12.08.2014 yildagi 227-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.08.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlaridan foydalanishning oshkoraligi va samaradorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq, shuningdek budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari xayriya ehsonlari shaklidagi yordamni faqat ixtiyoriy va begʻaraz koʻrsatishlari mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlarini xayriya faoliyatiga va ularning pul mablagʻlarini sarflash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 12-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
227-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 12-avgustdagi 227-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklida tushadigan mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomda xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlar deganda tadbirkorlik subyektlaridan budjet tashkilotlariga xayriya ehsonlari va homiylik mablagʻlari shaklida tushadigan pul mablagʻlari va mol-mulk tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Tadbirkorlik subyektlari xayriya ehsonlari shaklidagi yordamni qonun hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va begʻaraz koʻrsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tadbirkorlik subyektlarini xayriya faoliyatiga va ularning pul mablagʻlarini sarflash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tadbirkorlik subyektlarining budjet tashkilotlariga xayriya ehsonlari shaklida tushadigan pul mablagʻlari budjet tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining axborot tizimida ochilgan tegishli budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi va foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Budjet tashkilotlari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga xayriya ehsoni shaklida beriladigan mol-mulk qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda kirim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlari budjet tashkilotlari tomonidan olinishi va ulardan foydalanish budjet tashkilotlari bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga (bitimlarga) (keyingi oʻrinlarda shartnomalar deb ataladi) muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Budjet tashkilotlari tomonidan xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan foydalanish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tadbirkorlik subyektlarining xayriya ehsonlari shaklida budjet tashkilotlariga tushadigan pul mablagʻlari, agar shartnomalarda oʻzgacha hol qayd etilmagan boʻlsa. budjet tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xayriya ehsoni shaklida budjet tashkilotlariga beriladigan mol-mulkdan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xayriya ehsonlari shaklidagi pul mablagʻlari tegishli budjet tashkilotlarining rahbarlari tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq sarflanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Shartnomalarda koʻrsatilgan maqsadlar uchun toʻliq foydalanish natijasida joriy moliyaviy yil mobaynida yoki uning oxirida budjet tashkilotining budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamida qolgan tejalgan xayriya ehsonlari shaklidagi pul mablagʻlaridan faqat tegishli budjet tashkilotining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun foydalaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xayriya ehsonlari shaklida tushgan tegishli budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamlaridagi yil mobaynida foydalanilmagan pul mablagʻlari qoldiqlari keyingi moliyaviy yilga oʻtadi va olib qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tegishli budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamlaridagi xayriya ehsonlari shaklidagi pul mablagʻlaridan foydalanish, shu jumladan tovarlar sotib olish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish) uchun foydalanish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Hisob, hisobot va nazorat
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Budjet tashkilotlari tomonidan xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan foydalanishning budjet hisobini yuritish, shuningdek ushbu mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Budjet tashkilotlariga xayriya ehsonlari shaklida yordam koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlar budjet tashkilotlari tomonidan maqsadli sarflanishini tekshirish zarurligi toʻgʻrisidagi yozma soʻrovlarni yuborish orqali xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan foydalanishning istalgan bosqichida mablagʻlarning maqsadli sarflanishini tekshirish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan budjet tashkilotlari tomonidan maqsadli foydalanilishini, shuningdek ular tomonidan ushbu mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarda maʼlumotlar aks ettirilishining toʻgʻriligini muntazam nazorat qiladilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya ehsonlari shaklida yordam koʻrsatgan tadbirkorlik subyektlarining yozma soʻrovlari boʻyicha xayriya ehsonlaridan foydalanishning istalgan bosqichida xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlar budjet tashkilotlari tomonidan maqsadli sarflanishini, ushbu tadbirkorlik subyektlariga tekshirishlar tugallangandan keyin oʻn ish kuni mobaynida oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida majburiy tartibda maʼlumot taqdim etgan holda, tekshiradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Javobgarlik

14. Budjet tashkilotlarining rahbarlari va bosh buxgalterlari qonun hujjatlariga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, shuningdek xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlar tuzilishi va taqdim etilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xayriya ehsonlari shaklidagi mablagʻlar hisobiga tovarlarni sotib olishga (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishga) tovarlar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar (kontraktlar) tuzishni rasmiylashtirishning toʻgʻriligi va asoslanganligi uchun javob beradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va budjet tashkilotlarining rahbarlari tadbirkorlik subyektlari xayriya faoliyatiga majbur etilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 33-son, 419-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)