Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 02.07.2003 yildagi 300-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 02.07.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “SAVDO VA UMUMIY OVQATLANISh SOHASIDA SOLIQQA TORTISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2003 YIL 30 IYuNDAGI PF-3270-SON FARMONINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 30-iyundagi PF-3270-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2003-yil 1-iyuldan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yalpi daromad soligʻi stavkalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi bir hafta muddatda Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun daromad soligʻini hisoblab chiqish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-iyuldan boshlab savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi oʻzgarganligi munosabati bilan ushbu korxonalarda oʻsha davrda amal qilgan tizimidan kelib chiqqan holda oʻtgan davr uchun soliqlar toʻlash boʻyicha majburiyatlar saqlanib qoladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari plastik kartalar qoʻllangan tovar aylanmasi hajmidan yalpi daromad soligʻini amaldagiga nisbatan 20 foiz pasaytirilgan stavka boʻyicha toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Chakana savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari bilan birgalikda isteʼmolchilar bilan hisob-kitob qilish uchun plastik kartalardan foydalanish boʻyicha zarur miqdorda maxsus jihoz oʻrnatish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilansinki, yuridik shaxslar tomonidan bank kassasiga topshirilgan naqd mablagʻlarni qabul qilish va qayta hisoblash uchun, shuningdek ularga naqd mablagʻlar berilishida koʻrsatib oʻtilgan xizmatlar uchun toʻlov undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisidagi Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2002-yil 13-iyundagi 208-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 31-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq solish tartibi toʻgʻrisida” 2002-yil 12-iyuldagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 41-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-noyabrdagi 379-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 65-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qarorining 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 68-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-dekabrdagi 455-son qaroriga 4 va 5-ilovalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2003-yil 16-iyundagi 270-son qaroriga ilovaning 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari M.Z. Usmonov va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 2-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
300-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
2-iyuldagi 300-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun
yalpi daromad soligʻining tabaqalashtirilgan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STAVKALARI

‎‎‏Soliq toʻlovchilar

Korxonalar boʻyicha soliq stavkalari
‎(yalpi daromadga foizlarda)

Toshkent shahri va shaharlarda joylashgan korxonalar boʻyicha‎ qishloq tumanlarida joylashgan korxonalar boʻyicha‎ borish qiyin boʻlgan togʻli tumanlarda joylashgan korxonalar boʻyicha‎

Ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalari‎

20‎

18‎

16‎

‎Ulardan:‎

‎umumiy ovqatlanishning umumtaʼlim maktablariga, maktab-internatlarga, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashtirilgan korxonalari‎

16‎

14‎

12‎

Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 13-son, 104-modda; 2006-y., 51-52-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son)