04.03.2003 yildagi 119-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 04.03.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, fuqarolarni harbiy roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatdan oʻtkazish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Harbiy roʻyxat harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning yashash, ishlash va oʻqish joyida joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, harbiy boshqaruv mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan oʻquv muassasalari rahbarlari tomonidan yuritiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish va yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va nazorat Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish hamda tahlil qilish umumdavlat tizimining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mavjud harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning miqdor va sifat tarkibini aniqlash, ularning samarali va oqilona rejalashtirilishini va urush davrida ulardan Qurolli Kuchlar va iqtisodiyot ehtiyojlari uchun foydalanilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervdagi harbiy xizmatga majburlar orasidan Qurolli Kuchlarning safarbarligini kuchaytirish va keyinchalik urush davri sharoitlarida Qurolli Kuchlarni ular bilan toʻldirish uchun zarur harbiy mutaxassislarni tayyorlash va rezervda saqlab turish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish harbiy roʻyxatga olishning asosiy vazifalari etib belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi Nizom talablari sifatli va samarali bajarilishini, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxatga olish bilan toʻliq qamrab olinishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-iyungacha oʻzlariga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan taʼlim muassasalari, tuman, shahar hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari shtat jadvallarini oʻrganib va aniqlab chiqsinlar, harbiy hisobga olish xodimlari lavozimlari mavjud boʻlmagan taqdirda ularni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan yuklama normalariga muvofiq toʻldirishni nazarda tutsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi (Q.Gʻ. Gʻulomov):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni avtomatlashtirilgan tarzda harbiy roʻyxatga olishning klassifikatorli tizimini barpo etish dasturini ishlab chiqsin, uni ruxsatsiz axborot olish va axborot oshkor boʻlishidan himoya qilishni hisobga olsin hamda uning 2003-2004-yillar mobaynida amalga oshirilishini taʼminlasin. Maxsus asbob-uskunalar, texnika va dasturiy taʼminotni xarid qilish xarajatlarini 2003-yilda ajratilgan mablagʻ bilan taʼminlash limiti doirasida amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 1-iyungacha Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy hisobga olishni tashkil etish va uni yuritish tartibi masalalari boʻyicha yoʻriqnomani ishlab chiqsin va yoʻriqnoma bilan vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M.B. Nurmurodov) 2004-yilga budjet prognozini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga koʻra harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni avtomatlashtirilgan tarzda harbiy roʻyxatga olishning klassifikatorli tizimini barpo etish uchun maxsus asbob-uskunalar, texnika va dasturiy taʼminotni xarid qilish uchun budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Gʻ.D. Oblayarov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 4-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
119-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
4-martdagi 119-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va uning shakllari tartibini, shuningdek joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, harbiy boshqaruv, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning, shu jumladan taʼlim muassasalari mansabdor shaxslarining harbiy roʻyxatga olishni yuritish boʻyicha majburiyatlarini belgilab beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish davlatdagi mavjud va harbiy xizmatga yaroqli chaqiriluvchilar resurslarini hisobga olish va tahlil qilishning umumdavlat tizimi hisoblanadi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tashkil etiladi va ularning yashash joyi boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Raisi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tibbiy tayyorgarlikka yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxatdagi tegishli harbiy ixtisoslikka turdosh kasb boʻyicha tayyorgarlikka ega boʻlgan ayollar jinsiga mansub shaxslar harbiy xizmatga majburlar harbiy roʻyxatiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish tizimi mamlakatda amal qiluvchi pasport tizimi bilan bogʻliq holda yuritiladi. Roʻyxatga olish tizimining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, shu jumladan taʼlim muassasalari tomonidan taʼminlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish maxsus va umumiy roʻyxatlarga boʻlinadi hamda joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning, shu jumladan taʼlim muassasalarining rahbarlari tomonidan ularning yashash, ishlash va oʻqish joylari boʻyicha yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus harbiy roʻyxatga olish safarbarlik davrida va urush davrida davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun bron qilingan harbiy xizmatga majburlarni roʻyxatga olish va nazorat qilish uchun moʻljallangan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy harbiy roʻyxatga olish safarbarlik davrida va urush davrida davlat boshqaruvi organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar uchun bron qilinmagan chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlarni shaxsiy roʻyxatga olish va nazorat qilish uchun moʻljallangan. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy roʻyxatga olish tuman (shahar) mudofaa ishlari organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek ular ishlaydigan yoki oʻqiydigan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Safarbarlik chaqiriq rezervi xizmatchilarini harbiy roʻyxatga olish mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan hisobga olish kartochkalari alohida kartotekaga ajratilgan holda alohida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ular 27 yoshga toʻlgandan keyin ikkinchi toifali rezerv harbiy xizmatga majburlarning umumiy roʻyxatiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Safarbarlik chaqiriq rezervi xizmatchisi yoki rezervning harbiy xizmatga majburi belgilangan tartibda tinch davrda harbiy xizmatga yaroqsiz, urush davrida cheklangan yaroqli deb topilgan taqdirda, zaxiraga oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari va harbiy tuzilmalariga roʻyxatga olish uchun berilgan, shuningdek Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlariga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlar tegishli vazirliklar va idoralarning roʻyxatida turadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ular xizmatdan boʻshatilgandan keyin boʻshatish paytidagi lavozimlari va unvonlari boʻyicha yashash joyi boʻyicha mudofaa ishlari boʻlimlariga roʻyxatga olish uchun beriladilar, Milliy xavfsizlik xizmati organlarida xizmatni oʻtagan shaxslar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlariga roʻyxatga olish uchun berilayotgan harbiy xizmatga majburlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlariga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlarni harbiy roʻyxatdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va Favqulodda vaziyatlar vazirining, Milliy xavfsizlik xizmati raisi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita raisi va Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻidan koʻchirma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy xizmatga chaqirilgan yoki kirgan shaxslar rezervdagilar va zaxiradagilar harbiy roʻyxatidan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy roʻyxatdan quyidagilar chiqarilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tibbiy komissiyalar tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilib, harbiy roʻyxatdan chiqarilgan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezervda yoki zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
doimiy yashash uchun chet elga joʻnab ketayotgan fuqarolar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vafot etgan yoki qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqarolar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish boʻyicha ishlarga umumiy rahbarlik qilish, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalarida ushbu ishlarning holati ustidan nazorat qilish Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralariga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni shaxsiy roʻyxatga olish zimmasiga yuklangan oʻzlariga qarashli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, taʼlim muassasalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni roʻyxatga olishning holati ustidan nazorat qilish vazifasi yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi masalalari boʻyicha yoʻriqnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek roʻyxatga olish va hisobot berishning tegishli blankalari Mudofaa vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular oʻzlariga qarashli korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, taʼlim muassasalarini, tumanlar, shaharlar hokimliklarini va fuqarolarining oʻzini oʻzi boshqarish organlarini ushbu hujjatlar va blankalar bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi masalalari boʻyicha yoʻriqnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek roʻyxatga olish va hisobot berishning tegishli blankalari Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ofitserning shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi guvohnomasi blankalari, harbiy guvohnoma, zaxiradagi ofitser guvohnomasi, qayd etish guvohnomasi va muqobil xizmat xizmatchisi guvohnomasi, shuningdek harbiy xizmatga majburlarning maxsus harbiy roʻyxatdagi holatini belgilovchi guvohnomalar va bildirishnomalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan harbiy-hisob hujjatlari hisoblanadi. Harbiy-hisob hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi korxonalarida qalbakilashtirishga qarshi himoya elementlariga ega boʻlgan maxsus qogʻozda tayyorlanadi hamda Mudofaa vazirligi tomonidan vazirliklar (idoralar)ga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy-hisob hujjatlari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar toifasi uchun belgilangan tartibda hisobga olinadi, saqlanadi va hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ofitser shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchi guvohnomasi, zaxiradagi ofitser guvohnomasi, harbiy guvohnoma, qayd etish guvohnomasi va muqobil xizmat xizmatchisi guvohnomasi blankalar uchun haq undirilmasdan beriladi. Yoʻqotilgan, yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnomalar oʻrniga guvohnomalarni takroran berishda blankalar uchun haq undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmat xizmatchilariga ular xizmat qilgan davrda muqobil xizmat xizmatchisi guvohnomasi beriladi. Xizmat muddati tamom boʻlgach muqobil xizmatdan boʻshatilganda yoki turli sabablarga koʻra muddatidan oldin boʻshatilganda ularga harbiy guvohnoma beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarida, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalarida roʻyxatga olish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy harbiy majburiyat bajarilishini va “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan harbiy roʻyxatga olish qoidalariga rioya qilish nazorat qilinishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
safarbarlik davrida va urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlariga rahbarlar tarkibini, muhandis-texnik xodimlarni, malakali ishchilarni bron qilishni oʻz vaqtida rasmiylashtirishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
safarbarlik boʻyicha chaqirilishi kerak boʻlgan mutaxassislarni almashtirish uchun zarur kadrlar rezervini oldindan tayyorlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
safarbarlik tadbirlarini oʻtkazishda harbiy boshqaruv mahalliy organlariga yordam berish maqsadlarida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mudofaa ishlari organlari harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni yashash joylari boʻyicha harbiy roʻyxatga olishga, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shu jumladan taʼlim muassasalarida uni yuritishning holati va tartibini nazorat qilishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari xizmat koʻrsatadigan hududda yashovchi barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻliq va sifatli roʻyxatga olinishini taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni boshlangʻich roʻyxatga olish kartochkalarini zaxiradagi ofitserlar guvohnomalari va harbiy guvohnomalardagi, qayd etish guvohnomalari va muqobil xizmat xizmatchilari guvohnomalaridagi yozuvlar bilan muntazam ravishda solishtirishga hamda ushbu kartochkalarni bir yilda kamida bir marta solishtirish uchun tuman va shahar mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn kun muddatda harbiy roʻyxatga olingan va undan chiqarilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga xabar berishga majburdirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalari maʼmuriyati quyidagilarga majburdir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mazkur korxona, muassasa, tashkilot va taʼlim muassasasining barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarini Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan qoidalar va shakllar boʻyicha toʻliq va sifatli roʻyxatga olinishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaxiradagi ofitserlar guvohnomalaridagi, harbiy guvohnomalardagi, qayd etish guvohnomalaridagi va muqobil xizmat xizmatchilarining guvohnomalaridagi yozuvlarni ularning shaxsiy kartochkalaridagi (T-2-shakl) yozuvlar bilan doimiy ravishda aniqlashtirib borish hamda ushbu kartochkalarni solishtirish uchun har yili kamida bir marta tuman va shahar mudofaa ishlari boʻlimlariga taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning oilaviy ahvoli, yashash joyi manzili, xizmatdagi mavqeyi, umumtaʼlim va texnik tayyorgarligidagi oʻzgarishlarni muntazam ravishda hisobga olib borish hamda besh kun muddatda ushbu oʻzgarishlarni ularning shaxsiy kartochkalariga kiritish, bu toʻgʻrida tegishli harbiy roʻyxatga olish organlariga ular tomonidan belgilanadigan muddatlarda, lekin har oyda kamida bir marta maʼlum qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rahbarlar, muhandis-texnik xodimlar va malakali ishchilar tarkibidagi harbiy xizmatga majburlar safarbarlik davri va urush davri uchun Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlariga bron qilib qoʻyilishini oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishga (oʻqishga) yangi qabul qilingan yoki ishdan (oʻquv yurtidan) boʻshatilgan barcha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar toʻgʻrisida yetti kun muddatda mudofaa ishlari boʻlimlariga xabar qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarni ishga (oʻqishga) qabul qilishda ularda harbiy-hisob hujjatlari (harbiy xizmatga majburlarda — zaxiradagi ofitser guvohnomasining, harbiy guvohnomaning, chaqiriluvchilarda esa — qayd etish guvohnomasi) mavjudligini tekshirish hamda ularning harbiy hisobda turishini aniqlash. Fuqarolar faqat yashash joyi boʻyicha harbiy hisobga qoʻyilganidan keyingina ishga (oʻqishga) qabul qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Yuqori organga ega boʻlmagan nodavlat sektordagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan taʼlim muassasalari harbiy hisobni yuritish masalalari yuzasidan oʻzlari joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimliklariga hisobot beradilar. Ushbu hollarda hokimlik ularni harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish boʻyicha blankalar, hisobot shakllari va boshqa hujjatlar namunalari bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat sektordagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalarida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarning harbiy roʻyxatga olish, shuningdek ular boʻyicha hisobot berish ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Joylardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, zimmasiga harbiy hisobni yuritish yuklangan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalari rahbarlari, ichki ishlar, fuqarolik holatlarini qayd etish, surishtiruv va dastlabki tergov organlari, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari, uy-joylardan foydalanish organlari va uy egalari “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 45-moddasiga muvofiq harbiy boshqaruv mahalliy organlariga ularning ishida koʻmaklashishi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan umumiy harbiy majburiyatning bajarilishini va harbiy roʻyxatga olish qoidalariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Mudofaa ishlari organlari, hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan taʼlim muassasalaridagi harbiy roʻyxatga olish xodimlari soni bir xodim hisobiga yuklama normasidan kelib chiqqan holda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mudofaa ishlari boʻlimlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobda 1500 nafargacha harbiy xizmatga majburlar boʻlganda – hisobga olish va bron qilish boʻyicha bir nafar xodim, hisobda 1500 dan 3000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar boʻlganda — ikki nafar ana shunday xodim va shundan keyingi har 1500 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hisobiga — bir nafardan xodim;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) hokimliklarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobda 500 dan 1000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — harbiy roʻyxatga olish uchun bir nafar shtatli xodim, hisobda 1000 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — ikki nafar ana shunday xodim hamda shundan keyingi har 1000 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hisobiga — bir nafardan xodim;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalarida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobda 500 dan 2000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — asosiy ishidan ozod qilingan bir nafar xodim, hisobda 2000 dan 4000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — ikki nafar xodim, hisobda 4000 dan 7000 nafargacha harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda — uch nafar xodim va shundan keyingi har 3000 nafar harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar hisobiga — bir nafardan xodim belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokimliklar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining harbiy roʻyxatga olish xodimlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va taʼlim muassasalarida esa — oʻz mablagʻlari hisobiga taʼminlanadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Hokimliklar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda, shu jumladan taʼlim muassasalarida hisobda 500 nafardan kam harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar boʻlganda harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga olish va bron qilish ishlari belgilangan tartibda hokimlik, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, korxona, tashkilot va muassasaning, shu jumladan taʼlim muassasasining xodimlaridan biriga oʻrindoshlik boʻyicha yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Harbiy roʻyxatga olish bilan shugʻullanuvchi xodimlarni tayinlash, almashtirish va ishdan boʻshatish tegishli ravishda tuman (shahar) hokimi, fuqarolar yigʻini raisi, idoraviy mansubliligi va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxona, muassasa, tashkilot va taʼlim muassasasi rahbarlari tomonidan mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va birlashmalar rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi davlat boshqaruv organlarida, tasarruflaridagi korxonalar, tashkilotlar, taʼlim muassasalarida harbiy roʻyxatga olish ishlarining ahvolini nazorat qilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylardagi harbiy roʻyxatga olish ishlarining ahvoli masalalarini muntazam ravishda koʻrib chiqishi va ularni yaxshilash chora-tadbirlarini koʻrishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Harbiy roʻyxatga olish boʻlimlari, harbiy safarbarlik organlari xodimlaridan harbiy roʻyxatga olish va safarbarlik ishlari bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Harbiy xizmatga majburlar, chaqiriluvchilar va mansabdor shaxslar harbiy roʻyxatga olish qoidalarini buzganlik uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 48-modda; 2004-y., 30-son, 345-modda; 2013-y., 50-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son , 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son; 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.08.2023-y., 09/23/388/0617-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)