O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON SSR DAVLAT MEHNAT VA IJTIMOIY MASALALAR QO‘MITASINI O‘ZBEKISTON SSR MEHNAT VAZIRLIGIGA AYLANTIRISh TO‘G‘RISIDA
Respublikaning nufus xususiyatlariga aloqador muammolarni hal etishga, mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga, aholini ko‘proq ish bilan band qilish va ijtimoiy jihatdan himoyalashga nihoyatda muhim ahamiyat berib:
1. O‘zbekiston SSR Davlat mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi O‘zbekiston SSR Mehnat vazirligiga aylantirilsin, uning zimmasiga respublika hududida yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat bilan bog‘liq masalalarni ro‘yobga chiqarish vazifasi yuklatilsin.
2. O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Kabineti (o‘rtoq B.S.Hamidov) bir oylik muddatda mazkur vazirlikning tuzilishi to‘g‘risidagi nizom va taklifni tayyorlasin.
O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 5-may,
PF-201-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 7-son, 127-modda)