Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 27.12.2013 yildagi O‘RQ-363-son
Дата вступления в силу
28.12.2013
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 07.02.2024 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni |
Ekologik nazorat toʻgʻrisida | Ekologik nazorat toʻgʻrisida |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 12-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 12-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan |
1-bob. Umumiy qoidalar | 1-bob. Umumiy qoidalar |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi | 3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi |
Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir. | Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir. |
4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari | 4-modda. Ekologik nazoratning asosiy vazifalari |
Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: | Ekologik nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish; |
atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash; | atrof muhit holatini kuzatib borish, atrof muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni aniqlash; |
moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; | moʻljallanayotgan yoki amalga oshirilayotgan xoʻjalik faoliyati va boshqa faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; |
yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash; | yuridik va jismoniy shaxslarning atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash; |
atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish; | atrof muhitdagi oʻzgarishlar, uning prognoz qilinayotgan holati, tabiiy resurslardan foydalanilishi va koʻrilayotgan tegishli chora-tadbirlar toʻgʻrisida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarni hamda fuqarolarni xabardor qilish; |
tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlash. | tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirokini taʼminlash. |
5-modda. Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari | 5-modda. Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari |
Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. | Ekologik nazoratning asosiy prinsiplari qonuniylik, xolislik, mustaqillik, oshkoralik, shaxs, jamiyat hamda davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. |
6-modda. Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari | 6-modda. Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari |
Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: | Ekologik nazorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: |
ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; | ekologik nazorat tizimini shakllantirish va rivojlantirish; |
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi uchun qulay atrof muhitni yaratish; | fuqarolarning hayoti va sogʻligʻi uchun qulay atrof muhitni yaratish; |
ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; | ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organlari deb yuritiladi), mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar bilan atrof muhitning muhofaza qilinishi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanilishini taʼminlash borasida hamkorlik qilishining tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish; |
ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. | ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. |
7-modda. Ekologik nazorat obyektlari | 7-modda. Ekologik nazorat obyektlari |
Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat: | Ekologik nazorat obyektlari quyidagilardan iborat: |
yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; | yer, yer osti boyliklari, suvlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi; |
atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar; | atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi tabiiy va texnogen manbalar; |
atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik. | atrof muhit ifloslanishiga va tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlik. |
8-modda. Ekologik nazorat subyektlari | 8-modda. Ekologik nazorat subyektlari |
Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat: | Ekologik nazorat subyektlari quyidagilardan iborat: |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi; |
maxsus vakolatli davlat organlari; | maxsus vakolatli davlat organlari; |
mahalliy davlat hokimiyati organlari; | mahalliy davlat hokimiyati organlari; |
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari; | davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari; |
xoʻjalik yurituvchi subyektlar; | xoʻjalik yurituvchi subyektlar; |
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; | fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari; |
nodavlat notijorat tashkilotlari; | nodavlat notijorat tashkilotlari; |
fuqarolar. | fuqarolar. |
9-modda. Ekologik nazoratning turlari | 9-modda. Ekologik nazoratning turlari |
Ekologik nazoratning turlari quyidagilardan iborat: | Ekologik nazoratning turlari quyidagilardan iborat: |
davlat ekologik nazorati; | davlat ekologik nazorati; |
idoraviy ekologik nazorat; | idoraviy ekologik nazorat; |
ishlab chiqarish ekologik nazorati; | ishlab chiqarish ekologik nazorati; |
jamoatchilik ekologik nazorati. | jamoatchilik ekologik nazorati. |
2-bob. Ekologik nazorat subyektlarining vakolatlari | 2-bob. Ekologik nazorat subyektlarining vakolatlari |
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari | 10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; | ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
davlat ekologik dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; | davlat ekologik dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi; |
davlat ekologik nazoratini, shuningdek atrof muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi; | davlat ekologik nazoratini, shuningdek atrof muhitning davlat monitoringini amalga oshirish tartibini belgilaydi; |
idoraviy, ishlab chiqarish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, ekologik xizmat haqidagi, shuningdek ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi; | idoraviy, ishlab chiqarish, jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, ekologik xizmat haqidagi, shuningdek ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi; |
ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. | ekologik nazorat sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
11-modda. Ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, ularning vakolatlari | 11-modda. Ekologik nazorat sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari, ularning vakolatlari |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi maxsus vakolatli davlat organlaridir. | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi maxsus vakolatli davlat organlaridir. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi boshqa maxsus vakolatli davlat organlarining davlat ekologik nazorati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. |
Maxsus vakolatli davlat organlari: | Maxsus vakolatli davlat organlari: |
ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; | ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; |
davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi; | davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi; |
davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; | davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
belgilangan tartibda ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; | belgilangan tartibda ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi; | ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi; |
idoraviy, ishlab chiqarish ekologik xizmatlarini davlat ekologik nazoratida ishtirok etish uchun jalb qiladi; | idoraviy, ishlab chiqarish ekologik xizmatlarini davlat ekologik nazoratida ishtirok etish uchun jalb qiladi; |
idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi hamda koʻmaklashadi. | idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi hamda koʻmaklashadi. |
Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi: | Maxsus vakolatli davlat organlari quyidagi sohalarda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, ushbu qismning uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan sohalarni nazorat qilish bundan mustasno; | Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi — atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida, ushbu qismning uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan sohalarni nazorat qilish bundan mustasno; |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suvi taʼminoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yuzasidan; | Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi — atrof muhitning radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar bilan ifloslanishi, ichimlik suvi taʼminoti, atmosfera havosiga fizik omillarning zararli taʼsir koʻrsatishi yuzasidan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — sanoat xavfsizligiga, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishiga rioya etilishi yuzasidan; | Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi — sanoat xavfsizligiga, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka, yer qaʼridan foydalanilayotganda ishlarning bexatar olib borilishiga rioya etilishi yuzasidan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — avtomototransport vositalarining ishlatilishida atmosfera havosining ifloslanishi yuzasidan; | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — avtomototransport vositalarining ishlatilishida atmosfera havosining ifloslanishi yuzasidan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — sunʼiy suv obyektlarining suvidan foydalanilishi va isteʼmol qilinishi yuzasidan; | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — sunʼiy suv obyektlarining suvidan foydalanilishi va isteʼmol qilinishi yuzasidan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, bundan yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi mustasno; | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan, bundan yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari hamda boshqa chiqindilar, radioaktiv, kimyoviy, biologik moddalar va oqova suvlar bilan ifloslanishi mustasno; |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi — oʻsimlik dunyosini himoya qilish boʻyicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan; | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi — oʻsimlik dunyosini himoya qilish boʻyicha davlat karantin qoidalarining bajarilishi yuzasidan; |
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish boʻyicha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining bajarilishi yuzasidan. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi — hayvonot dunyosini himoya qilish boʻyicha veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarining bajarilishi yuzasidan. |
Maxsus vakolatli davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Maxsus vakolatli davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari | 12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari: | Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari: |
davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi; | davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishida ishtirok etadi; |
hududiy ekologik dasturlarni tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; | hududiy ekologik dasturlarni ishlab chiqadi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi; |
tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi; | tegishli hududda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi. | ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan davlat ekologik nazorati masalalari boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
13-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari | 13-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida: | Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida: |
ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; | ekologik nazorat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi; |
idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiradi; | idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiradi; |
davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; | davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; |
belgilangan tartibda ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; | belgilangan tartibda ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, shuningdek ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; |
davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda atrof muhit va tabiiy resurslar holatini kuzatish tizimining ishlashini taʼminlaydi; | davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda atrof muhit va tabiiy resurslar holatini kuzatish tizimining ishlashini taʼminlaydi; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan idoraviy ekologik nazorat masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi; | ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan idoraviy ekologik nazorat masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi; |
davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi. | davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlari tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda uslubiy yordam koʻrsatadi va koʻmaklashadi. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
14-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari | 14-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: |
ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish; | ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish; |
davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; | davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni, shu jumladan atrof muhitning davlat monitoringi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish; |
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; | ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; |
atrof muhitning holati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; | atrof muhitning holati va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qilish. | ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlab chiqarish ekologik nazorati masalalari boʻyicha hamkorlik qilish. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagilarni bajarishi shart: | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar quyidagilarni bajarishi shart: |
ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; | ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; |
atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishni amalga oshirish; | atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishni amalga oshirish; |
atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarni ishlab chiqish va ularga rioya etish; | atrof muhitga yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng yuqori taʼsirni tartibga soluvchi ekologik normativlarni ishlab chiqish va ularga rioya etish; |
ekologik nazorat jarayonida aniqlangan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishi faktini bartaraf etish; | ekologik nazorat jarayonida aniqlangan atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishi faktini bartaraf etish; |
ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish. | ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish. |
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
15-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari | 15-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ekologik nazorat sohasidagi vakolatlari |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari: | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari: |
atrof muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlashda va qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; | atrof muhitni muhofaza qilishni taʼminlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlashda va qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; |
tegishli hududda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi; | tegishli hududda jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshiradi; |
atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishni amalga oshiradi; | atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishni amalga oshiradi; |
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; | ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; |
maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda oʻz vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisida takliflar kiritadi; | maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda oʻz vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisida takliflar kiritadi; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xabardor qiladi; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xabardor qiladi; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchiliklarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchiliklarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi; |
atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qiladi va axborot oladi; | atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qiladi va axborot oladi; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazadi; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazadi; |
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi; | atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi; |
atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi, ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazorati masalalari boʻyicha, shu jumladan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qiladi; | atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi, ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazorati masalalari boʻyicha, shu jumladan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qiladi; |
aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda koʻmaklashadi. | aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda koʻmaklashadi. |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari | 16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari |
Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: | Nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: |
atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlashda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; | atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlashda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; |
jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish; | jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish; |
atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishda ishtirok etish; | atrof muhit holatini va atrof muhitning ifloslanishiga hamda tabiiy resurslardan nooqilona foydalanishga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solishi mumkin boʻlgan vaziyatlarni kuzatib borishda ishtirok etish; |
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; | ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; |
maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda oʻz vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisida takliflar kiritish; | maxsus vakolatli davlat organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda oʻz vakilining kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi toʻgʻrisida takliflar kiritish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni xabardor qilish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchiliklarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchiliklarining talablari buzilganligi aniqlangan faktlar yuzasidan choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritish; |
atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; | atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga doir jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish; |
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish; | tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazorati masalalari boʻyicha, shu jumladan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qilish; | ekologik nazoratning boshqa subyektlari va ommaviy axborot vositalari bilan jamoatchilik ekologik nazorati masalalari boʻyicha, shu jumladan ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishda hamkorlik qilish; |
aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda koʻmaklashish. | aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda koʻmaklashish. |
Oʻzbekiston ekologik harakati, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlar bilan bir qatorda, oʻz ustavidagi vazifalariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazoratni amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. | Oʻzbekiston ekologik harakati, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan huquqlar bilan bir qatorda, oʻz ustavidagi vazifalariga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining ekologik nazoratni amalga oshirishdagi ishtirokini yanada kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqadi. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagilarni bajarishi shart: | Nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagilarni bajarishi shart: |
ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; | ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; |
ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish; | ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik. | ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik. |
Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Nodavlat notijorat tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
17-modda. Fuqarolarning ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari | 17-modda. Fuqarolarning ekologik nazorat sohasidagi huquqlari va majburiyatlari |
Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: | Fuqarolar quyidagi huquqlarga ega: |
atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; | atrof muhitni muhofaza qilishni, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni taʼminlash masalalari boʻyicha qarorlar tayyorlash va qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish; |
ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; | ekologik nazorat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik buzilishining oʻzi tomonidan aniqlangan fakti toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarini, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini xabardor qilish; |
atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; | atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga murojaat qilish va axborot olish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish; |
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish. | tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish. |
Fuqarolar quyidagilarni bajarishi shart: | Fuqarolar quyidagilarni bajarishi shart: |
ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; | ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; |
ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish. | ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish. |
Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Fuqarolar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
18-modda. Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori, uning huquqlari va majburiyatlari | 18-modda. Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori, uning huquqlari va majburiyatlari |
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish maqsadida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirishi mumkin. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish maqsadida ekologik nazoratning jamoatchi inspektorlari tizimini shakllantirishi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirishi mumkin. |
Belgilangan tartibda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va ekologik nazoratda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekologik nazoratning jamoatchi inspektori boʻlishi mumkin. | Belgilangan tartibda maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va ekologik nazoratda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ekologik nazoratning jamoatchi inspektori boʻlishi mumkin. |
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori quyidagi huquqlarga ega: | Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori quyidagi huquqlarga ega: |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish; |
davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; | davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; |
atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot olish uchun tegishli davlat organlariga fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining va (yoki) nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini tayyorlashda ishtirok etish; | atrof muhitning holati, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mazkur sohadagi qonunchilik buzilishi yuzasidan aniqlangan faktni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot olish uchun tegishli davlat organlariga fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining va (yoki) nodavlat notijorat tashkilotining murojaatini tayyorlashda ishtirok etish; |
yuridik va jismoniy shaxslardan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va axborotni olish; | yuridik va jismoniy shaxslardan jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni va axborotni olish; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni, jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazishda ishtirok etish; |
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish; | tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitishda ishtirok etish; |
aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda ishtirok etish. | aholining ekologik madaniyatini oshirish, ekologik taʼlim va tarbiyani rivojlantirishga doir ishda ishtirok etish. |
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori quyidagilarni bajarishi shart: | Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori quyidagilarni bajarishi shart: |
ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; | ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etish; |
ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish; | ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga koʻmaklashish; |
ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik. | ekologik nazoratning boshqa subyektlari vazifalarini bajarmaslik. |
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. | Ekologik nazoratning jamoatchi inspektori toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. |
3-bob. Ekologik nazoratni amalga oshirish | 3-bob. Ekologik nazoratni amalga oshirish |
19-modda. Ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi | 19-modda. Ekologik nazoratni amalga oshirish tartibi |
Davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. | Davlat ekologik nazorati maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. |
Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. | Davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. |
Idoraviy ekologik nazorat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladi. | Idoraviy ekologik nazorat davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan davlat boshqaruvi organlari tasarrufidagi tashkilotlarda, shuningdek xoʻjalik boshqaruvi organlarining tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda amalga oshiriladi. |
Ishlab chiqarish ekologik nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatda amalga oshiriladi. | Ishlab chiqarish ekologik nazorati xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz xoʻjalik faoliyatida va boshqa faoliyatda amalga oshiriladi. |
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ekologik xizmatni tashkil etishi mumkin. | Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ekologik xizmat toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ekologik xizmatni tashkil etishi mumkin. |
Jamoatchilik ekologik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. | Jamoatchilik ekologik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. |
Idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarga muvofiq belgilanadi. | Idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarga muvofiq belgilanadi. |
20-modda. Ekologik nazoratning shakllari va usullari | 20-modda. Ekologik nazoratning shakllari va usullari |
Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: | Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini tekshirish; |
atrof muhit monitoringi. | atrof muhit monitoringi. |
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shakllardan tashqari, shuningdek davlat ekologik ekspertizasi davlat ekologik nazoratining, ekologik audit esa, ishlab chiqarish ekologik nazoratining shaklidir. | Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shakllardan tashqari, shuningdek davlat ekologik ekspertizasi davlat ekologik nazoratining, ekologik audit esa, ishlab chiqarish ekologik nazoratining shaklidir. |
Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati atrof muhitga taʼsir koʻrsatuvchi omillarni hisobga olish, atrof muhit hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil etish, baholash va prognoz qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Jamoatchilik ekologik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: | Jamoatchilik ekologik nazoratining shakllari quyidagilardan iborat: |
atrof muhit holatini va uning xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat taʼsiri ostidagi oʻzgarishlarini, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini kuzatib borish; | atrof muhit holatini va uning xoʻjalik faoliyati hamda boshqa faoliyat taʼsiri ostidagi oʻzgarishlarini, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlarning amalga oshirilishini kuzatib borish; |
davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; | davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirishda kuzatuvchi sifatida ishtirok etish; |
tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitish; | tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, obodonlashtirilishi hamda koʻkalamzorlashtirilishi masalalariga doir axboroti hamda hisobotlarini eshitish; |
jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish. | jamoatchilik ekologik ekspertizasini oʻtkazish. |
Jamoatchilik ekologik nazorati atrof muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil qilish va baholash, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali amalga oshirilishi mumkin. | Jamoatchilik ekologik nazorati atrof muhit va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning holatini tahlil qilish va baholash, shuningdek jamoatchilik fikrini oʻrganish orqali amalga oshirilishi mumkin. |
Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllar va usullardan ham foydalanilishi mumkin. | Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishda qonunchilikka muvofiq boshqa shakllar va usullardan ham foydalanilishi mumkin. |
21-modda. Ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish | 21-modda. Ekologik nazorat natijalarini rasmiylashtirish |
Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda: | Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini rasmiylashtirish belgilangan tartibda: |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini, davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishini tekshirish natijalari boʻyicha dalolatnoma yoki maʼlumotnoma; |
atrof muhit monitoringi natijalari boʻyicha axborot yoki hisobot; | atrof muhit monitoringi natijalari boʻyicha axborot yoki hisobot; |
davlat ekologik ekspertizasi va ekologik audit natijalari boʻyicha xulosa tuzish orqali amalga oshirilishi mumkin. | davlat ekologik ekspertizasi va ekologik audit natijalari boʻyicha xulosa tuzish orqali amalga oshirilishi mumkin. |
Jamoatchilik ekologik nazorati natijalari belgilangan tartibda maʼlumotnoma yoki axborot tuzish orqali rasmiylashtirilishi mumkin. | Jamoatchilik ekologik nazorati natijalari belgilangan tartibda maʼlumotnoma yoki axborot tuzish orqali rasmiylashtirilishi mumkin. |
Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin. | Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa yoʻllar bilan ham rasmiylashtirilishi mumkin. |
22-modda. Ekologik nazorat natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari | 22-modda. Ekologik nazorat natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari |
Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat: | Davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazorati natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat: |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik yoki jismoniy shaxsga yozma koʻrsatma berish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisida yuridik yoki jismoniy shaxsga yozma koʻrsatma berish; |
korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish toʻgʻrisida maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organining qarorini qabul qilish; | korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sogʻligʻiga atrof tabiiy muhitning normativdan ortiq darajada ifloslanishi bilan bogʻliq xavf yuzaga kelishining oldini olish maqsadida oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga cheklash, toʻxtatib turish toʻgʻrisida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining taklifiga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi qarorini qabul qilish; |
maxsus vakolatli davlat organining, mahalliy davlat hokimiyati organining atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishi; | maxsus vakolatli davlat organining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organining atrof muhitga zararli taʼsir koʻrsatayotgan korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyatini cheklash, toʻxtatib turish, tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish toʻgʻrisida, shuningdek atrof muhitga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqida sudga ariza bilan murojaat qilishi; |
atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materialni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish; | atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi materialni maxsus vakolatli davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish; |
idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organining mansabdor shaxsi tomonidan davlat boshqaruvi organi tasarrufidagi tashkilot yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun taklif kiritish; | idoraviy ekologik nazoratni amalga oshiruvchi davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi organining mansabdor shaxsi tomonidan davlat boshqaruvi organi tasarrufidagi tashkilot yoki xoʻjalik boshqaruvi organi tarkibiga kiruvchi tashkilot rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun taklif kiritish; |
ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli shaxs tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun taklif kiritish. | ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli shaxs tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt rahbariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun taklif kiritish. |
Jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat: | Jamoatchilik ekologik nazorati natijalarini roʻyobga chiqarish shakllari quyidagilardan iborat: |
maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarni jamoatchilik ekologik nazoratining natijalari haqida xabardor qilish; | maxsus vakolatli davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarni jamoatchilik ekologik nazoratining natijalari haqida xabardor qilish; |
tegishli davlat organlariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun takliflar kiritish. | tegishli davlat organlariga atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishi yuzasidan aniqlangan fakt boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish uchun takliflar kiritish. |
Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham roʻyobga chiqarilishi mumkin. | Davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik ekologik nazorati natijalari qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham roʻyobga chiqarilishi mumkin. |
4-bob. Yakunlovchi qoidalar | 4-bob. Yakunlovchi qoidalar |
23-modda. Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashishning taqiqlanishi | 23-modda. Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashishning taqiqlanishi |
Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor va vakolatli shaxslarga, jamoatchi inspektorlarga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. | Ekologik nazoratni amalga oshirishga aralashish, ekologik nazoratni amalga oshiruvchi mansabdor va vakolatli shaxslarga, jamoatchi inspektorlarga har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish, ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilish taqiqlanadi. |
24-modda. Nizolarni hal etish | 24-modda. Nizolarni hal etish |
Ekologik nazorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Ekologik nazorat sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
25-modda. Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 25-modda. Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. | Ekologik nazorat toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. |
26-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 26-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: |
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; | hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; |
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
27-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 27-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2013-yil 27-dekabr, | 2013-yil 27-dekabr, |
OʻRQ-363-son | OʻRQ-363-son |