Toshkent shahar hokimining
Qarori
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi 314-sonli qarorini bekor qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 25 va 29-moddalariga, “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 38-moddasiga muvofiq hamda Toshkent shahar prokuraturasining 2013-yil 31-dekabrdagi 10/15-13-sonli protestiga asosan qaror qilaman:
1. Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi 314-sonli qarori bekor qilinsin.
2. Tuman hokimliklari, Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi (A. Tadjiyev), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi ( Gʻ. Rasulov):
Tegishli hujjatlar mazkur qarorga asosan muvofiqlashtirilsin.
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Rahmonov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim R. USMONOV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-yanvar,
46-son