05.12.2013 yildagi 254-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘i berish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi normalarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasini qo‘llab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Iqtisodiy sudlarning e’tibori sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Soliq kodeksi (bundan buyon matnda Soliq kodeksi deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlari asosida ko‘rilishiga qaratilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, IPKning 135-moddasida nazarda tutilgan sud buyrug‘i berish bo‘yicha talablarning ro‘yxati tugal hisoblanadi va u kengaytirilgan tarzda talqin qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi talab IPK 135-moddasining 1-bandiga asosan qo‘yilgan bo‘lsa, qarzdor tomonidan soliq qarzining tan olinishi talab etilmaydi.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismiga muvofiq kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining birinchi qismiga ko‘ra aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi talab IPK 135-moddasining 2-bandiga asosan bildirilganda, qarzdor tomonidan qarzdorlikning tan olinishi talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2.3. Sudlar shuni e’tiborga olishlari lozimki, IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan taqdim etilgan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizada debitorlik qarzini qarzdorning mol-mulkidan undirish to‘g‘risida talab qo‘yilishi mumkin emas. Bunday talab bildirilganda, arizani qabul qilish IPK 140-moddasining birinchi qismiga asosan rad etiladi.
IPK 135-moddasining 3-bandiga asosan qarzdorlikni undirish to‘g‘risida talab qo‘yilganda, debitorlik qarzini qarzdor tomonidan hujjatlar asosida tan olingan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza IPKning 25, 32 – 34, 38-moddalarida nazarda tutilgan sudlovga taalluqlilik va tegishlilikning umumiy qoidalariga amal qilgan holda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. IPK 136-moddasining birinchi qismi talablariga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza bilan kreditor yoki uning vakili murojaat qilishi mumkin. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qaroriga asosan yuridik shaxslar tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni undirishni mol-mulkka qaratish to‘g‘risidagi arizalar bilan sudga murojaat qilish vakolati davlat soliq xizmati organlariga yuklatilgan. Bunday hollarda davlat soliq xizmati organlari kreditor hisoblanmasligini inobatga olib, sud buyrug‘ida kreditor sifatida tegishli energiya ta’minoti korxonasi ko‘rsatiladi hamda qarzdorlik energiya ta’minoti korxonasi foydasiga undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning mazmuni IPK 136-moddasining ikkinchi qismi talablariga mos kelishi lozim, aks holda arizani qabul qilish IPK 141-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
IPK 149-moddasi ikkinchi qismining 8-bandi hamda Soliq kodeksining 115 va 116-moddalari talabidan kelib chiqib, undiruvni soliq to‘lovchining mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi da’vo arizasiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnomani soliq to‘lovchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. IPKning 137-moddasiga muvofiq arizachi (kreditor) sud buyrug‘ini berish to‘g‘risida ariza berganida qarzdorga arizaning ko‘chirma nusxasini topshirishi shart. Qarzdor — yuridik shaxsga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi topshirilganligining dalili bo‘lib, uning rahbari yoki xodimining muhr (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) yoki shtamp bilan tasdiqlangan imzosi, qarzdor — fuqaroga esa uning shaxsiy imzosi hisoblanadi. Ushbu tartibga rioya qilinmagan taqdirda, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 3-bandiga asosan arizachi (kreditor)ga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. IPK 139-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ariza uchun sudga da’vo arizasi bilan umumiy tartibda murojaat qilinganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga asosan iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilingan shaxslar sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha ham davlat bojini to‘lashdan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10.1. IPK 139-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda, undiruvchi to‘lagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda da’vo arizasi berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10.2. Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 19-moddasi yigirma oltinchi qismining mazmuniga ko‘ra sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda, kreditor tomonidan to‘langan davlat boji qaytarilmaydi. Kreditor tomonidan sudga umumiy tartibda da’vo arizasi berilgan taqdirda, u to‘lanishi lozim bo‘lgan davlat boji hisobiga olinadi, murojaat qilinmagan taqdirda esa, to‘langan davlat boji bo‘yicha xarajat uning zimmasida qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10.4. Sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan rad etilganda, ariza IPK 141-moddasi birinchi qismining 5, 6 va 7-bandlariga asosan qaytarilganda, shuningdek sud buyrug‘ini berish IPK 144-moddasining birinchi qismiga asosan rad etilganda, kreditor tomonidan to‘langan davlat boji qarzdorga nisbatan umumiy tartibda kreditor tomonidan da’vo taqdim etilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. IPK 142-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, qarzdor unga sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning ko‘chirma nusxasi topshirilgan paytdan boshlab o‘n kunlik muddatda sudga kreditor talablariga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli.
IPKning 142-moddasida qarzdor e’tirozining shakli va mazmuniga nisbatan muayyan talablar belgilanmaganligi sababli u erkin shaklda bayon etilishi mumkin. Biroq e’tirozda arizadagi talabga munosabat bildirilgan bo‘lishi kerak. E’tiroz sudga elektron hujjat tarzida ham yuborilishi mumkin.
Sudlar inobatga olishi lozimki, IPK 142-moddasining birinchi qismida belgilangan o‘n kunlik muddat sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaning nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar arizaning nusxasi topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatda bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, o‘n kunlik muddat ushbu ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi.
IPK 143-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, sud buyrug‘i kreditor tomonidan arizaning ko‘chirma nusxasi qarzdorga topshirilgan kundan e’tiboran o‘n kun o‘tgach beriladi.
Sudlarning e’tibori IPK 142-moddasining ikkinchi qismi mazmuniga muvofiq sud buyrug‘i, agar qarzdor arizadagi talab bilan rozi bo‘lsa, ariza nusxasi qarzdorga berilgan kundan o‘n kunlik muddat o‘tmasdan ham berilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunday holatda sud buyrug‘i qarzdorning arizadagi talabga yozma roziligi kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. IPK 143-moddasining birinchi qismiga ko‘ra sudya sud buyrug‘ini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
15.1. IPK 143-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra, agar qarzdor bildirilgan talabga rozi bo‘lmasa, huquq to‘g‘risidagi mavjud nizo taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib bo‘lmaydi deb hisoblansa, sudya sud buyrug‘ini berishni rad etadi. Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Sud buyrug‘ini berishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati IPKning 281 va 305-moddalari tartibida ko‘rib chiqiladi. Ajrim apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, ish hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, sud buyrug‘ining mazmuni IPK 145-moddasining birinchi qismi talablariga mos kelishi, shuningdek unda qarzdordan undiruvchi foydasiga undirilishi lozim bo‘lgan sud xarajatlarining summasi ham ko‘rsatilishi kerak.
IPKning 143-moddasiga muvofiq sud buyrug‘i ikkita asl nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi sudning gerbli muhri bilan tasdiqlanadi va undiruvchiga beriladi (yuboriladi). Qarzdorga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sud buyrug‘i apellatsiya, kassatsiya instansiyalarida va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rilmaydi. Shu munosabat bilan sud buyrug‘i ustidan berilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyatini qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 2-bandi, 291-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish esa, IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar shikoyat yoki ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati bo‘yicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bo‘yicha esa, ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sudlar IPK 135-moddasining 1-bandiga asosan berilgan sud buyrug‘i ijrosini kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib ijro etish haqidagi masalani hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning qaysi turlari, summalari hamda ularning to‘lovi qanday muddatga kechiktirilganligi va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat etilganligini aniqlashlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
20. IPK 147-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, agar qarzdor uzrli sabab bilan o‘z vaqtida kreditorning talabiga qarshi e’tiroz bildirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bo‘lsa, sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda o‘sha sudga sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risida ariza berishga haqli. Sud bunday holda buyruqni bekor qilishga haqli, shundan keyin kreditorning talabi da’vo ishini yuritish tartibida ko‘rilishi mumkin.
Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga nisbatan IPKda muayyan talablar belgilanmagan. Shundan kelib chiqib, ariza erkin shaklda bayon etilishi mumkin, ammo unda sud buyrug‘ini bekor qilish sabablari ko‘rsatilgan, shuningdek unga ushbu sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan bo‘lishi kerak.
Agar ariza IPK 147-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan muddat o‘tkazib yuborilgan holda berilgan bo‘lsa va muddat o‘tkazilishining sabablari iltimosnoma asosida uzrli deb topilsa, sudya muddatni tiklab, sud buyrug‘ini bekor qilishga haqli.
IPKda o‘tkazilgan muddatni tiklashning uzrli sabablari ro‘yxati ko‘rsatilmaganligi bois, sudlar muddatni tiklash masalasini hal etishda iltimosnomada keltirilgan sabablarni o‘rganib, ularga o‘z ichki ishonchlari asosida baho berishi lozim.
IPK 147-moddasining uchinchi qismiga muvofiq sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi yoki bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay sud muhokamasisiz, kreditor va qarzdor chaqirtirilmasdan, ularning tushuntirishlarini eshitmasdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sud buyrug‘ini bekor qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati IPK 281 va 305-moddalari tartibida ko‘rib chiqiladi. Ajrim apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan taqdirda, birinchi instansiya sudi tomonidan berilgan sud buyrug‘i ham bekor qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sudlar e’tiborga olishlari kerakki, IPK 140-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etish, IPK 141-moddasi birinchi qismining 1 — 6-bandlari bo‘yicha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish, shuningdek IPK 144-moddasi birinchi qismining 2-bandi bo‘yicha sud buyrug‘i berishni rad etish haqidagi masala ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi va natijasi bo‘yicha ajrim chiqariladi.
IPK 141-moddasi birinchi qismining 7-bandiga asosan sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish va IPK 144-moddasi ikkinchi qismining 1-bandiga asosan sud buyrug‘i berishni rad etish tegishincha sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizani qaytarish va sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi arizaga e’tiroz kelib tushgandan keyingi kundan kechiktirmay ko‘rib chiqiladi.
22. Sudlarga tushuntirilsinki, sud buyrug‘ini berish to‘g‘risidagi ishlar yuzasidan chiqarilgan ajrimlar XPK 153-moddasining birinchi qismiga mos holda ular chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda taraflarga yuboriladi yoki ularga tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzili mavjud bo‘lgan taqdirda esa, ajrimlar axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.