Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 05.08.2003 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 05.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ELEKTR VA ISSIQLIK ENERGIYASI UCHUN HISOB-KITOB QILISH INTIZOMINI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, iqtisodiyotning bir qator tarmoqlarida elektr va issiqlik energiyasi uchun hisob-kitob qilish boʻyicha nomaqbul holat saqlanib qolmoqda. Energiya uchun toʻlov boʻyicha qarzlarning koʻpayishi, hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarini notoʻgʻri aks ettirish, elektr va issiqlik energiyasi berish tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish hollariga yoʻl qoʻyilmoqda. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyati tomonidan mazkur kamchiliklarni bartaraf etish, toʻlov muddati oʻtgan qarzlari boʻlgan isteʼmolchilarga energiya berilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha mufassal chora-tadbirlar koʻrilmayapti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzaro hisob-kitob qilishda toʻlov intizomini kuchaytirish, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi uchun isteʼmolchilarning barcha toifalari tomonidan haqning soʻzsiz toʻlanishini taʼminlash, energetika kompleksi korxonalarini zamonaviylashtirish va texnika bilan qayta jihozlash uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi rahbariyatiga elektr energiyasini uzatish vaqtida uning isrof boʻlish darajasini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarining yetarli emasligi, yetkazib berilayotgan elektr va issiqlik energiyasi uchun isteʼmolchilar tomonidan oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilinishi, ularni hisobga olish priborlaridan toʻgʻri foydalanilishini taʼminlash yuzasidan talabchanlikning susaytirib yuborilganligi va zarur nazoratning yoʻqligi koʻrsatib oʻtilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzdavenergonazorat” agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr va issiqlik energiyasi oʻgʻirlanishi, hisobga olish priborlari koʻrsatkichlarining notoʻgʻri aks ettirilishi, elektr va issiqlik energiyasi uzatish tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish, shu jumladan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari xodimlari tomonidan ulab berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarda oʻrnatilgan elektr va issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari holatini tekshirishga va koʻrsatkichlarini yozib olishga toʻsqinlik qilish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan darajadagi javobgarlikka tortsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-sentabrdan boshlab, aholidan tashqari, isteʼmolchilarning barcha toifalari uchun “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan beriladigan elektr va issiqlik energiyasi uchun bir oylik isteʼmol hajmining 30 foizi haqini majburiy ravishda oldindan toʻlash joriy etiladi, yakuniy hisob-kitoblar 60 kun mobaynida amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchining hisob-kitob qilinadigan davri boshlangungacha haqni oldindan toʻlamagan yoki yakuniy hisob-kitobni oʻz vaqtida amalga oshirmagan energiya isteʼmolchilariga energiya berish toʻxtatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov muddati oʻtgan qarzi boʻlgan elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarini uzib qoʻyish hamda ularni qaytadan ulash boʻyicha xarajatlar isteʼmolchilarning oʻz hisobidan qoplanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolchilarining “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalaridan 2003-yil 1-sentabrgacha vujudga kelgan qarzlari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jadvallar boʻyicha toʻlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning moliyaviy ahvolini hisobga olgan holda, elektr va issiqlik energiyasi uchun 2003-yil 1-sentabrgacha vujudga kelgan qarzlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha, yoqilgʻi va temir yoʻl tashuvlari uchun qarzlarini toʻlash jadvallarini tasdiqlasin va ularning bajarilishini qattiq nazoratga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Energiya sarfi koʻrsatkichlarini buzib koʻrsatishdan himoya qilish va uzatish tarmoqlaridagi elektr energiyasi yoʻqotilishini aniqlash maqsadida “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarda oʻrnatilgan elektr va issiqlik energiyasini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari har oyda yozib olinishini taʼminlasin, elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarini buzuvchilarga nisbatan tegishli javobgarlik choralarini koʻrsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektr tarmoqlarini va elektr energiyasidan foydalanuvchilarni elektron va boshqa zamonaviy hisobga olish priborlari bilan qayta jihozlash tadbirlarini tasdiqlash uchun ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzdavenergonazorat” agentligi va “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda elektr energiyasini uzatishda uning magistral va taqsimlash tarmoqlarida isrof boʻlishining yoʻl qoʻyiladigan cheklangan normativlarini tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soddalashtirilgan talablar toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
341-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 5-avgustdagi
341-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyundagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasining amaldagi isteʼmolini aniqlash uchun abonentlardagi hisoblagichlar koʻrsatkichlarini har oyda yozib olishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda elektr energiyasi uchun tarif oshirilgan taqdirda isteʼmolchilar elektr energiyasining avans tarzida haq toʻlangan miqdori uchun (oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan vaqt uchun) qoʻshimcha toʻlovlardan ozod qilinadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“59. Berilgan elektr energiyasi uchun isteʼmolchi bilan hisob-kitoblar energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan yozib beriladigan toʻlov hujjatlari boʻyicha, beriladigan elektr energiyasi qiymatining shartnomadagi miqdoridan kamida 30 foizini navbatdagi oy uchun oldindan toʻlagan holda amalga oshiriladi (aholidan tashqari), isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar hisob-kitob davri boshlangan kundan eʼtiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Isteʼmolchi tomonidan hisob-kitob davri boshlangan davrdan eʼtiboran 60 kun mobaynida toʻlov hujjatlari boʻyicha haq toʻlanmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti elektr energiyasi berishni toʻxtatadi. Bunda energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan energiya tizimi tarmoqlariga ulash va elektr energiyasi berish bular bilan bogʻliq xarajatlarni undirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“60. Energiya taʼminoti tashkiloti vakili abonent bilan birgalikda har oyda hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlarni yozib oladi va hisobot oyidagi energiya sarfini aniqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Abonent tomonidan hisobga olish priborlaridagi koʻrsatkichlar yozib olinmaganda va elektr energiyasi isteʼmoli toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmagan taqdirda energiya taʼminoti tashkiloti hisob-kitobni elektr isteʼmolining shartnomadagi miqdori boʻyicha amalga oshiradi, keyinchalik energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan abonent bilan birgalikda aniqlanadigan amalda isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qayta hisob-kitob qiladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
116-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“116. Hisobga olish elektr hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent toʻlovni hisobga olish elektr hisoblagichi boʻlmagan vaqt uchun, lekin daʼvo arizasidagidan koʻp boʻlmagan muddat uchun, energiya taʼminoti tashkiloti tomonidan tok qabul qiluvchi uskunalarning belgilangan quvvati boʻyicha aniqlanadigan hisob-kitob miqdoridan kelib chiqqan holda, biroq abonentdagi yuklamani bir yoʻla ishga solish quvvatidan koʻp boʻlmagan miqdorda amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar hisobga olish hisoblagichiga ega boʻlmagan abonent biron-bir sababga koʻra mazkur turar joyda vaqtinchalik yashamasa, energiya taʼminoti tashkilotini bu toʻgʻrida yozma ravishda xabardor qilishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“elektr energiyasi va isteʼmol qilinadigan quvvat uchun shartnomadagi miqdorning kamida 30 foizi miqdorida oldindan haq toʻlanadi va isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitob hisob-kitob davri boshlanadigan kundan eʼtiboran 60 kun mobaynida amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Suv taqchilligi munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga va Xorazm viloyatiga yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-iyuldagi 279-son qarorining 8-bandi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Foydalanilayotgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblar tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-dekabrdagi 469-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 12-son, 74-modda) 1-ilovaning 7-bandi va 8-bandining uchinchi xatboshi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2001-yilda respublika qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 15-fevraldagi 79-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 124-modda; 2004-y., 9-son, 105-modda; 2005-y., 3-4-son, 26-modda; 2010-y., 14-15-son, 108-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2019-y., 09/19/520/3332-son)