09.09.2003 yildagi 390-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PILLACHILIK SOHASI KORXONALARINING MOLIYAVIY FAOLIYATINI BARQARORLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Ko‘chirma]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, “O‘zbek ipagi” uyushmasi rahbarlari tomonidan sohani boshqarishning zamonaviy bozor shart-sharoitlariga javob beradigan samarali tizimi ta’minlanmagan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sohaning iqtisodiy nochor korxonalarini isloh qilish juda qoniqarsiz amalga oshirilmoqda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shuningdek ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmayapti. Soha mahsulotlariga jahon bozorining tendensiyalarini marketing tadqiq etishning amaliy tizimi tashkil etilmagan. Ko‘pchilik korxonalarda kreditorlik qarzlar darajasi yuqoriligicha qolmoqda, natijada qoniqarsiz moliyaviy ahvol vujudga kelgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbek ipagi” uyushmasining qishloq aholisi — pilla yetishtiruvchilar oldida qarzdor ekanligi jiddiy, toqat qilib bo‘lmaydigan muammo bo‘lib qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pillachilik sohasini barqaror rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, tarmoq korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish va mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “O‘zbek ipagi” uyushmasi rahbarlarining pillachilik sohasini isloh qilish va rivojlantirish, korxonalarni zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash, sohaga chet el investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha ishi qoniqarsiz deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbek ipagi” uyushmasi va tijorat banklari – kreditorlar bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2003-yil hosilidan yetkazib berilgan pilla uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari oldidagi qarzlar 2003-yil 1-dekabrgacha qaytarilishini ta’minlaydigan uyushma korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish tadbirlarini va jadvalini aniq ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarini aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish va ularning qishloq xo‘jaligi korxonalari oldidagi qarzlarini o‘z vaqtida qaytarish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istisno tariqasida, “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak ipining bo‘sh qoldiqlarini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan quruq pillaning 50 foizgachasini, shu jumladan, ipak chiqindilari (titishga yaroqsiz pilla, ipak ipi chiqitlari va titilgan xom ashyo)ni jahon darajasiga muvofiq bo‘lgan narxlarda eksportga, shu jumladan, tovar-xom ashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga va milliy valyutaga sotishga ruxsat berilsin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-dekabrdagi 1005-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 09/18/1005/2302-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbek ipagi” uyushmasining uyushma korxonalari tomonidan 2 yil muomalada bo‘ladigan 680 mln. so‘mlik korporativ obligatsiyalar chiqarilishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki, 2004-yil hosilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pilla yetishtiruvchilar bilan “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi korxonalari o‘rtasidagi pilla tayyorlash uchun kontraktatsiya shartnomalari har yili 1-fevralgacha tuziladi va unda pilla yetishtiruvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilinmaganligi uchun qonunchilikka muvofiq jarima jazolari qo‘llanilishi nazarda tutiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pilla yetishtiruvchi xo‘jaliklarga 1-apreldan kechikmay avans beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyorlanayotgan pilla uchun avans berish ular umumiy qiymatining kamida 30 foizi miqdorida, shu jumladan fyuchers asosida ipak ipni sotishdan olinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi korxonalarining pilla yetishtiruvchilar bilan pilla uchun uzil-kesil hisob-kitobi har yili 1-noyabrdan kechikmay amalga oshiriladi.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “O‘zbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” korxonalariga 2004—2006-yillar davrida pilla yetishtirish uchun yetishmayotgan importdan keltiriladigan ipak qurti urug‘ini “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimidan foydalangan holda belgilangan tartibda olib kelishga ruxsat berilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-yanvardagi 7-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 1-2-son, 13-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son va 2003-yil 17-apreldagi 185-son qarorlari talablariga muvofiq uyushma korxonalarining ustav fondidagi davlat ulushi va joylashtirilmagan aktivlar jadal sotilishini hamda sohada xususiy korxonalar har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soha korxonalarini rekonstruksiya qilish va qayta jihozlashdan keyin bo‘shab qoladigan ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar belgilangan tartibda sotilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari mavjud tutzorlar saqlab qolinishini, yangi tut daraxtlari ekilishini ta’minlasinlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi pillachilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-apreldagi 118-son qarori talablarini so‘zsiz bajarish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari M. Z. Usmonov va R. S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarorning bajarilishining borishi to‘g‘risida 2004-yil yanvar oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 9-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
390-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 17-18-son, 145-modda; 2007-y., 1-2-son, 13-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 12.12.2018-y., 09/18/1005/2302-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)