03.04.2014 yildagi PQ-2157-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.04.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli telekoʻrsatuv tarmogʻini rivojlantirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli kreditini jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida raqamli telekoʻrsatuvga texnik va texnologik jihatdan oʻtish boʻyicha Davlat dasturi doirasida respublikaning barcha aholi punktlarini raqamli telekoʻrsatuv bilan toʻliq taʼminlash, shuningdek Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun berilayotgan imtiyozli kreditdan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari ishtirokidagi “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini 2013 — 2017-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasining dastlabki qiymati 92,0 mln AQSH dollarini tashkil etadi, shu jumladan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi bosqichda 2016-yilgacha — 60,0 mln AQSH dollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi bosqichda 2018-yilgacha — 32,0 mln AQSH dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbai etib quyidagilar belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha qiymatining 15 foizi, yaʼni ekvivalenti 14,0 mln AQSH dollariga teng miqdordagi mablagʻ — “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning oʻz mablagʻlari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi mablagʻlari (qolgan 50 foiz mablagʻ radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlar hisobidan) va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha qiymatining 85 foizi — Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari Yaponiya eksportni sugʻurta qilish agentligi kafolati bilan 3 yil imtiyozli davrni oʻz ichiga oladigan 13 yil muddatga berilayotgan 8,16 mlrd Yaponiya iyenasi (78,0 mln AQSH dollariga teng) miqdoridagi imtiyozli kredit mablagʻlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda Yaponiyaning yetakchi raqamli teleuzatkich ishlab chiqaruvchilari (“NEC”, “TOSNIBA” kompaniyalari va boshqalar) oʻrtasida mahsulot yetkazib beruvchilarning eng yaxshi taklifini konkurs asosida tanlab olishni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahsulot yetkazib beruvchilar tanlovi va xorijiy banklar bilan muzokaralar natijasi boʻyicha Yaponiya ishlab chiqaruvchilari uskunalarining importi uchun jalb qilinayotgan imtiyozli kredit shartlariga muvofiq, vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazgan holda, shartnomalar tuzilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasi hujjatlari ishlab chiqilishi va loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklarining imtiyozli krediti boʻyicha qarz oluvchi etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari oldidagi qarz majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda davlat kafolatini berish vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda tuzilayotgan qarz bitimi shartlariga muvofiq shaklda yuridik xulosa bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Belgilansinki, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiya tijorat banklari imtiyozli kreditiga xizmat koʻrsatish Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi mablagʻlari (radiochastota spektridan foydalanganlik uchun toʻlovlardan qolgan 50 foiz mablagʻ hisobidan), “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUKning xoʻjalik faoliyatidan olingan mablagʻlar va Axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilovaga* muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzbekiston Respublikasida yer usti raqamli uzatish tarmogʻini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — foyda soligʻi toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari — jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy tashkilotlar tomonidan bajarilgan (koʻrsatilgan) ishlar (xizmatlar) qoʻshilgan qiymat soligʻidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan roʻyxat asosida “Oʻzimpeksaloqa” MCHJ va “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” DUK tomonidan olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, materiallar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyihani amalga oshirish doirasida xorijiy tashkilotlar tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskuna, jihozlar, texnik vositalarni davriy bojxona toʻlovlari undirmagan holda “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimida rasmiylashtirishga, shuningdek kafolat va servis xizmati koʻrsatish davrida, ruxsat berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yigʻimlar undirmagan holda kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining talabnomalariga koʻra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi malakali xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirmagan holda koʻp martalik vizalar berish va muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish va muddatini uzaytirishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 3-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2157-son