Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 09.07.2003 yildagi 308-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 09.07.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORIDA KASBIY FAOLIYATNI (INVESTITSIYa INSTITUTLARINING QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORIDAGI FAOLIYATINI) LITSENZIYALASh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalashni tartibga solish maqsadida hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish toʻgʻrisida xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyasi tarkibini va komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ikki hafta muddatda tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz idoraviy normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga, 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 9-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
308-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 9-iyuldagi
308-son qaroriga
1-ILOVA

Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyati) turlarini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni yuridik shaxslar amalga oshirishlari mumkin, jismoniy shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin boʻlgan investitsiya vositachisi va investitsiya maslahatchisining kasbiy faoliyati bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyati litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishga beriladigan litsenziyaning amal qilish muddati – besh yil. Litsenziya 5 yildan kam muddatga litsenziya talabgorining arizasiga koʻra berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat turlarini amalga oshirishga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Litsenziyalar qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatning quyidagi turlariga beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya vositachisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya maslahatchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya kompaniyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya fondi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruvchi kompaniya;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitariy;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob-kliring tashkiloti (palatalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini saqlovchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlarning nominal saqlovchisi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan faqat litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turi boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani yoki uning boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar qimmatli qogʻozlar bozoridagi kasbiy faoliyatni amalga oshirishning litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziat tomonidan qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga majburiy rioya qilinishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) litsenziatning oʻz mablagʻlari (sarmoyasi) va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarining yetarliligini va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan majburiy normativlarga muvofiqligini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan dasturiy-texnik kompleksga qoʻyiladigan talablarning dasturiy taʼminoti va texnik vositalari muvofiqligi hamda investitsiya institutlari va fond birjalari bilan oʻzaro elektron aloqaga tayyorligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi litsenziatda qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarning ichki hisobini yuritish vazifasiga kiruvchi kamida bitta xodimning boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) quyidagi shaxslar jismoniy shaxs — litsenziat yoxud yuridik shaxs — litsenziatning yakka holda ijro etuvchi organi boʻlishlari mumkin emas:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya-iqtisod, yuridik, matematika yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklaridan kamida bittasi boʻyicha oliy maʼlumotli boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya institutlarida, fond birjalarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalaridagi yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan, kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan yoki ushbu shaxslarning aybi bilan yoʻl qoʻyilgan litsenziya talablari va shartlari buzilganligi uchun koʻrsatib oʻtilgan tashkilotlarda faoliyatning tegishli turlarini amalga oshirishga berilgan litsenziyalarning amal qilishi toʻxtagan paytda, agar bunday toʻxtash paytidan boshlab uch yildan kam vaqt oʻtgan boʻlsa, investitsiya instituti, fond birjasi, kredit, sugʻurta yoki auditorlik tashkilotining muassislari boʻlgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iqtisodiyot sohasidagi jinoyat uchun yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyat uchun olib tashlanmagan sudlanganlikka ega boʻlgan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs bankrot deb eʼtirof etilgan paytda va eʼtirof etilgan paytdan boshlab ikki yil oʻtmagan boʻlsa, yakka holda ijro etuvchi organ funksiyalarini bajargan yoki kollegial ijro etuvchi organ tarkibiga kirgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) litsenziatning mutaxassislari, mansabdor shaxslari va nazoratchisining litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlangan malaka talablariga muvofiqligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “b” va “g” kichik bandlari talablari jismoniy shaxs boʻlgan litsenziatlarga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq turlariga litsenziya olishda litsenziya talabgoriga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida asosiy faoliyatning qoʻshimcha (qoʻshib olib boriladigan) turi qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning amalga oshirilgan turiga muvofiq boʻlishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozorida qoʻshimcha faoliyatni amalga oshirish niyatida boʻlgan litsenziya talabgori yoki litsenziat litsenziyalovchi organga mazkur Nizomda koʻrsatilgan litsenziyalanadigan faoliyatning tegishli turiga hujjatlarni taqdim etishi va kasbiy faoliyatning qoʻshib olib boriladigan turlaridan biri uchun eng koʻp darajada belgilangan oʻz mablagʻlari (sarmoya)ning yetarli miqdoriga ega boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlarida litsenziya talabgorining tarkibiy boʻlinmasi yoki litsenziya talablari va shartlari unga ham joriy etiladigan litsenziatning qoʻshib olib boriladigan kasbiy faoliyatni amalga oshirishiga qoʻyiladigan talablar va uning tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) litsenziya berish toʻgʻrisida quyidagilar koʻrsatilgan holdagi ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasida talab qilib olinadigan depozit hisob raqamining tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori amalga oshirish niyatida boʻlgan faoliyatning litsenziyalanadigan turi va faoliyatning koʻrsatib oʻtilgan turi amalga oshiriladigan muddat;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yuridik shaxs uchun – yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun – yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) litsenziya talabgorining arizasi litsenziyalovchi organ tomonidan koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birga taʼsis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) soliq organining belgisi va oxirgi hisobot sanasiga moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda buxgalteriya balansi nusxasi (talabgor oxirgi hisobot sanasidan keyin tashkil etilgan hollardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq oxirgi hisobot sanasiga oʻz mablagʻlari (sarmoyasi) miqdori hisob-kitobi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) litsenziya talabgori boʻlgan jismoniy shaxsning yoxud litsenziya talabgori boʻlgan yuridik shaxsning (investitsiya fondlaridan tashqari) rahbari va xodimlarining litsenziyalovchi organning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari, shu jumladan litsenziya talabgori boʻlgan yuridik shaxsning ular doimiy asosda ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxalari, shuningdek yakka holda ijro etuvchi organ funksiyasini amalga oshiruvchi shaxslarning mehnat stajini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) axborotni saqlash, muhofaza qilish va tiklash tartibi, shu jumladan talabgor tomonidan tasdiqlangan xizmat axborotidan nohuquqiy foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning alohida turlarini litsenziyalash uchun talab etiladigan mazkur Nizomning 10—15-bandlarida sanab oʻtilgan boshqa hujjatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning “g”, “d”, “e”, “z” kichik bandlari talablari jismoniy shaxslar boʻlgan litsenziya talabgorlariga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Investitsiya vositachisi, investitsiya maslahatchisi, boshqaruvchi kompaniya va investitsiya kompaniyasi kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni ichki hisobga olish qoidalari nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talabgor tomonidan tasdiqlangan Mijozning manfaatlari bilan nizo kelib chiqqanda investitsiya vositachisi (investitsiya maslahatchisi, boshqaruvchi kompaniya, investitsiya kompaniyasi)ning xatti-harakatlari tartibi nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Investitsiya fondi kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalar emissiyasi prospekti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fondni boshqarish toʻgʻrisida investitsiya fondi bilan boshqaruvchi kompaniya oʻrtasida kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya fondi bilan depozitariy oʻrtasida kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi dastlabki shartnomaning litsenziat tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Depozitar faoliyatni amalga oshirishga litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mijozlarga xizmat koʻrsatish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalovchi organning talablariga muvofiq boʻlgan depozitar faoliyatni amalga oshirishga qoʻyiladigan ichki tartib;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitar faoliyatni amalga oshirishga oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi mazkur dasturiy vositani yoki guvohnoma nusxasini sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan depozitar faoliyatni amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitar faoliyatni amalga oshirish boʻyicha dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
depozitar faoliyatni amalga oshirish uchun foydalaniladigan texnik vositalarning tavsiflari koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dasturiy taʼminot va texnik vositalarning depozitariylarning dasturiy–texnik komplekslariga qoʻyiladigan belgilangan talablarga muvofiqligi hamda investitsiya institutlari bilan elektron oʻzaro hamkorlikka tayyorligi toʻgʻrisida Markaziy depozitariyning xulosasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Qimmatli qogʻozlar bozorida hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki hisob-kitob-kliring faoliyatini amalga oshirish boʻyicha oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;

Hisob-kitob va kliringni amalga oshirish (kliring xizmati koʻrsatish) qoidalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda litsenziyalovchi organning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq boʻlgan Qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini yuritish qoidalarini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdo tashkilotchisi faoliyatini amalga oshirishga litsenziya olish uchun litsenziya talabgori qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur dasturiy vositani sotgan (bergan) tashkilot bilan tuzilgan birjadan tashqari savdoni tashkil etish boʻyicha dasturiy vositadan tijorat maqsadida foydalanishga mualliflik litsenziya shartnomasi nusxasi yoki oʻz dasturiy vositasi mavjud boʻlgan taqdirda mualliflik huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli dasturiy taʼminotning texnik tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz ichiga qimmatli qogʻozlarni muomalaga qoʻyish va muomaladan chiqarish tartib-qoidalari, qimmatli qogʻozlar narxlari kotirovkasi toʻgʻrisidagi qoidalarni oʻz ichiga oluvchi Qimmatli qogʻozlar savdosi qoidalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
indekslar hisob-kitobi metodikasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisining qatnashchilarni qoʻyish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborotni oshkor qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
narxlar bilan nayrang qilishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar roʻyxati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishi talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Matni bir varaqdan koʻp boʻlgan hujjatlar tartib raqami qoʻyilgan, ip oʻtkazib tikilgan, litsenziya talabgorining muhri bilan tasdiqlangan va litsenziya talabgorining vakolatli shaxsi imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan litsenziyalovchi organga bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda pochta aloqa vositalari orqali yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar litsenziyalovchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilinganligi sanasi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishonchsiz yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bank hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizani rad etgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyat turlarini litsenziyalash mazkur Nizomga ilova qilinadigan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular boʻyicha xulosalar tayyorlash uchun litsenziyalovchi organda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi majlislari bir oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ular qabul qilinadigan kunda ekspert komissiyasining koʻrib chiqishi uchun kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasining xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda litsenziya talabgorini qabul qilingan qarordan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan qimmatbaho qogʻozlar bozoridagi faoliyat turi (turlari)ning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlarining bir marta qoʻpol ravishda buzilishi sifatida eʼtirof etiladigan qimmatli qogʻozlar bozoridagi tartib buzishlar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bittadan nusxada tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziyalar blankalari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organning buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosma usulda tayyorlanadi. Litsenziyalovchi organ rahbari litsenziyalar blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqaruvchi kompaniya va depozitariy kasbiy faoliyatini amalga oshirishga litsenziyada ruxsat berilgan operatsiyalar (xizmatlar) roʻyxati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida belgilangan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Takroran taqdim etilgan hujjatlar ekspert komissiyasining koʻrib chiqishi uchun ular qabul qilinadigan kunda kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ekspert komissiyasi olti kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqadi va ular boʻyicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ uch kun muddatda ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Litsenziya talabgorining arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Yuridik shaxs boʻlgan litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxs boʻlgan litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatlarini berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Litsenziatning litsenziya talablari va shartlariga rioya etishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratini amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga egadir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziat koʻrgan zarar miqdorida uning oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Litsenziyalovchi organ qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning har bir turi uchun alohida litsenziyalar reyestri yuritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar uchun – yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar uchun – litsenziatning familiyasi, ismi va otasining ismi, uning pasportidagi maʼlumotlar, uy manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berilgan sana va uning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning qayta rasmiylashtirilishi, amal qilishini toʻxtatib turish va amal qilishi tiklanishi asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilish asoslari va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat berishning asoslari va sanasi koʻrsatilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Litsenziyalar reyestridagi maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar toʻlov toʻlab litsenziyalovchi organdan litsenziyalar reyestridan muayyan litsenziatlar toʻgʻrisida koʻchirma tarzida maʼlumotlar olish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun bitta eng kam oylik ish haqi miqdoridagi toʻlov litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestridan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga maʼlumotlar bepul beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Litsenziya berilganligi yoki uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yoki qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatning ikki va undan ortiq turiga bir vaqtda litsenziya berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya berishda va uning amal qilishini besh yildan kam muddatga uzaytirishda davlat boji miqdori litsenziya amal qilishining qisqartirilgan muddatiga mutanosib ravishda kamaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qogʻozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 9-iyuldagi
308-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20—22-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 3-ilovaning 12-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 4-ilovaning IV-boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.