Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022 22.05.2003 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.11.2022
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUChLARINING ODDIY ASKARLAR VA SERJANTLAR TARKIBIDA MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAYOTGAN HARBIY XIZMATChILARGA QOʻShIMChA IMTIYOZLAR BERISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-noyabrdagi 680-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari sohasidagi milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, jangovar tayyorgarlik samaradorligi va qoʻshinlarning jangovar shayligini, harbiy xizmatning nufuzini oshirish, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash, shuningdek har tomonlama yetuk, Vatanga sadoqatli yoshlarni tarbiyalash, Qurolli Kuchlar, maxsus xizmatlar va huquqni muhofaza qilish organlarini armiya maktabini oʻtagan mard va vatanparvar kadrlar bilan toʻldirish, buning uchun puxta tayyorgarlik koʻrgan rezerv barpo etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-apreldagi 267-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.B. Nurmurodov) Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmitaning asoslangan hisob-kitoblariga binoan 2003-yilda “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamidan muddatli xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning taʼminotini yaxshilash, ularni zarur anjomlar bilan taʼminlash, qoʻshilmalar va qismlarni sport inventarlari hamda trenajyorlar, zamonaviy kompyuter texnikasi, oʻquv materiallari, kutubxona fondi bilan jihozlash uchun 2,0 mlrd soʻm yoʻnaltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, mamlakat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun harbiy qismlarning tavsiyanomalari jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikda yuqori natijalarga erishgan muddatli harbiy xizmatchilarga qoʻshilmalar komandirlari hamda ularga tenglashtirilgan, harbiy xizmatchini tavsiflovchi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgar boʻlgan mansabdor shaxslar tomonidan beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 31-oktabrdagi PQ-213-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 328-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (S.S. Gʻulomov) bilan birgalikda muddatli harbiy xizmatni oʻtagan fuqarolarga oʻqishga kirishda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan imtiyozlar beriladigan taʼlim yoʻnalishlari va oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasida kontrakt boʻyicha xizmat qiladigan harbiy xizmatchilar, oddiy askarlar va serjantlar tarkibi eng avvalo:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatda boʻlgan va Maxsus hisob raqamiga pul badalini toʻliq miqdorda toʻlagan, bir oylik harbiy yigʻinlarda qatnashgan hamda harbiy hisobdagi ixtisoslikka turdosh mutaxassislikka ega boʻlgan shaxslar hisobidan toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqqan holda amaldagi normativ hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida taklif tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 22-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 9-10-son, 76-modda; 2004-y., 30-son, 345-modda; 2005-y., 43-44-son, 328-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2018-y., 09/18/267/1030-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)