Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2002 20.05.1991 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2002
Hujjat 20.05.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Engil sanoat mollari ishlab chiqarish Oʻzbekiston Davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”) masalalari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 2-iyuldagi 240-sonli “Respublika yengil sanoatini rivojlantirish va boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Prezidentining “Engil sanoat mollari ishlab chiqarish Oʻzbekiston Davlat uyushmasini tuzish toʻgʻrisida” 1991-yil 6-maydagi Farmoniga muvofiq hamda tashkil etilgan konsernlar, ishlab turgan birlashmalar va korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilansinki, yengil sanoat mollari ishlab chiqarish Oʻzbekiston davlat uyushmasi (“Oʻzbekyengilsanoat”):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mustaqil ishlab chiqarish-xoʻjalik kompleksi boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston SSJ qonunlariga, Oʻzbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga hamda Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma toʻgʻrisidagi Ustavga amal qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi, ilovaga binoan uyushma tarkibiga kiruvchi konsernlar, korxonalar va tashkilotlar oldida javob beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsernlar va uyushmalar tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning davlat mulkini boshqaradi, ularni xususiylashtirishni amalga oshiradi, belgilangan tartibda davlat korxonalari va tashkilotlarini barpo etadi, qayta tashkil qiladi va tugatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kengash uyushmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Oʻnga konsernlar, shuningdek koʻrsatilgan konsernlar tarkibiga kirmaydigan konsernlar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari kiradi. Uyushma Kengashi uning boshqaruvini, raisini saylaydi, ishchi apparatining tuzilmasi tarkibini va xodimlari sonini, fondini, mehnatga haq toʻlash shartlarini, tizimini va uning xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish shartlarini belgilaydi. Uyushma boshqaruvining raisi va uning oʻrinbosarlari Uyushma Kengashi tomonidan tayinlanadi va Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Konsernlar boshqaruvlarining raislari lavozimiga koʻra uyushma boshqaruvi tarkibiga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Konsernlar va uyushma tarkibiga kiradigan korxonalar hamda tashkilotlarning bosh direktorlari, shuningdek uyushma taftish komissiyasining aʼzolari va uning raisi uyushma boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uyushma boshqaruvi va ishchi apparati birlashmalar va korxonalarning foydadan ajratadigan mablagʻlari hisobiga saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilansinki, konsernlar tarkibiga kirmaydigan konsernlar, mustaqil birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyati hamda uyushma boshqaruvi bilan oʻzaro munosabatlari uyushma Ustavi va taʼsis shartnomalari tomonidan, ularning yuridik va xoʻjalik mustaqilligini saqlab qolgan holda reglamentga solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Engil sanoat mollari ishlab chiqarish Oʻzbekiston Davlat uyushmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsernlar, birlashmalar va korxonalarning kooperatsiya asosida mahsulot yetkazib berishini rivojlantirish, moddiy-texnika taʼminoti, mahsulot sotishga doir ishlarini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ular bilan birgalikda tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning, fan-texnika taraqqiyotining istiqbolli va joriy rejalarini ishlab chiqadi va belgilaydi, kadrlar siyosatini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uning tarkibiga kiruvchi konsernlar va korxonalar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda normativ hujjatlarga muvofiq ishlaydigan tijorat banklarini, qoʻshma korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarni (jumladan, xorijiy sheriklar bilan birga) tuzadi, firma savdosini tashkil etadi, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasining tashqi iqtisodiy firmasi orqali asbob-uskunalar, xomashyo, materiallar va xalq isteʼmoli mollarini eksport va import qilish yuzasidan mustaqil operatsiyalarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmalar va korxonalar tomonidan kapital qurilishga, qayta tiklash va texnika jihatidan jihozlashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga, tarmoqlararo ilmiy-texnikaviy yechimlarni ishlab chiqishga ixtiyoriy ravishda ajratiladigan kapital mablagʻlarni, pudrat ishlarining limitlarini markazlashtirilgan tartibda taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsernlar bilan birgalikda xomashyo va materiallarni xarid qilish va sotish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻrishartnomalar tuzadi, xomashyo va moddiy resurslarni taqsimlash ishlarini amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konsernlarga marketing, lizing xizmatlari, boshqaruv, shartnomaviy-huquqiy masalalar, mahsulotni reklama qilish va sotish, yarmarkalarda, koʻrgazmalarda qatnashish va boshqa masalalar yuzasidan yordam koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ajratiladigan chet el valyuta mablagʻlarini, shuningdek korxonalarning ular uchun import boʻyicha xomashyo, materiallar, asbob-uskunalar va ehtiyot qismlar sotib olishiga ixtiyoriy ravishda ajratadigan valyuta mablagʻlarini markazlashgan tartibda taqsimlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma majburiyatlarining, mahsulot sifatiga talablarning va xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishning boshqa qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan hakamlik masalalarini koʻrib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzbekyengilsanoat” konsernlari va uyushmasi korxonalariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi boshqaruvi bilan kelishilgan roʻyxat boʻyicha zarur asbob-uskunalar, xomashyo va moddiy resurslarga almashish sharti bilan tovar birjasiga yoki barter asosida shartnoma narxlari boʻyicha tuzilgan shartnomalardan ortiq ishlab chiqarilgan mahsulotni sotishga ruxsat berilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoalarining xalq isteʼmoli mollarini ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan moddiy manfaatdorligini oshirish va ularning kadrlarini barqarorlashtirish maqsadida, istisno tariqasida, 1991-1992-yillar uchun mehnatga haq toʻlash bazaviy fondi tuzilsin, u isteʼmol fondini (chakana narxlarning oshganligi munosabati bilan kompensatsiyani hisobga olgan holda) 400 soʻm darajasida hisoblab chiqarishda qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekyengilsanoat” konsernlariga va uyushmasiga kiruvchi korxonalarga xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilar hamda ulgurji va chakana savdo korxonalari bilan hisob-kitob qilish uchun limitlangan chek daftarchalarining hisob-kitob cheklaridan foydalanish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 1991-1992-yillarda “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga kiruvchi konsernlar, birlashmalar va korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish hisobiga oladigan foydasining (xomashyo va materiallar yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarga nisbatan yillar boʻyicha) Oʻzbekiston SSJ jumhuriyat budjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qismi soliq olishdan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻzSSJ Moliya vazirligi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi ishtirokida bir oy muddat ichida koʻrsatilgan foydani hisoblab chiqarish metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga va uning konsernlariga yangidan kiruvchi korxonalar foydasining Oʻzbekiston SSJ jumhuriyat budjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan qismiga loyihadagi quvvatlarni oʻzlashtirish davrida, ammo koʻpi bilan ikki yilda soliq solinmasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Korxonalarning tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdorligini oshirish maqsadida OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga har yili belgilangan tartibda tarmoq korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan, litsenziya beriladigan mahsulotni eksportga chiqarishga kvota ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OʻzSSJ Iqtisodiyot qoʻmitasi, OʻzSSJ Moddiy-texnika taʼminoti davlat-kooperativ qoʻmitasi, Oʻzbekiston SSJ vazirliklari, idoralari “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasiga 1992-yil uchun ishlab chiqarish, ekspluatatsiya ehtiyojlari, kapital qurilish va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun moddiy-xomashyo resurslari va moliya mablagʻlari ajratishni nazarda tutsinlar va uning uchun OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi uchun amal qilib kelgan taʼminot tartibini saqlab qolsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzglavlegsnabsbit” birkitilgan nomenklatura boʻyicha uyushma uchun xomashyo, materiallar va komplektlovchi buyumlarni markazlashgan tartibda yetkazib berish va xarid qilishni amalga oshirsin va uyushmaga guruhli naryadlar bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi bir oy muddat ichida uyushma Ustavi loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdigʻiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Tuzilayotgan uyushma apparati Paradlar xiyoboni koʻchasi, 5-uydagi OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi egallab kelgan xonalarga joylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. OʻzSSJ Moliya vazirligi va OʻzSSJ Aloqa vazirligi 1991-yilda OʻzSSJ Engil sanoat vazirligi uchun belgilangan transport vositalaridan foydalanishning barcha limitlarini, aloqalar va telefon turlarini “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi uchun saqlab qolsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari, Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi, jumhuriyat vazirliklari va idoralari “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasining birlashmalari va korxonalari faoliyatini rivojlantirishning oʻz kompetensiyalariga kiruvchi masalalarini oʻz vaqtida hal etishga yordam bersinlar va uni taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Rais I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 20-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
139-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 20-maydagi 139-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Engil sanoat mollari ishlab chiqarish “Oʻzbekyengilsanoat” Oʻzbekiston davlat uyushmasi tarkibiga bevosita kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.‎ Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbektoʻqimachi” Oʻzbekiston davlat konserni‎
2.‎ Tikuvchilik va trikotaj buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekkiyim” Oʻzbekiston davlat konserni‎
3.‎ Charm-poyabzal sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish “Oʻzbekpoyabzal” Oʻzbekiston davlat konserni‎
4.‎ Chinni buyumlar ishlab chiqarish “Oʻzbekchinni” Oʻzbekiston davlat konserni ‎
5.‎ Furnitura va texnologik jihozlash Toshkent ishlab chiqarish birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Toshkent furnitura va nostandart asbob-uskunalar zavodi ‎
Nayman texnologik jihozlar fabrikasi‎
6.‎ Markaziy loyihalash-konstruktorlik va texnologik byuro‎
7.‎ “Oʻzbekiston” jumhuriyat firma savdo birlashmasi ‎
8.‎ Toshkent tuzatish-qurilish boshqarmasi ‎
9.‎ Engil sanoat korxonalarini qurish va qayta qurish jumhuriyat xoʻjalik hisobidagi birlashmasi‎
quyidagi tarkibda:‎
Andijon yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi ‎
Namangan yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi ‎
Toshkent yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi ‎
Xorazm yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi ‎
Samarqand yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi ‎
Fargʻona yengil sanoat korxonalari qurilishi direksiyasi‎
10.‎ Xoʻjalik hisobidagi jumhuriyat kooperativ tijorat markazi (“Oʻzlegkoopkomsentr”) ‎
11.‎ Xoʻjalik hisobidagi ishlar boshqarmasi ‎
12.‎ “Oʻzlegimpeks” jumhuriyat tashqi iqtisodiyot firmasi‎