Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006 03.06.2003 yildagi 240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2006
Hujjat 03.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IShLAB ChIQARILGAN VA SOTILADIGAN PAXTA TOLASI UChUN HISOB-KITOB QILISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ–456-son “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasi ishlab chiqarish va sotishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy qilish, paxta tolasining respublika bozorida raqobat muhitini yaratish, etishtirilgan paxta va paxta mahsuloti uchun hisob-kitob qilishning jahon amaliyotida umumiy ravishda qabul qilingan shakllari va tizimlarini joriy qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta mahsuloti xaridorlari va ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida hisob-kitoblarning zamonaviy madaniyatli shakllarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxtani qayta ishlovchi korxonalar bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasida oʻz vaqtida hisob-kitob qilinishini taʼminlash va shu asosda umuman iqtisodiyotda mablagʻlar aylanishini jadallashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
etishtirilgan paxta xomashyosi va paxta tolasi uchun oʻz vaqtida va toʻliq hisob-kitob qilish uchun tashqi savdo kompaniyalari va paxtani qayta ishlovchi tuzilmalar aylanma mablagʻlari (shu jumladan oʻz mablagʻlari va qarz olingan mablagʻlar)ning barqaror manbalarini aniqlash paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirishning muhim maqsadli vazifalari hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagicha tartib oʻrnatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdo kompaniyalari tuzilgan shartnomalar asosida paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan ulgurji xarid qiladi, keyinchalik uni jahon paxta bozorining shakllanayotgan konʼyunkturasidan kelib chiqib eksportga, shuningdek paxta tolasini erkin muomaladagi valyutaga sotib oladigan qoʻshma korxonalarga mustaqil ravishda sotadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika isteʼmolchilari paxta tolasini kimoshdi savdolari asosida Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotib oladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini saqlash hamda eksportga va respublika isteʼmolchilariga berish faqat ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, 2003-yil paxta hosilidan boshlab tashqi savdo kompaniyalari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz marketing strategiyasini mustaqil ravishda belgilaydilar va paxta tolasini sotishning zamonaviy samarali usullarini qoʻllagan holda jahon paxta narxining qulay konʼyunkturasidan kelib chiqib eksportga sotadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini eksportga yetkazib berish prognozlari va istiqbollaridan hamda jahon bozorida paxta mahsulotiga shakllanayotgan narxlardan kelib chiqib “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan paxta tolasini ulgurji xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisob-kitob qilishning akkreditiv shaklidan ustun darajada foydalangan holda paxta tolasini forvard va fyuchers kontraktlar boʻyicha eksportga sotishdan tushgan mablagʻlar, shuningdek qarzga olingan mablagʻlar hisobidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan toʻliq hisob-kitob qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarida paxta tolasini xarid qilish narxlari bilan uni eksportga sotishning amaldagi narxlari oʻrtasida shakllanadigan ijobiy yoki salbiy tafovut uni oʻz aylanma mablagʻlarini toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirgan holda tashqi savdo kompaniyalari moliya-xoʻjalik faoliyatining natijalariga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika isteʼmolchilari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishining Vaqtinchalik tartibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Unda paxta tolasini transportda tashish, saqlash, yuklab joʻnatish va eksport qilishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarning cheklangan miqdorlari tashqi savdo kompaniyalari tomonidan oshirilishini istisno etuvchi talablar nazarda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2003-yilgi ishlar natijalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Vaqtinchalik tartibga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Paxta tolasini xorijiy kompaniyalar va firmalarga “Oʻzauksionsavdo” orqali kimoshdi savdosi asosida erkin muomaladagi valyutaga sotishning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bir oy muddatda Paxta tolasini Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali sotish va uning uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishning Vaqtinchalik tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Paxta tolasini eksportga sotuvchi tashqi savdo kompaniyalari uchun soliqlar va budjetga hamda budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlar toʻlashning amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 12-iyundagi 252-son qaroriga muvofiq Buxoro, Sirdaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari tashkil etilganligi va faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi 2003-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda respublika mintaqalarida qoʻshimcha ravishda kamida oltita ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminali tashkil etsinlar, buning uchun mavjud omborxonalardan foydalansinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tashqi savdo kompaniyalariga “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan paxta tolasi xarid qilish, uni sertifikatlash, saqlash, sugʻurtalashda va eksportga yetkazib beriladigan paxta tolasini tashishni amalga oshirish uchun tegishli infratuzilmani tashkil etishda koʻmaklashsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda paxta tolasi va lintini qayta ishlovchi barcha mahalliy sanoat korxonalarini xatlovdan oʻtkazsinlar, 2003-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda, xususiy korxonalar tashkil etgan holda ularni toʻliq xususiylashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Joriy yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda xususiy mulk etib qayta tashkil qilinmagan korxonalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga ularni tugatish hamda obyektlar va mol-mulklarini boʻlib-boʻlib sotgan holda davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida takliflar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda idoraviy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.M. Gʻaniyev va R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 3-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
240-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
3-iyundagi 240-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi

Tashqi savdo kompaniyalari bilan
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan, hajmlarni, tiplarni, navlarni va yuklab joʻnatish muddatlarini koʻrsatgan holda shartnoma tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashqi savdo kompaniyasi xorijiy firma (xaridor) bilan paxta tolasini eksport qilish yuzasidan kontrakt tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tashqi savdo kompaniyasi unga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent bank) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan boʻlinadigan akkreditiv ochish uchun ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bir oyda xarid qilish moʻljallanayotgan paxta tolasi hajmi doirasidagi mablagʻlar summasi tashqi savdo kompaniyasi tomonidan akkreditiv hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank) “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bankni “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi foydasiga akkreditiv ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (xaridor banki) oʻz mijozi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi uchun akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sotuvchi banki “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasini akkreditiv uchun alohida depozit hisob raqami ochilganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tashqi savdo kompaniyasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga tuzilgan shartnomaga muvofiq paxta tolasini yuklab joʻnatish toʻgʻrisida bildirishnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tozalash zavodlaridan ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga paxta tolasini yuklab joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashqi savdo kompaniyasi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan shartnoma shartlariga muvofiq paxta tolasini xorijiy firmaga yuklab joʻnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi paxta tolasi yuklab joʻnatilgandan keyingi kunda xizmat koʻrsatuvchi bankka paxta tolasi yuklab joʻnatilganligini va akkreditivni ochish uchun barcha shartlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, akkreditiv hisobiga toʻlangan mablagʻlar hajmini koʻrsatgan holda, taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligi tasdiqlangan taqdirda tashqi savdo kompaniyasiga xizmat koʻrsatuvchi bank (emitent bank)ka mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan talabnoma yuboradi. Koʻrsatib oʻtilgan talabnomaga muvofiq emitent bank mablagʻlarni oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga xizmat koʻrsatuvchi bank alohida depozit hisob raqamidan mablagʻlarni yetkazib beruvchi — “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga akkreditivlar boʻyicha oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmlariga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamiga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashqi savdo kompaniyasi va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi qiymatini va akkreditivlardan toʻlangan summalarni har oyda oʻzaro solishtirib chiqadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
3-iyundagi 240-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika isteʼmolchilari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika isteʼmolchilari bilan
“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari
oʻrtasida paxta tolasi uchun hisob-kitoblar sxemasiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan paxta tolasini respublika paxta tolasi isteʼmolchilariga kim oshdi savdosini oʻtkazish yoʻli bilan sotish toʻgʻrisida Bosh vositachilik shartnomasini tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari har bir kimoshdi savdosi oldidan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasiga kimoshdi savdosiga chiqarish uchun tegishli tiplar, navlar, klasslar (Oʻzbekiston “Sifat” markazi tomonidan tasdiqlangan) hamda paxta tolasi hajmi toʻgʻrisidagi hujjatlarni taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasining boshlangʻich narxi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan jahon bozoridagi narxlar konʼyunkturasidan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu haqda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini kimoshdi savdosi oʻtkazilishidan 30 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasining boshlangʻich narxi savdo oʻtkazish sanasida jahon bozoridagi narxlar konʼyunkturasiga qarab oʻzgarishi (pasayishi yoki koʻtarilishi) mumkin. Narxlarni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi tomonidan qabul qilinadi (bu haqda u Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini ham yozma ravishda xabardor qiladi) hamda savdoda kimoshdi savdosi qatnashchilariga eʼlon qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi kimoshdi savdolarini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali axborot eʼlon qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Savdoda qatnashish uchun buyurtmanoma bergan paxta tolasining respublika isteʼmolchilari Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi hisob raqamiga berilgan buyurtmanoma summasining 2 foizi miqdorida garov summasi hamda 0,1 foizi miqdorida kimoshdi savdosida qatnashganlik uchun bir martalik yigʻim toʻlashi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kimoshdi savdolari xaridorlardan tushgan buyurtmanomalar asosida har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Kimoshdi savdosini oʻtkazish sanasi “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan kelishib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Savdo gʻolibi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi bilan ikki nusxada kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisida protokol imzolaydi, ularning bir nusxasi gʻolibga beriladi hamda mahsulot yetkazib berish yuzasidan kontrakt tuzish uchun asos hisoblanadi, ikkinchi nusxasi Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xaridor hamda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi xaridor bilan Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi oʻrtasida imzolangan protokolga muvofiq paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kimoshdi savdosi gʻolibi — xaridor “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi bilan imzolangan shartnoma asosida paxta tolasi uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi hisob raqamiga mablagʻlarni toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi yuklab joʻnatilgan paxta tolasi hajmiga muvofiq mablagʻlarni paxta tozalash zavodlarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Paxta tozalash zavodlari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasining naryadlari boʻyicha paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga (omborlarga) yuklab joʻnatadi. Paxta tolasining kontraktga muvofiq hajmi ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallaridan (omborlardan) respublika isteʼmolchilariga yuklab joʻnatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
3-iyundagi 240-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalarining “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAQTINChALIK TARTIBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Tayyorlangan paxta xomashyosidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining paxta tozalash zavodlari tomonidan ishlab chiqarilgan paxta tolasi hajmi ular tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzadigan shartnomalar-kontraktlarga muvofiq sotiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta tolasi eksporti boʻyicha oʻzaro munosabatlar va oʻzaro hisob-kitoblar mazkur Vaqtinchalik tartib, ikki tomonlama shartnomalar hamda Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi boshqa qonun hujjatlari va normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Paxta tolasini eksport qilish yuzasidan bitimlar va shartnomalar tuzish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kalendar yil boshida tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida paxta etishtiruvchi xoʻjaliklar bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq joriy yilda kutilayotgan hosildan paxta xomashyosini xarid qilish va qayta ishlash yuzasidan Bosh shartnomalar tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Bosh shartnomada:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jahon bozorida talab qilinadigan tegishli sanoat navlari va tiplaridagi paxta tolasi ishlab chiqarish uchun paxta xomashyosining aniq seleksiya navlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta xomashyosi etishtirishning prognoz hajmlaridan hamda paxtaning rayonlashtirilgan va istiqbolli navlari joylashtirilishidan kelib chiqib eksportga sotiladigan paxta tolasining hisoblab chiqilgan hajmi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning sentyabr—dekabr oylari va kelgusi yilning yanvar—avgust oylari davrida tashqi savdo kompaniyalari tomonidan sotib olinadigan paxta tolasi hajmini aniqlash boʻyicha shartnomalar tuzishning dastlabki muddatlari belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Bosh shartnomaga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amalda ekilgan paxta maydonlarini aprobatsiyadan oʻtkazish natijalari va kutilayotgan paxta xomashyosi hosili boʻyicha joriy yilning sentyabr—dekabr oylarida eksportga paxta tolasi yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hosilni yigʻishtirib olish va joriy yilda tayyorlangan amaldagi paxta xomashyosi boʻyicha kelgusi yilning yanvar—avgust oylarida eksportga tola yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuziladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh shartnomaga muvofiq tuziladigan shartnomalarda yetkazib beriladigan tolaning hajmi, navi, tipi va boshqa sifat koʻrsatkichlari boʻyicha barcha asosiy parametrlari, transportda tashish shartlari va yuklab joʻnatish muddatlari, oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi, fors-major holatlari, tuzilgan shartnomalarni bajarish shartlari boʻyicha mulkiy va boshqa javobgarlik, nizoli masalalarni koʻrib chiqish tartibi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Paxta tolasiga narxlarni belgilash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tashqi savdo kompaniyalari (xaridor) tomonidan paxta tolasini keyinchalik eksportga sotish uchun xarid qilish belgilangan tartibda “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasi (yetkazib beruvchi) bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu shartnomalarda paxta tolasini sotib olish tolani yuklab joʻnatish kunida jahon bozorida shakllangan shartnomaviy narxlar boʻyicha amalga oshirilishi koʻrsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shartnomaviy narxlar joʻnatishning franko-stansiya SIF shartlari boʻyicha quyidagi tartibda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Dastlab yuklab joʻnatishdan oldingi kunda “Kotton Outluk”da eʼlon qilinadigan “A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkasi qiymati belgilanadi (AQSh dollarida). Koʻrsatib oʻtilgan qiymatdan paxta tolasini sotish boʻyicha tashqi savdo kompaniyalarining quyidagi cheklangan hisoblab chiqilgan xarajatlari chiqarib tashlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari (omborlari)dan Shimoliy Evropa portlarigacha transportda tashish va sugʻurta qilish, yuklab joʻnatish-tushirish hamda tolani portlarda Shimoliy Evropa portlari SIF shartlarini bajarish uchun moʻljallangan portlar tomonidan belgilangan normativ muddatlar doirasida saqlash xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida deklaratsiyada qayd etilgan tariflar boʻyicha sertifikatlash boʻyicha Oʻzbekiston “Sifat” markazi va kip massasini tarozida tortish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta tolasini deklaratsiyalash va bojxonada rasmiylashtirish xarajatlari (qiymatning 0,15 foizi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bank xarajatlari (kafolatlar, mablagʻlarni oʻtkazish, akkreditiv ochish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekspeditorlik xizmatlari qiymatining 2 foizigacha miqdordagi “Oʻztashqitrans” respublika xoʻjalik hisobidagi tashqi savdo birlashmasining vositachilik haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashqi savdo kompaniyalarining shartnomaviy narxlar boʻyicha paxta tolasi qiymatining 3 foizigacha miqdordagi daromadlarining eng kam darajasi (taʼminot xarajatlari).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Buning natijasida olingan narx 5-tipdagi “Oʻrta” klassining “Birinchi” nav 1 tonna paxta tolasi uchun shartnomaviy narx hisoblanadi. Paxta tolasining boshqa navlari, klasslari va tiplarining shartnomaviy narxi mazkur Vaqtinchalik tartibga 1-ilovaga muvofiq koeffitsiyentlar qoʻllangan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarajatlarga chegirmalar bazaviy narxga nisbatan yoki har bir nav, klass va tipning narxi aniqlangandan keyin amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan xarajatlarning cheklangan miqdori Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan har bir yil hosili boʻyicha belgilanadi hamda shartnomaviy narxlarni belgilashda foydalanish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga va tashqi savdo kompaniyalariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Shartnomaviy narxlar paxta tolasi texnik shartlarining barcha majburiy talablariga muvofiq boʻlgan mahsulotga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasidan tashqi savdo kompaniyalari tomonidan sotib olinadigan paxta tolasining shartnomaviy narxi preyskurantdagi ulgurji narxdan va paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari (omborlari)ga yetkazib berish va saqlash xarajatlaridan, shu jumladan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalarining vositachilik haqidan past boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Mikroneyer” koʻrsatkichi qiymatlari belgilangan normalardan (3,5 dan 4,9 gacha) yuqori yoki past boʻlganda paxta tolasi uchun paxta tolasiga ulgurji narxlar preyskurantida koʻrsatilgan shkala boʻyicha 1-2-nav paxta tolasining shartnomaviy narxidan chegirish amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. “Kotton Outluk” “A” indeksi Oʻzbekiston komponenti kotirovkasining har kunlik qiymatlari va bazaviy shartnomaviy narx Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga hamda tashqi savdo kompaniyalariga yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Paxta tolasini yuklab joʻnatish va uning uchun hisob-kitob qilish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarda yuklab joʻnatish shartlarini va hisob-kitob qilishning yetkazib beruvchiga xizmat koʻrsatadigan bankda ochiladigan asosan akkreditiv shaklini belgilaydilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shartnoma shartlariga muvofiq tashqi savdo kompaniyasi oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankka (emitent-bankka) chaqirib olinmaydigan, hujjatli, qoplanmagan, boʻlinmas akkreditiv ochishga ariza taqdim etadi. Akkreditiv summasi har oyda yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi qiymatining 100 foizini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Qoplanmagan (kafolatlangan) akkreditivning barcha shartlari Etkazib beruvchi va Xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnomada qayd etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib beruvchi va Xaridor oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
emitent bankning nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditiv turi va undan foydalanish usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib beruvchini akkreditiv ochilgani toʻgʻrisida xabardor qilish usuli;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditiv boʻyicha mablagʻ olish uchun Etkazib beruvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va aniq tavsifi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tovarlar yuklab joʻnatilgandan keyin hujjatlarni taqdim etish muddati, ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa zarur hujjatlar va shartlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xaridorning qoplanmagan akkreditiv ochish toʻgʻrisidagi arizasi emitent bank tomonidan kutilmagan holatlar hisob raqamiga kirim qilinadi. Xaridorning talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan akkreditiv summasi 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib beruvchi uchun unga xizmat koʻrsatuvchi bankda (ijro etuvchi bankda) akkreditivlar boʻyicha alohida depozit hisob raqami ochiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Ijro etuvchi bankda qoplanmagan akkreditiv hisob raqami ochishda emitent bank yetkazib beruvchi bankning birinchi talabiga koʻra akkreditivning barcha summasini Etkazib beruvchining akkreditiv hisob raqamiga oʻtkazish majburiyatini oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Mablagʻlarni oʻtkazish yuzasidan emitent bankka qoʻyiladigan talab Etkazib beruvchi tomonidan akkreditivning barcha shartlari bajarilgan taqdirda taqdim etiladi. Mablagʻlarni akkreditiv hisob raqamidan Etkazib beruvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga oʻtkazish uning tomonidan ijro etuvchi bankka Etkazib beruvchi va Xaridor oʻrtasida tuzilgan shartnomada koʻrsatilgan akkreditivning barcha shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Akkreditiv boʻyicha toʻlovni tasdiqlovchi hujjatlar bankka akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ijro etuvchi bank akkreditivning barcha shartlariga Etkazib beruvchi tomonidan rioya qilinishini, shuningdek tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻri rasmiylashtirilganligini tekshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Akkreditiv shartlarining hatto bittasi buzilgan taqdirda ham mablagʻlarni Etkazib beruvchining hisob raqamiga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Akkreditivdan foydalanilishiga qarab emitent bank qisman toʻlangan summani kutilmagan holatlar hisob raqamini yopish bilan birgalikda Xaridorning hisob raqamidan bankning vositachilik hisob raqamiga hisobdan chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bankda Etkazib beruvchining akkreditivini yopish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditiv muddati tamom boʻlgach amalga oshiriladi. Ijro etuvchi bank akkreditiv yopilganligi toʻgʻrisida emitent bankni xabardor qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditiv muddati tamom boʻlgunga qadar taqdim etilgan va agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa Etkazib beruvchining akkreditividan bundan keyin foydalanishni rad etishi toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi. Emitent bankka ijro etuvchi bank tomonidan bildirishnoma yuboriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridorning akkreditivni toʻliq yoki qisman rad etish toʻgʻrisidagi arizasi boʻyicha amalga oshiriladi, agar bu akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Akkreditiv emitent bankidan 22602 “Akkreditivlar boʻyicha mijozlar depozitlari” balans hisob raqamidagi qoldiqdan ortiq boʻlmagan summaga xabar olingan kundan yopiladi yoki kamaytiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Tashqi savdo kompaniyalari va “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari kelgusida yuklab joʻnatish uchun oldindan haq toʻlash shartlarida hisob-kitob qilishlari va yuklarni joʻnatish kunida paxta tolasiga shartnomaviy narxni qayd qilishlari mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sotib olinadigan paxta tolasi qiymatining bir qismi uchun oldindan haq toʻlashda haqning qolgan qismi akkreditiv boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Paxta tozalash zavodlari paxta xomashyosini qayta ishlash davomida va tashqi savdo kompaniyalari bilan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari oʻrtasida tuzilgan shartnomalarga muvofiq paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari (omborlari)ga yuklab joʻnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi savdo kompaniyalari bilan xorijiy xaridor firmalar oʻrtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari (omborlari) paxta tolasini eksportga yuklab joʻnatadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Shartnoma shartlariga muvofiq “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari paxta tolasi yuklab joʻnatilgan paytdan boshlab 2 kalendar kundan kechikmay shartnomaviy narx boʻyicha milliy valyutada haq toʻlash uchun paxta tolasi yuklab joʻnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ilova qilingan transport-yuk xatlari, paxta zavodlarining hisob raqamlari-sertifikatlari va Oʻzbekiston “Sifat” markazining sertifikatlari bilan birgalikda toʻlov uchun hisob raqamlari) ijro etuvchi bankka (“Paxta-bank” boʻlinmalariga) taqdim etadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Etkazib beruvchining franko-ombor shartlarida yetkazib berishda paxta tozalash zavodining va Xaridorning vakillari tomonidan imzolangan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi sanasi yoki yukning tashish uchun transport tashkiloti tomonidan qabul qilib olingan sanasi yuklab joʻnatilgan sana hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasi sifati Oʻzbekiston “Sifat” markaziga tuzilgan sertifikat boʻyicha koʻrsatkichlarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu masala boʻyicha kelishmovchiliklar uning vakili jalb qilingan holda hal etiladi. Sifat boʻyicha kelishmovchiliklar tasdiqlangan taqdirda uning bilan bogʻliq barcha qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston “Sifat” markazining hisob raqamiga tegishli boʻladi, Etkazib beruvchi va Xaridor oʻrtasidagi hisob-kitob esa dalolatnomalar 5 kun muddatda koʻrib chiqilgandan keyin ushbu paxta tolasi turkumining amaldagi sifati asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Har oyda har oyning 5-kunigacha, keyinchalik qayta hisob-kitob qilish huquqi bilan, “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan hisob raqamlari asosida “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari va tashqi savdo kompaniyalari tomonidan oraliq taqqoslash dalolatnomasi tuziladi (Vaqtinchalik nizomga 2-ilova). Taqqoslash haqiqatda yuklab joʻnatish va oldingi oyning toʻlov summasi boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda paxta tolasining hajmi, sifati va narxi bilan bogʻliq nizoli masalalar boʻyicha tegishli organlar va tomonlarning ahdlashuviga koʻra qabul qilingan qarorlar hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Taqqoslash dalolatnomalari natijalari boʻyicha hisob-kitob yuk joʻnatilgandan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Muayyan yil hosili boʻyicha tegishli yil paxta tolasini yuklab joʻnatish tugallangandan keyin 15 kun mobaynida taqqoslash dalolatnomalari tuziladi (Vaqtinchalik nizomga 3-ilova).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hosil boʻyicha uzil-kesil hisob-kitob taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan keyin 5 kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tashqi savdo kompaniyalari “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitoblarni forvard va fyuchers kontraktlari boʻyicha tola sotishdan tushgan mablagʻlar va qarz mablagʻlari hisobiga amalga oshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tashqi savdo kompaniyalari paxta tolasini sotuvning samarali usullarini qoʻllangan holda, jahon narxlarining eng qulay konʼyunkturasi davrida sotadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashqi savdo kompaniyalarining paxta tolasini transportda tashish, saqlash, yuklab joʻnatish va eksport qilishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlari ushbu xarajatlarning belgilangan cheklangan miqdorlaridan ortiq boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalaridan sotib olish narxlari bilan eksportga amalda sotilgan narxlar oʻrtasidagi ijobiy yoki salbiy tavofut, shu jumladan sotish xarajatlarini tejash tashqi savdo kompaniyalarining moliya-xoʻjalik faoliyati natijalariga tegishli boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Paxta tolasini “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari tomonidan eksportga sotishdan olingan mablagʻlardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Paxta tolasi uchun tashqi savdo kompaniyalaridan “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalariga tushgan mablagʻlardan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha paxta xomashyosini qayta ishlovchilar (paxta tozalash zavodlari) bilan hisob-kitob qilishda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan vositachilik haqi miqdorida oʻz xarajatlarini hamda paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari (omborlari)ga yetkazib berish va saqlash xarajatlarini qoplashda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Paxta tolasi qiymati hajmida mablagʻlarni taqsimlash preyskurant ulgurji narxlar boʻyicha belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Nizolarni koʻrib chiqish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Shartnomalardan yoki ular bilan bogʻliq holda kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha nizolarni tomonlar kelishuvlar yoʻli bilan hal etadilar. Agar tomonlar kelishuvga erishmasalar, ular oʻrtasidagi nizo Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli vazirliklar va idoralar yoki xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Berilgan daʼvolar tasdiqlangan taqdirda aybdor tomon boshqa tomonga daʼvo summasini toʻlaydi yoki uzil-kesil oʻzaro hisob-kitob qilishda ularni hisobga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan, zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasiga mazkur Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida kelishilgan takliflar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi
uchun tashqi savdo kompaniyalarining“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishining Vaqtinchalik tartibiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasining tiplar boʻyicha narxlarini
qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Tola tipi ‎

1 a‎

1 b‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

Koeffi-tsiyent‎

1,70‎

1,60‎

1,50‎

1,35‎

1,20‎

1,05‎

1,00‎

0,95‎

0,85‎

‎‎Paxta tolasining navlar boʻyicha (“Birinchi” nav, “Oʻrta” klass)
‎narxlarini qayta hisoblash koeffitsiyentlari

1-nav ‎ oliy
‎yaxshi
‎oʻrta
‎oddiy
‎iflos ‎
1,050
‎1,040
‎1,000
‎0,965
‎0,925‎
2-nav ‎ oliy
‎yaxshi
‎oʻrta
‎oddiy
‎iflos ‎
1,020
‎0,990
‎0,955
‎0,920
‎0,880‎
3-nav ‎ yaxshi
‎oʻrta
‎oddiy
‎iflos‎
0,965
‎0,930
‎0,885
‎0,840‎
4-nav‎ yaxshi
oʻrta
‎oddiy iflos ‎
0,850
‎0,800
‎0,750
‎0,700‎
5-nav‎‎ oʻrta
‎oddiy
‎iflos‎‎
0,550
‎0,500
‎0,450‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi
uchun tashqi savdo kompaniyalarining“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishining Vaqtinchalik tartibiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎200 yil ___________________
‎(oy)

‎‎da yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun berilgan hisoblar boʻyicha

‎‎____________________________
‎(keyingi oyning 1-kuni)

‎‎dagi holatga koʻra oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi
‎‏Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi
‎‏
‎Konditsion ogʻirligi boʻyicha yuklab joʻnatilgan paxta tolasining miqdori, t
‎‏

Yuklab joʻnatish kunidagi shartnomaviy narx ‎‎‎

‎Tolaning shartnomaviy narx boʻyicha qiymati, ming soʻm (2*9)
‎Akkreditiv boʻyicha toʻlangan, ming soʻm
‎‏
Yuklab joʻnatilgan paxta tolasining qiymati bilan toʻlangan summa oʻrtasidagi farq‎‎‎
‎‏“A” indeksi va uning Oʻzbekistondagi komponenti kotirovkasi boʻyicha jahon narxi, doll,/t
‎Eksport boʻyicha xarajatlar AQSh dollari hisobida, doll./t
Kurs, soʻm/doll.‎‏
Valyuta xarajatlari‎ chegirilgan holdagi jahon narxi ‎ ‎Eksport boʻyicha xarajatlar soʻm hisobida, soʻm/t
‎Shartnomaviy narx, soʻm/t (7-8)
qoʻshimcha toʻlanadi, ming soʻm ‎‏‎ qaytarib olinadi (yoki ushlab qolinadi), ming soʻm‎‏‎
doll./t
‎(3—4)‎
soʻm/t
‎(5*6)‎

‎1

‎2

‎3

‎4

‎5

‎6

‎7

‎8

‎9

‎10

‎11

‎12

13‎

Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq, 200 yil _______ oyi uchun ________ oldidagi qarzi _______ soʻmni tashkil qildi.
‎Bundan tashqari, 200 yil _____ dagi holatiga koʻra ilgari yuklab joʻnatilgan paxta tolasi boʻyicha nizoli masalalar______ soʻm miqdorida ________ foydasiga hal qilindi.
‎Shuni hisobga olgan holda, ________ning _________oldidagi yakuniy qarzi________soʻm miqdorida belgilandi.
‎ Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi:
(kichik bandlardan biri oʻchirilishi lozim)

‎‎ belgilangan tartibda ___________ hisob raqamiga toʻlov talabnomasi qoʻyish

200 yil _______ oyida yuklab joʻnatiladigan paxta tolasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarda hisobga olish uchun asos hisoblanadi.

‎‎‎______________________ viloyati “Paxtasanoat” HAB

‎_________________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi
‎‎

Rais

Bosh buxgalter

M.Oʻ.

200 yil “____” _____________‎‎

Rais

Bosh buxgalter

M.Oʻ.

200 yil “____” ______________‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Paxta tolasini eksportga sotishning va paxta tolasi
uchun tashqi savdo kompaniyalarining“Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmalari bilan hisob-kitob qilishining Vaqtinchalik tartibiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
200 yil hosilidan yuklab joʻnatilgan paxta tolasi uchun
taqdim etilgan hisoblar boʻyicha taqqoslash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
DALOLATNOMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‏Yuklab joʻnatish hujjatining yoki kontraktning tartib raqami va yuklab joʻnatish sanasi

‎‏Amalda yuklab joʻnatilgan (aniqlashlar va eʼtirozlar hisobga olingin holda) (tonna)

Paxta tolasining qiymati,
‎ ming soʻm

Taqdim etilgan hisoblar boʻyicha

Tashqi savdo kompaniyalari tomonidan toʻlangan

Farq‎

Qoʻshimcha toʻlanadi

Qaytariladi (yoki ushlab qolinadi)

Tomonlar tasdiqlaydilarki, mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasiga muvofiq 200 yil hosili uchun ________ oldidagi qarz _______ soʻmni tashkil qildi.

Mazkur oʻzaro taqqoslash dalolatnomasi belgilangan tartibda ___________hisob raqamiga _________miqdorida toʻlov talabnomasi qoʻyilishi uchun asos hisoblanadi.

_________________viloyati “Paxtasanoat” HAB‎‎ ___________________ davlat-aksiyadorlik tashqi savdo kompaniyasi‎‎

Rais

Bosh buxgalter

M.Oʻ.

200 yil “____” ______________‎‎

Rais

Bosh buxgalter

M.Oʻ.

200 yil “____” ______________‎‎
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 11-son, 84-modda; 20-son, 190-modda; 2004-y., 34-35-son, 396-modda; 2005-y., 8-9-son, 69-modda; 34-36-son, 264-modda)