Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 23.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-1
Дата вступления в силу
01.06.2014
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 01.06.2014 sanasi holatiga | Hujjat 09.10.2025 sanasi holatiga |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING | OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING |
buyrugʻi | buyrugʻi |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida |
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-1] | [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-1] |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin. |
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. | 2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin. |
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin. | 3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin. |
4. Mazkur buyruq 2014-yil 1-iyundan kuchga kiradi. | 4. Mazkur buyruq 2014-yil 1-iyundan kuchga kiradi. |
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin. | 5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin. |
Vazir N. YOʻLDOSHEV | Vazir N. YOʻLDOSHEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2014-yil 23-may, | 2014-yil 23-may, |
138-mh-son | 138-mh-son |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-son buyrugʻiga ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-son buyrugʻiga ILOVA |
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar |
1. 19-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin: | 1. 19-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin: |
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi. | “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi. |
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan shubha paydo boʻlgan taqdirda, vazirlik va idoralar tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborishi mumkin”. | Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan shubha paydo boʻlgan taqdirda, vazirlik va idoralar tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborishi mumkin”. |
2. 100-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: | 2. 100-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: |
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach kuchga kiritiladi”. | “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach kuchga kiritiladi”. |
3. 126-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: | 3. 126-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin: |
“Tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi”. | “Tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi”. |