Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.08.1998 yildagi 336-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 05.08.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki qarzlari doirasida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining besh shahrida: Olmaliq, Buxoro, Namangan, Nukus va Samarqand shaharlarida shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlashga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan 500 ming AQSh dollari miqdorida avans berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish uchun javob beruvchi tashkilot sifatida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki, avansni qaytarish va unga xizmat koʻrsatish xarajatlari “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish boʻyicha komissiya ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Komissiyaga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini tayyorlash va amalga oshirish tadbirlarini ishlab chiqish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xorijiy va mahalliy maslahatchilar, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi hamda loyiha tayyorlanadigan va amalga oshiriladigan shaharlar hokimliklari tomonidan olib boriladigan ishlar muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyiha mablagʻlaridan samarali foydalanilishini nazorat qilish yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi bilan kelishgan holda ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6 kishidan iborat shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish loyihasini amalga oshirish guruhini tashkil etsin va uning rahbarini tayinlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshiruvchi guruh toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda loyiha budjeti tasdiqlangunga qadar uni mablagʻ bilan taʼminlash manbai etib “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi mablagʻlari belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihani amalga oshirish guruhini joy, tashkiliy texnika, aloqa vositalari va boshqa zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilari boʻlgan xorijiy mutaxassislarni konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilgan holda ularga kirish vizalari rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi buyurtmanomalari boʻyicha loyiha qatnashchilarini vizalar uzaytirilganligi, Oʻzbekistonda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazganlik va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilganlik uchun yigʻimlar toʻlashdan ozod qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari L.A. Axmetov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 5-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
336-son

Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 5-avgustdagi
336-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish yuzasidan Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki loyihasini tayyorlash va amalga oshirish komissiyasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TARKIBI

1.‎ Axmetov L.A.‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi‎
2.‎ Sidiqnazarov Q.M.‎ “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi raisi‎
3.‎ Mannopbekov N.T.‎ Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti boʻlimi boshligʻi‎
4.‎ Shilikov V.M.‎ Samarqand shahar hokimining birinchi oʻrinbosari‎
5.‎ Jumatov S.J.‎ Nukus shahar hokimining oʻrinbosari‎
6.‎ Najmiddinov Sh.A.‎ ‎‎ Buxoro shahar hokimining oʻrinbosari‎
7.‎ Eshmatov N.X.‎ ‎‎ Namangan shahar hokimining oʻrinbosari‎
8.‎ Mahmudov A.S.‎ Olmaliq shahar hokimining oʻrinbosari‎
9.‎ Ibrohimov Sh.Gʻ.‎ Moliya vazirining oʻrinbosari‎
10.‎ Xoʻjayev B.E.‎ Makroiqtisodiyot va statistika vazirining oʻrinbosari‎
11.‎ Navotniy A.S.‎ Mehnat vazirligining boshqarma boshligʻi‎
12.‎ Shovahobov Sh.Sh.‎ Vazirlar Mahkamasi Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyatining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi
Keyingi tahrirga qarang.