23.05.2014 yildagi 08-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.05.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatda oʻtkazilayotgan sud-huquq islohotlari shuningdek, sud amaliyotida kelib chiqayotgan masalalarni toʻgʻri hal etish boʻyicha tushuntirishlar berish zaruriyati tufayli, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 20-bandi quyidagi tahrirdagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“JK 60-moddasining 5-qismiga koʻra, bir necha hukmlar yuzasidan axloq tuzatish ishlariga yoki xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilinib, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning har xil miqdori belgilangan hollarda bu jazolarning faqat muddatlari qoʻshiladi. Shunga koʻra, bunday hollarda uzil-kesil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlanganida, ish haqi yoki pul taʼminotidan ushlab qolishning eng koʻp boʻlgan miqdori belgilanishi lozim. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasi tartibida jazo tayinlashda ham shu qoidalarga amal qilinishi lozim”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 30-bandi quyidagi tahrirda ikkinchi va uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Muqaddam ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtamagan shaxsga jazoni oʻtash koloniya turini belgilashda, faqat qaysi jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganligini inobatga olish lozim. Masalan, agar shaxs qasddan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga, ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun esa ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanayotgan boʻlsa, unga uzil-kesil tayinlangan jazoni manzil koloniyalarda oʻtashi belgilanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Biroq, agar ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoga sudlangan, jazoni oʻtashdan boʻyin tovlagan shaxsga, sud tomonidan tayinlangan jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtirilsa, jazoni oʻtash koloniya turi Jinoyat-ijroiya kodeksining 47 va 116-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 36-bandining uchinchi xatboshi chiqarilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) quyidagi tahrirdagi 361-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
361. Shartli hukm yuridik tabiatiga koʻra, jinoiy jazodan ozod qilinishining bir turi hisoblanadi. Shu sababli sudlar JK 72-moddasida shartli hukmni bekor qilish uchun asos boʻladigan holatlar doirasi qatʼiy belgilanganligini nazarda tutishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, shartli hukm qilingan shaxsning shu ish boʻyicha hukm chiqarilgunga qadar sodir etilgan boshqa jinoyatda ham aybdorligi aniqlangan xollarda, birinchi hukm boʻyicha jazo tayinlashda aybdorning shaxsiga doir barcha holatlar sudga maʼlum boʻlmaganligi sababli uning xulqini nazorat qilish sharoitida jazoni oʻtamasdan turib ham tuzatish mumkinligi haqida barvaqt xulosaga kelganligidan kelib chiqish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shularni eʼtiborga olib, sud birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlikni bekor qilib, JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar shuni ham nazarda tutishlari lozimki, birinchi hukm boʻyicha shartli sudlanganlik bekor qilinganida, JKning 72-moddasida koʻrsatilgan asoslarga koʻra, sud JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil tayinlangan jazoni yana shartli deb topish masalasini muhokama qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun JK 59-moddasining 8-qismi tartibida uzil-kesil jazo tayinlanganligi shaxsning bitta sudlanganligini nazarda tutadi, shartli deb esa JK 72-moddasiga asosan faqat uzil-kesil tayinlangan jazo topilishi mumkin. Shunga koʻra, bunday hollarda dastlabki sud hukmlari qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlgan muddat oʻtgan holatlarda ham sud JK 72-moddasiga asosan shartli jazo asosli tayinlanganligini muhokama qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) 53-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyatlar majmui uchun JK 59-moddasining sakkizinchi qismi boʻyicha jazo tayinlanganda, uzil-kesil jazo, qoida tariqasida, Jinoyat kodeksining Umumiy qismida belgilangan tartib va miqdorda tayinlanib, birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazodan kam boʻlishi mumkin emas. Bunday hollarda birinchi hukm boʻyicha tayinlangan jazoning oʻtalmagan qismidan emas, balki uning toʻliq miqdoridan kelib chiqish shartligiga eʼtibor qaratilsin”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) 54-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Ayblov hukmi eʼlon qilingan shaxs tayinlangan asosiy va qushimcha jazoni toʻliq oʻtaguniga qadar yangi jinoyat sodir etsa va ushbu jinoyat uchun jazo tayinlash paytiga kelib, avvalgi hukm boʻyicha tayinlangan jazoni toʻliq oʻtab boʻlsa, uzil-kesil jazo Jinoyat kodeksining 60-moddasi tartibida tayinlanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday holda, sud ilgari qasddan jinoyat sodir etganligi uchun sudlangandan keyin Jinoyat kodeksining 56-moddasining “n” bandiga asosan sodir etilgan jinoyatni takroran yoki qasddan yangi jinoyat sodir etishi deb, jazoni ogʻirlashtiruvchi holat sifatida inobatga olishi lozim”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) quyidagi tahrirdagi 561-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“561. Agar jinoyatlar majmui yoki bir nechta hukm bilan jazo tayinlashda muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi jinoyatlarning biri yoki hukmlarning biri bilan asosiy jazo sifatida, boshqa jinoyat yoki hukm bilan qoʻshimcha jazo sifatida tayinlangan boʻlsa, ular asosiy jazo uchun belgilangan muddat doirasida toʻliq yoki qisman qoʻshilishi lozim. Bunda uzil-kesil tayinlangan jazo asosiy jazo deb hisoblanadi va ayblovning har bir moddasi yoki hukmlarning har biri bilan mahrum qilingan huquqlarning barcha turlari nazarda tutilishi lozim”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) 57-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jazoni oʻtayotgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etilganda, jazoning oʻtalmagan qismi sifatida yangi jinoyat uchun u ushlangandan yoki qamoqda saqlab turish sifatida ehtiyot chorasi tanlanganidan soʻng qolgan muddatni hisoblash lozim. Agar bunday ehtiyot chorasi tanlanmagan yoki boshqa turdagi ehtiyot chorasi tanlangan boʻlsa, jazoning oʻtalmagan qismi muddati oxirgi hukm chiqarilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) 58-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“JK 59-moddasining 8-qismiga muvofiq, jinoyatlar majmui bilan tayinlangan qamoq yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosining oʻtash muddatining boshlanishi birinchi hukmga koʻra qamoqqa olingan kundan, JK 60-moddasi qoidalariga muvofiq bir necha hukm yuzasidan tayinlangan uzil- kesil jazo muddati esa oxirgi hukm boʻyicha qamoqqa olingan kundan boshlab hisoblanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 25-maydagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha birinchi instansiya sudi ajrimlari toʻgʻrisida”gi qarorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 6-banddagi “sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida”gi soʻzlari 7-bandiga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 7-banddagi “ijro varaqasini ijroga topshirishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi” soʻzlari 6-bandga oʻtkazilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi O. XAYITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 23-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
08-son