1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.02 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.03 Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatiga ruxsat. Litsenziyalash;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.05.00 Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar (prekursorlar) muomalasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 3-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyalarining shaxsiy tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-oktabrgacha ushbu qaror talablariga muvofiq yuridik shaxslarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga litsenziyalar berilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda belgilangan muddatlarda litsenziya olmagan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) huquqidan qonun hujjatlariga muvofiq mahrum qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F.Gʻ. Nazirov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A. Almatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 16-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
315-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qaroriga 1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziyalovchi organda litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborat-tahlil markazi vakili kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish (berish), taqsimlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik moddalariga ega boʻlgan oʻsimliklarni oʻstirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalanish litsenziyasiz amalga oshiriladi.
(4-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning bir necha turini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganda litsenziyada ushbu faoliyatning har qaysi turi koʻrsatilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyani yoki litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs shtatida tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyatning aniq turini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar boʻyicha belgilangan talablarga rioya etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan litsenziya talabgorida mavjud boʻlishi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va ularning tranzitini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda BMTning tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan ishlab chiqarishning texnologiya reglamentlariga koʻra belgilangan kvotalar doirasida RD Oʻz-19-01-96 (Dorivor vositalar ishlab chiqarishni va ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalari) talablariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyada va litsenziya bitimida koʻrsatilgan faoliyatni, shuningdek litsenziya bitimida koʻrsatilgan manzillar boʻyicha amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, tashish xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va vakolatli organ tomonidan berilgan ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuridik shaxs shtatida surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, oʻz xizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olishi mumkin boʻlgan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Litsenziyalanadigan aniq faoliyat turini amalga oshirish boʻyicha talablar, shu jumladan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalarga va boshqa texnik vositalarga eng kam talablar litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan oʻrni (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki ishlar hududiy organining binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanitariya nazorati organlarining binolarning yoki shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organining ishlab chiqarish sharoitlarining ekologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (prekursorlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda);
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yer uchastkalaridan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ishlab chiqarish sharoitlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanilganda);
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-avgustdagi 624-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 857-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yoʻq qilish) sohasidagi masʼul xodim uchun oliy farmatsevtika maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) hamda uni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs shtatida surunkali ruhiy kasalliklar, giyohvandlik, toksikomaniya, alkogolizmga duchor boʻlgan dispanser hisobida turuvchi xodimlarning, shuningdek qasddan qilingan jinoyat uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, oʻz xizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladigan xodimlarning yoʻqligi toʻgʻrisidagi, tegishli tibbiyot muassasalari va mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari maʼlumotnomalari albatta ilova qilingan holdagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hujjatlar litsenziyalovchi organning ekspert komissiyasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi masʼul kotibi joyida boʻlmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspert komissiyasi masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan, belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasining koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish yuzasidan arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yigirma yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻrsatib oʻtilgan tur boʻyicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan manzil (shu jumladan tarkibiy boʻlinmalar manzillari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning litsenziyalanadigan turi xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek uning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan ularga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(35-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.18.00.00 Davlat boji / 07.18.04.00 Davlat bojini toʻlash tartibi]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq litsenziya olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.
Litsenziya talabgori — yuridik shaxs (ariza beruvchi)
1-bosqich
Litsenziya talabgori xohishiga koʻra
1. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi masʼul kotibi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
2. Hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
3. Qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.
Litsenziyalovchi organ
2-bosqich
Hujjatlarni qabul qilish kunida
1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatiga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
2. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin qayta taqdim etilganda hujjatlarni koʻrib chiqadi.
1) — ariza olingandan kundan boshlab 27 kundan ortiq boʻlmagan muddatda;
2) — hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 7 kun mobaynida
Ekspert komissiya
3-bosqich
1. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).
3. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bilan litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
4. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.
Litsenziyalovchi organ
1), 2), 3) — tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida
4) —litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda
4-bosqich
Litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi hamda litsenziya bitimini imzolaydi Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Litsenziat
—litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay
5-bosqich
1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.
2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Litsenziya talabgori
—litsenziya berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda
1. Litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi
2. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi
— litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin uch kun muddatda
6-bosqich
Litsenziyalovchi organ
(nizomga ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organ roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (berish), taqsimlash, tashish, yaratish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv, ishlab chiqarish maqsadlarida, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish”.