Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023 26.04.2000 yildagi PF-2595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.08.2023
Hujjat 26.04.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ARXITEKTURA VA ShAHAR QURILIShINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, arxitektura, loyihalash va qurilish faoliyati darajasi hamda sifatini oshirish, shaharlar va aholi punktlarining shahar qurilishini zamonaviy talablarga hamda milliy anʼanalarga mos keladigan tarzda kompleks rivojlantirishni taʼminlash, arxitektura-shahar qurilishi sohasidagi qimmatli merosni saqlash va avaylash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashi tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy talablarni, milliy va meʼmoriy-madaniy anʼanalarni hisobga olgan holda shahar qurilishi va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyasi hamda dasturlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va amalga oshirish borasidagi ishlarni tashkil qilish, shaharlar va tumanlarning markazlarini, arxitektura komplekslarini rejalashtirish va barpo etish loyihalari boʻyicha tanlovlar oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxitektura va loyiha faoliyatida bozor muhitini tobora shakllantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, arxitektura va shahar qurilishi sohasida shartnomaviy munosabatlarni mustahkamlash va huquqiy bazani takomillashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlarning bosh rejalarini koʻrib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish, ularning amalga oshirilishini, arxitektura-rejalashtirish hujjatlariga, gʻoyat muhim shahar qurilishi meʼyorlari va standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, Kengash oʻzining vakolati doirasida qabul qiladigan qarorlar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish”)ning vazifalari aniqlanib, uning zimmasiga quyidagilar yuklansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, arxitektura, shahar qurilishi va binokorlik materiallari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha amaldagi qonunchilikka rioya etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kapital qurilishni va investitsiya faoliyatini isloh qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish hamda ruyobga chiqarishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlarning, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqishni tashkil etish, loyiha-rejalashtirish hujjatlariga qatʼiy muvofiq ravishda aholi punktlarining rivojlantirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arxitektura, qurilish va binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishda narx belgilash tizimini takomillashtirish, pudrat ishlari bozorini va tegishli bozor infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, qurilishga va qurilish industriyasiga boshqaruv va menejmentni tashkil etishning ilgʻor tizimlarini, zamonaviy qurilish texnologiyalarini joriy qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, arxitektura, shahar qurilishi va loyihalash faoliyati sohasida meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni, davlat meʼyorlari va standartlarini ishlab chiqish, davlat shahar qurilishi kadastrini yuritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihalash, qurilish va binokorlik materiallari hamda konstruksiyalarini ishlab chiqarish chogʻida meʼyorlar va standartlarga rioya etilishi ustidan, qurilish faoliyatining amalga oshirilishi, loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan nazorat oʻrnatilishini taʼminlash, shahar qurilishiga oid hujjatlarning hamda qurilish mahsulotlari, binokorlik materiallari, buyumlar va konstruksiyalarning idoradan tashqari ekspertizasini oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy arxitektura va qurilish tuzilmalari, xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlikni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan hamda Respublika arxitektura-shahar qurilishi Kengashi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qaroriga asosan lavozimga tayinlanadilar va ozod qilinadilar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman va shahar arxitektorlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va ozod qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Arxitektura va Qurilish bosh boshqarmalarining boshliqlari lavozimiga koʻra Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashining aʼzolari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasiga quyidagilar tavsiya etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharlar markazlari va tumanlarning markazlarini, arxitektura komplekslarini rejalashtirish hamda barpo etish loyihalariga tanlovlar oʻtkazish borasidagi ishlarni faollashtirish, jamoatchilikni va ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda shu loyihalarning keng muhokama etilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” bilan birgalikda ikki oy muddatda arxitektorlarning mualliflik huquqlarini himoya qilishga oid takliflarni tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektorlar uyushmasining raisi oʻz lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bosh rejalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan respublika shaharlarining roʻyxati tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlarning hokimliklari bilan birgalikda 2000—2002-yillarda shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va oʻzgartishlar kiritish jadvalini tuzib, uni 2000-yilning 1-iyuniga qadar tasdiqlash uchun Respublika arxitektura-shahar qurilishi kengashiga kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar, tuman markazlari hamda shahar posyolkalarining bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish chogʻida quyidagilar ustuvor yoʻnalishlar deb belgilab qoʻyilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tutash qishloq hududlari bilan shaharlarning arxitektura-rejalashtirish tuzilmasi uygʻun rivojlantirilishini, shahar hududlaridan tejamli foydalanishni, aholi istiqomat joylarining tabiiy muhitiga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishni taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy shahar markazlarini, yangi arxitektura komplekslarini shakllantirish, shaharlarning tarixiy-meʼmoriy merosini saqlab qolib, uni rivojlantirgan holda, qadimdan tarkib topgan hududlarini rekonstruksiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport yoʻllari sxemalarini, muhandislik-texnikaviy tizimlarini, oʻquv-taʼlim muassasalari tarmoqlarini, sport-sogʻlomlashtirish komplekslarini hamda ijtimoiy sohaning boshqa obyektlarini maqbul tarzga keltirib, yashash muhitining qulayligini oshirgan holda shaharlarning infratuzilmalarini kompleks yangilash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlar, tuman markazlari va shahar posyolkalari bosh rejalarga qatʼiy muvofiq ravishda barpo etilishini taʼminlash hamda aholi punktlari bosh rejalarining loyihalarini hamda loyiha-rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqish borasidagi ishlarning moliyalanishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Toshkent shahar va viloyatlarning hokimlari zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 26-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2595-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 120-modda, 9-10-son, 275-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y.,38-son, 417-modda; 2017-y., 18-son, 311-modda, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)