OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklar roʻyxatining 6-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 24-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2429-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranzitini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 7-fevraldagi 2 va 01-02/12-14 - sonli qarori (roʻyxat raqami 2429, 2013-yil 20-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud boʻlgan taqdirda tranzit olib oʻtiladigan xavfli yuklar roʻyxatining 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
6. |
Maxsus yuklarni tashish uchun foydalaniladigan boʻsh transport komplektlari | 7806 00 100 0; 7806 00 800 0; 7907 00 000 0; 8007 00 800 0; 8108 90 900 1; 8108 90 900 9 |
” |
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-iyul,
20-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2014-yil 11-iyul,
01-02/12-14-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 377-modda)