15.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-3
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 15.01.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1668-3
Дата вступления в силу
20.01.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 322-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 523-modda), 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda), 2013-yil 11-iyundagi 165-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 314-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
1. Qaror muqaddimasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 149-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi PF-4483-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 521-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 387-modda), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 322-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 46-47-son, 523-modda), 2012-yil 30-dekabrdagi 374-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 19-modda), 2013-yil 11-iyundagi 165-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 24-son, 314-modda) qarorlariga muvofiq, auditorlik tashkilotlarini ustav kapitalida davlat aksiyalari paketi (ulushlari) 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalarda tashqi auditni o‘tkazadigan auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish tartibini belgilaydi.”;
3-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi)ga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi, Markaz” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasiga” degan so‘zlar “Markazga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
10-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining” degan so‘zlar “Markaz va Moliya vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.