tushadilar. Fotosuratlardagi farqlash belgilari harbiy xizmatchining guvohnoma toʻldirilgan kundagi harbiy unvoniga muvofiq boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Shaxsiy guvohnomaga kiritiladigan barcha keyingi yozuvlar, guvohnoma egasining shaxsiy imzosi va guvohnomaga yozuvlarni qayd etgan mansabdor shaxslarning imzolari oʻchirib yozilmasdan va tuzatilmasdan aniq, tushunarli xusnixat bilan qora rangdagi tushda yoziladi. Shaxsiy guvohnomalar boshqa rangdagi tush va siyohlar, sharikli ruchkalar bilan yozilishiga, shuningdek shtamplar qoʻllanilishiga (FHDY organlari shtamplari va qonning guruhi va rezus-faktori toʻgʻrisidagi shtamplardan tashqari) yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. “Oilaviy ahvoli va oilasining tarkibi” ustunida nikohdan oʻtganlik yoki uning bekor qilinganligi, voyaga yetmagan bolalar borligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oilaviy ahvoli toʻgʻrisidagi yozuvlar (guvohnoma toʻldirilgan kunda bolalarning borligi, keyinchalik bolalar tugʻilishi haqida) FHDY organlari tomonidan beriladigan hujjatlar asosida yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Alohida qaydlar” ustunida qonning guruhi va rezus-faktori toʻgʻrisida shtamp qoʻyiladi. Bu ustunga vazirlik (idora) rahbarining koʻrsatmasi boʻyicha boshqa qaydlar ham kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Guvohnomani yangidan qayd qilish belgilari” ustunida yangidan qayd qilish sanasi toʻgʻrisida yozuv yoziladi (yil, kun, oy koʻrsatiladi) va u guvohnomani imzolash huquqi berilgan tegishli komandir (boshliq)ning imzosi bilan tasdiqlanadi va gerbli muhr bosiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. GUVOHNOMALAR BLANKLARINI TAYYORLASH, ULAR BILAN TAʼMINLASH, ULARNI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi, zaxiradagi ofitserning guvohnomasi blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan vazirliklarga (idoralarga) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Olingan harbiy guvohnomalarning hisobi vazirliklar va idoralarning kadrlar organlarida, mudofaa ishlari boshqarmalarida qatʼiy hisobda turadigan blanklar daftarida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnomalarni hisobga olish uchun zarur boʻlgan daftarlar va blanklar vazirliklar, idoralar va mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Nakladnoylar va blanklarni berish vedomostlari, zarur hollarda esa olingan blanklar mavjudligini tekshiruvchi komissiyalar dalolatnomalari blanklarni hisobga olish va hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Harbiy guvohnomalarni yuborish, hisobga olish va saqlash rasmiy davlat hujjatlariga nisbatan qoʻllaniladigan amaldagi qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Guvohnomalar kamomadi aniqlangan, ular yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan hollarda tekshirish oʻtkaziladi hamda aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Vazirliklar, idoralar va mudofaa ishlari boshqarmalarida guvohnomalar saqlanishi va hisobga olinishi uchun ofitserlarni, bitimga binoan harbiy xizmatchilarni va zaxiradagi ofitserlarni harbiy hisobga olish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalar boshliqlari masʼul hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Almashtiriladigan shaxsiy guvohnoma harbiy xizmatchi tomonidan guvohnomani bergan vazirlik (idora)ning kadrlar organiga yuborish uchun shtabning mansabdor shaxsiga topshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Toʻldirish paytida buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki va almashtirishda olib qoʻyilgan guvohnoma barcha sahifalarni chizib tashlash yoʻli bilan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki vazirlik (idora)ning kadrlar boʻlimida dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Kadrlar organlari va mudofaa ishlari boshqarmalarida guvohnomalar blanklari kirimi, chiqimi va mavjudligi shaxsiy tarkibni hisobga olishning holatini tekshirish uchun tayinlangan, ushbu maqsadlar uchun maxsus tashkil etilgan komissiyalar tomonidan har yili birinchi chorakda tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiyalarning dalolatnomalari shaxsiy guvohnomalar boʻyicha yozishmalar yigʻma jildiga tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. GUVOHNOMALAR BLANKLARINING TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ofitserning shaxsiy guvohnomasi: oʻlchamlari — 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — yashil, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “A”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi: oʻlchamlari 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — kul rang, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “S”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zaxiradagi ofitserning guvohnomasi: oʻlchamlari 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 32 sahifa, muqovaning rangi — yashil, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “V”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻoz — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 15-fevraldagi 55-son qaroriga
6-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnoma toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. UMUMIY QOIDALAR
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Harbiy guvohnoma toʻgʻrisidagi Nizom harbiy guvohnomani berish, almashtirish, hisobga olish va toʻldirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy guvohnoma muddatli harbiy xizmatdagi xizmatchining va harbiy oʻquv yurti kursanti (tinglovchisi)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi uchun harbiy guvohnoma harbiy hisobga olishga doir asosiy hujjat hisoblanadi va uning egasining harbiy xizmatga majburiyati munosabatini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida kuchga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muddatli harbiy xizmatga chaqirilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy oʻquv yurtiga oʻqishga kirganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga oʻtkazilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
salomatligiga koʻra harbiy hisobdan chiqarilganda harbiy guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Harbiy guvohnoma muddatsiz hujjat hisoblanadi hamda muddatli harbiy xizmatda va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida zaxirada boʻlishning butun davrida haqiqiydir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Harbiy guvohnoma faqat harbiy qism (harbiy muassasa) shtabiga, mudofaa ishlari boʻlimiga, sud-tergov organlariga, yashash yoki ish joyida harbiy-hisobga olish ishlari uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsga tilxat bilan topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Rsspublikasi fuqarosi unga berilgan harbiy guvohnomaning saqlanishi uchun shaxsan javob beradi. Harbiy guvohnoma yaroqsiz holga keltirilganligi yoki uni yoʻqotilishiga sabab boʻluvchi ehtiyotsizlik bilan saqlanganlik uchun aybdorlar maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatchi harbiy guvohnomani yaroqsiz holga keltirganligi yoki yoʻqotganligi uchun intizomiy tartibda javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Harbiy guvohnoma yoʻqotilganda yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda yangi harbiy guvohnoma yoʻqotish yoki yaroqsiz holga kelish sabablari tekshirilgandan va aniqlangandan keyin beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. HARBIY GUVOHNOMALARNI BERISH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fuqaroga harbiy guvohnoma berish hamda uni harbiy hisobga qoʻyish uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqaro uchun — chaqiruv komissiyasining qarori va harbiy qismga joʻnatish uchun komandaga qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bitimga binoan harbiy xizmatni oʻtagan va zaxiraga boʻshatilgan harbiy xizmatchi uchun — uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi, bitimga binoan harbiy xizmatchi guvohnomasi (harbiy guvohnoma) hamda harbiy qismning koʻrsatmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) belgilangan xizmat muddatini oʻtab boʻlgan va zaxiraga boʻshatilgan muqobil xizmat xizmatchisi uchun — muqobil xizmat boʻlimi koʻrsatmasi, hisobga olish kartochkasi va muqobil xizmat xizmatchisi guvohnomasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) harbiy oʻquv yurti kursanti (tinglovchisi) uchun — uning oʻqishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) zaxiraga oʻtkazilgan chaqiriq yoshidagi fuqaro uchun — chaqiriluvchining hisobga olish kartochkasi hamda zaxiraga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror ilova qilingan chaqiruv komissiyasining protokollari daftaridan koʻchirma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tibbiy yoki boshqa maxsus maʼlumot olgan xotin-qizlar uchun — tibbiyot bilim yurtini tugatganlik toʻgʻrisidagi diplom yoki oliy va oʻrta oʻquv yurtlarida, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining oʻquv tashkilotlarida, kurslarda yoki amaliy ishda olingan tegishli tayyorgarlikni tasdiqlovchi boshqa hujjat (shahodatnoma, guvohnoma, maʼlumotnoma);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan yoki sud hukmiga koʻra jazoning boshqa turini oʻtab boʻlgan fuqaro uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organining ozod qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi, unga berilgan pasport va harbiy guvohnoma berish toʻgʻrisidagi shaxsiy ariza asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fuqaroning shaxsiy arizasi yoʻqolgan, yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan harbiy guvohnoma oʻrniga takroran harbiy guvohnoma berish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy ofat natijasida yaroqsiz holga kelgan harbiy guvohnomani almashtirish zaruriyati tugʻilganda arizaga tegishli organning tabiiy ofat sodir boʻlganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mudofaa ishlari boshqarmasida taqdim etilgan hujjatlar asosida harbiy guvohnomaning birinchi va ikkinchi sahifalari rasmiylashtiriladi. Harbiy guvohnomaning birinchi sahifasi oʻzi yelimlanadigan shaffof plastik plyonka bilan muhofazalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnomaning boshqa boʻlimlarini rasmiylashtirish, uni harbiy xizmatga majburga topshirish, harbiy hisobga olish qoidalari bilan tanishtirish tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnomaning birinchi va ikkinchi sahifalari maxsus bosma yozuv uskunalari qoʻllangan holda rasmiylashtiriladi, boshqa yozuvlar qora rangli tush bilan yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Harbiy guvohnomalar harbiy guvohnoma blanki uchun undirilgan holda takroriy beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. HARBIY GUVOHNOMALAR BLANKLARINI TAYYORLASH, ULAR BILAN TAʼMINLASH, ULARNI HISOBGA OLISH VA SAQLASH TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Harbiy guvohnomalar blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan qalbakilashtirishdan himoya qilish elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari boʻyicha taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Olingan harbiy guvohnomalarning hisobi Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Birlashgan shtabida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalarida qatʼiy hisobda turadigan blanklar daftarida olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnomalarni hisobga olish uchun zarur boʻlgan daftarlar va blanklar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nakladnoylar va blanklarni berish vedomostlari, zarur hollarda esa olingan blanklar mavjudligini tekshiruvchi komissiyalar dalolatnomalari blanklari hisobga olish va hisobdan chiqarish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Harbiy guvohnomalarni yuborish, hisobga olish va saqlash rasmiy davlat hujjatlariga nisbatan qoʻllaniladigan amaldagi qoidalarga muvofiq tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Harbiy guvohnomalar kamomadi aniqlangan, ular yoʻqotilgan va oʻgʻirlangan hollarda tekshirish oʻtkaziladi hamda aybdor shaxslar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mudofaa ishlari boshqarmalarida harbiy guvohnomalar saqlanishi va hisobga olinishi uchun zaxiradagi soldatlar (matroslar)ni va serjantlarni harbiy hisobga olish bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalar boshliqlari masʼul hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Toʻldirish paytida buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki guvohnomaning barcha sahifalarini chizib tashlash yoʻli bilan bekor qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buzib qoʻyilgan guvohnoma blanki mudofaa ishlari boshqarmasida dalolatnoma asosida yoʻq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Mudofaa ishlari boshqarmalari har chorakda kamida bir marta harbiy guvohnomalarning mavjudligini hamda ularni hisobga olish, saqlash va berishning toʻgʻriligini ushbu maqsadlar uchun maxsus tayinlangan komissiyalar tomonidan ichki tekshirishdan oʻtkazadilar. Tekshirish natijalari dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. HARBIY GUVOHNOMANING TAVSIFI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy guvohnoma: oʻlchamlari — 77x110 mm, joylashishi — vertikal, hajmi — 24 sahifa, muqovaning rangi — qora, rangli ofset usulida bosiladi, seriya — “QK”, tartib raqami qoʻyish — yetti belgili, qogʻozi — sakkiz qirrali koʻrinishdagi umumiy suv belgisi boʻlgan 100 foiz paxta asosida tayyorlangan. Guvohnomaning birinchi sahifasidagi yozuvlar va fotosurat sovuq holatda silliqlangan plyonka bilan muhofazalanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 3-4-son, 31-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 08.07.2019-y., 09/19/562/3387-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)