Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.1997 07.04.1992 yildagi PF-385-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.09.1997
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KO‘RSATUVChI KORXONALAR VA TAShKILOTLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UYuShMASI (O‘ZMAIShIYXIZMAT UYuShMASI)NI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 17-sentabrdagi PF-1843-son “Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tizimida islohotlarni davom ettirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika aholisiga maishiy xizmatni yaxshilash, xizmat ko‘rsatish sohasida bozor munosabatlarini shakllantirish, tarmoqni boshqarishning epchil tashkiliy tuzilmasini vujudga keltirish, maishiy xizmat korxona va tashkilotlarining xo‘jalik sohasidagi mustaqilligini kengaytirish, shuningdek maishiy xizmat ko‘rsatish borasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi maishiy xizmat ko‘rsatish Respublika davlat-kooperativ markazini tugatib, maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari O‘zbekiston respublika Uyushmasi (O‘zmaishiyxizmatuyushma)ni tashkil etish to‘g‘risida maishiy xizmat xonalari va tashkilotlarining taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, O‘zmaishiyxizmatuyushma yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi hamda o‘z faoliyatini Nizomga, to‘la xo‘jalik hisobi va o‘zini o‘zi boshqarish qoidalariga muvofiq amalga oshiruvchi barcha mulkchilik shakllaridagi xo‘jalik ishlarini yurituvchi subyektlarni va yakka tadbirkorlarni paychilik asoslarida ixtiyoriy biriktiradigan xo‘jalik uyushmasidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “O‘zrembittexnika” konserni bilan “O‘zstroyremmebelbit” uyushmasi tarkibiga kirgan firmalar va trestlarni mehnat jamoalarining manfaatlarini e’tiborga olib, belgilangan tartibda aksionerlik jamiyatlari va jamoa korxonalariga aylantirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari amaldagi qonunlarga muvofiq:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini, viloyatlar va Toshkent shahar maishiy xizmat ko‘rsatish boshqarmalarini, birlashmalar, uyushmalar va konsernlarni hududiy uyushmalarga aylantirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti bilan birgalikda aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish rayon (shahar) ishlab chiqarish birlashmalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar O‘zbekiston respublika Uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar qilib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat bozoridagi ahvolni va aholining ehtiyojini o‘rganish asosida respublikada maishiy xizmatni rivojlantirish konsepsiyalar kelgusidagi va qisqa muddatli taraqqiyot istiqboli rejalarini ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maishiy xizmat birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining, shuningdek Uyushmaga kiruvchi yakka tadbirkorlarning faoliyatini aholining maishiy xizmatlarga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis ta’minlash manfaatlari yo‘lida muvofiqlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni o‘tkazish, Yangi texnika hamda ilg‘or texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish, texnologiya va nostandart uskunalarni tayyorlash, tarmoq korxonalarini moddiy-texnika zaxiralari bilan ta’minlashda ko‘maklashish, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat sohasida bozor munosabatlarini tatbiq etish, mehnat jamoalarining manfaatlarini e’tiborga olib, tarmoqda davlat korxonalari va tashkilotlarini ijara, aksionerlik, jamoa hamda boshqa mulkchilik shakllariga aylantirish borasidagi ishlarni o‘tkazishga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirishga har tomonlama madad berish, qo‘shma korxonalar barpo etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maishiy xizmat korxonalari va tashkilotlari huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash hamda davlat boshqaruvining respublika va mahalliy organlari bilan munosabatlarda ularning manfaatlarini ifoda etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida O‘zmaishiyxizmatuyushma faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. O‘zbekiston SSR Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligini O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish respublika Davlat kooperativ markaziga aylantirish to‘g‘risida” 1990-yil 25-sentabrda chiqarilgan Farmon o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1992-yil 7-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
385-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 6-son, 251-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 271-modda)