Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining qarori, 26.11.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2011-1
Дата вступления в силу
02.12.2013
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZINING Qarori Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida [Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2011-1] Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini takomillashtirish haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi qaror qiladi: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2009-yil 4-sentabrdagi 39/QQ va 27/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2011, 2009-yil 6-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 41-son, 443-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin. 2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV Toshkent sh., 2013-yil 18-noyabr, 49/QQ-son Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori B. ISMAILOV Toshkent sh., 2013-yil 18-noyabr, 30-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2013-yil 18-noyabrdagi 49/QQ va 30-sonli qaroriga ILOVA Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar 1. 19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “19. DAK raisi yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin bir yil (kalendar yil) muddatga hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻining (vazirlik yoki idoralar tasarrufidagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari uchun shu vazirlik yoki idora rahbarining), DAK aʼzolari esa, taʼlim muassasasi direktorining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.”. 2. 28-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin. 3. 29 va 30-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin: “29. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasining belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida DAK faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani qayta topshirish huquqiga ega. 30. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq 3 yil mobaynida yakuniy attestatsiyani topshirmagan oʻquvchilar 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishlari mumkin. 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza bermagan oʻquvchiga oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasining toʻliq kursini tamomlaganligi toʻgʻrisida akademik maʼlumotnoma beriladi. Mazkur maʼlumotnomada semestr kesimida oʻquv rejasida belgilangan fanlarga mos oʻquv yuklamasi miqdori (soatda), oʻquvchining fanlar va amaliyotlardan toʻplagan reyting ballari, yakuniy attestatsiya sinovlari natijalari, oʻquvchilar safidan chetlashtirish sababi (buyruq raqami va sanasi), shuningdek maʼlumotnomaning qayd etilgan raqami va berilgan sanasi koʻrsatilishi hamda u taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanishi lozim.”. 4. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan kelishilgan. Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV 2013-yil 15-noyabr Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. HAITOV 2013-yil 15-noyabr Madaniyat va sport ishlari vaziri M. XODJIMATOV 2013-yil 15-noyabr Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh. TEShAYEV 2013-yil 15-noyabr Oʻzbekiston Badiiy akademiya raisi A. NURIDINOV 2013-yil 15-noyabr Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV 2013-yil 15-noyabr “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK raisi A. RAMATOV 2013-yil 15-noyabr (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 48-son, 626-modda) |
Постановление Центра среднего специального, профессионального образования Министерства высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан Государственного центра тестирования при Кабинете Министров Республики Узбекистан О внесении изменений в Положение о порядке проведения итоговой государственной аттестации в средних специальных, профессиональных образовательных учреждениях [Зарегистрировано Министерством юстиции Республики Узбекистан 26 ноября 2013 г. Регистрационный № 2011-1] Директор Центра среднего специального, профессионального образования Министерства высшего и среднего специального образования У. САЛИМОВ г. Ташкент, 18 ноября 2013 г., № 49/КК Директор Государственного центра тестирования при Кабинета Министров Б. ИСМАИЛОВ г. Ташкент, 18 ноября 2013 г., № 30 |