Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi Boshqaruvining yangi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi Boshqaruvining tarkibi tasdiqlansin.
Jamgʻarma Boshqaruvining tarkibidagi shaxslar boshqa ishga oʻtgan taqdirda ushbu lavozimga yangi tayinlangan shaxslar Boshqaruv tarkibiga kiritilishi belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 1-iyuldagi PF––3272-sonli Farmonining 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 19-iyul,
PF-3463-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 6-7-son, 131-modda)