LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
1. “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimi qisqartirilsin.
2. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi tarkibidagi o‘zgarish to‘g‘risida”gi 2005-yil 13-iyuldagi PQ-119-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.