31.01.2002 yildagi 41-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AFGʻONISTON HUDUDIGA TIJORAT YUKLARINI TRANSPORTDA TASHISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining avtomobil va temir yoʻl tarmogʻidan foydalangan holda Termiz—Hayraton koʻprigi orqali Afgʻonistonga tijorat yuklari yetkazib berish koʻlamini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2002-yil 1-fevraldan boshlab Afgʻonistonga Termiz stansiyasidan Hayraton stansiyasigacha olib oʻtiladigan tijorat yuklari uchun quyidagi imtiyozli stavkalar joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta vagon oʻtkazib berilganligi uchun — 180 AQSH dollari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta qirq tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun — 180 AQSH dollari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta yigirma tonnali konteyner oʻtkazib berilganligi uchun — 90 AQSH dollari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitta yuk avtomobili oʻtishi uchun — 50 AQSH dollari
(1-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-apreldagi 82-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoniga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2002-yil 1-fevraldan boshlab xorijiy davlatlarning Afgʻonistonga maqsadli borayotgan TIF TNning 8704 va 8705 guruhiga kiruvchi yuk avtotransport vositalariga, shu jumladan qiyin yoʻllarda yuradigan avtomobillariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganlik va tranzit uchun yigʻimlarning amaldagi stavkalari 50 foizga pasaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, avtotransport vositasi haydovchisiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan beriladigan belgilangan namunadagi yoʻnalish varaqasi imtiyozli stavkani qoʻllash uchun asos boʻlib hisoblanadi. Yoʻnalish varaqasida boʻlish muddatlari va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan Afgʻoniston hududiga borishning Termiz—Hayraton oʻtish yoʻli oxirgi punkt hisoblangan harakat yoʻnalishi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Afgʻonistonga borayotgan avtotransport vositalaridan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirish va tranzit uchun toʻlov milliy valyuta “soʻm”da naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida undirilishi, mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi hisobraqamiga belgilangan tartibda oʻtkazilishi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Afgʻonistonga boradigan yuklarni temir yoʻl transporti orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻyicha tashiganlik uchun toʻlov amaldagi tariflarga muvofiq belgilangan tartibda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan undirilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tijorat yuklarini Afgʻonistonga tashishga doir transport-ekspeditorlik faoliyati ham mamlakatimizning, ham xorijning ixtisoslashtirilgan kompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 235-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 11-12-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasida oʻtkazish punktlari orqali Termiz—Hayraton koʻprigida transport vositalari va shaxslar harakatining chegara va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibi”ning amal qilishi tijorat yuklariga ham joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2002-yil 31-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 24-modda, 11-12-son, 96-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)