20.07.2011 yildagi 05-son
Hujjat 20.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
2. Sudlarga tushuntirilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi 257-I sonli Qaroriga muvofiq Fuqarolik kodeksi 1112 — 1157-moddalari qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan bo‘lib, biroq 1997-yilning 1-martiga qadar vorislardan hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi bo‘yicha davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi.
3. Fuqarolik kodeksining 1113-moddasiga muvofiq meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo‘lgan ko‘char va ko‘chmas mulk, ashyolar, shu jumladan, uning o‘limidan keyin ham bekor bo‘lmaydigan barcha mulkiy huquq va majburiyatlar, chunonchi, xususiy mulk huquqi, kredit muassasalarida saqlanayotgan omonatlarga bo‘lgan huquq, dehqon xo‘jaligi yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi (“Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 9-moddasi), yer uchastkasini ijaraga olish huquqi (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi) va h.k. lar kiradi.
Qonunga ko‘ra (FK 1113-moddasi ikkinchi qismi), meros tarkibiga meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan quyidagi huquq va majburiyatlar kirmaydi:
5. Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga muvofiq vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi.
6. Fuqarolik kodeksi 1119-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, noloyiq merosxo‘r deb topilishi mumkin bo‘lgan shaxslarning vorisligiga oid nizolarni ko‘rishda shuni nazarda tutish lozimki, ularning qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangan, vorislikka chaqirilishga imkon yaratgan qonunga xilof harakatlari, faqat bu harakatlar qasddan sodir etilgandagina merosdan mahrum etish uchun asos bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Fuqarolik kodeksi 1112-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq qonun bo‘yicha vorislik faqat vasiyatnoma mavjud bo‘lmagan yoki meros taqdirini to‘la belgilamagan, shuningdek Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda kelib chiqadi.
Qonun bo‘yicha merosxo‘rlarga FK 1135 — 1141-moddalarida ko‘rsatilgan va navbat tartibida vorislikka chaqiriladigan shaxslar kiradi. Qonunda (FK 1138-moddasi) to‘rtinchi navbatda vorislikka chaqiriluvchi shaxslar doirasi aniq ko‘rsatilmaganligi sababli, sudlar to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi darajadagi qarindoshlarga kiruvchi merosxo‘rlarni aniqlashda Oila kodeksi 57-moddasiga rioya etishlari lozim.
FK 1142-moddasiga muvofiq vasiyat qoldiruvchining merosdan majburiy ulush olish huquqiga ega bo‘lgan voyaga yetmagan yoki mehnatga qobiliyatsiz (shu jumladan, farzandlikka olingan) bolalari, uning mehnatga qobiliyatsiz eri(xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilari) ham qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘ladilar. Bu o‘rinda shuni nazarda tutish lozimki, taqdim qilish huquqi bo‘yicha merosxo‘rlar, meros qoldiruvchining mehnatga qobiliyatsiz boqimlari, ikkinchi va undan keyingi navbatdagi vorislar majburiy ulush olish huquqiga ega emas.
16. Fuqarolik kodeksi 1141-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarni qonun bo‘yicha merosxo‘r deb topish uchun bir vaqtning o‘zida ikki holatning mavjud bo‘lishi, ya’ni bunday shaxslarning bir yildan kam bo‘lmagan muddat ichida meros qoldiruvchining qaramog‘ida bo‘lishi va meros qoldiruvchi bilan uning vafotiga qadar bir yildan kam bo‘lmagan muddat ichida birga yashagan bo‘lishi talab etiladi.
17. Fuqarolik kodeksining 1141-moddasi qoidalariga ko‘ra, vorislik amalga oshirilganda, mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga quyidagilar kiradi:
18. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma, vorislik vasiyat yoki qonun bo‘yicha ekanligidan qat’iy nazar, meros ochilgan kundan boshlab olti oy o‘tgandan so‘ng meros ochilgan joydagi notarius tomonidan beriladi, FK 1146-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnomani olish merosxo‘rning majburiyati emas, balki huquqi bo‘lganligi sababli, qonunda merosxo‘r bunday guvohnoma berish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi shart bo‘lgan muddat belgilanmagan.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar notarius tomonidan rad etilishi boshqa shaxsga merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi guvohnoma berilganligi yoki meros mulki FK 1157-moddasiga asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki davlatga o‘tkazilganligi bilan bog‘liq bo‘lsa, ariza da’vo ishi yuritish tartibida ko‘riladi.
20. Fuqarolik kodeksi 1150-moddasiga muvofiq, merosxo‘rlar o‘rtasida merosni taqsimlash, undan ulush ajratish to‘g‘risida kelishuvga erishilmagan taqdirda, taqsimot ulardan istalgan birining talabi bo‘yicha sud tartibida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.