Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012 23.07.1997 yildagi PF-1823-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2012
Hujjat 23.07.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF-4475-sonli “Axborot tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni boshqarishni yanada takomillashtirish, bozor munosabatlarini rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilsin hamda uning negizida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tashkil qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklatilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf va pochta aloqasini, radioaloqa, radioeshittirish va televideniye tarmoqlarini vujudga keltirish, ularning faoliyati va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni yoʻnaltirish hamda boshqarishni takomillashtirish, marketing tadqiqotlari va monitoringni tashkil qilish, bozor islohotlarini chuqurlashtirish, bu sohada raqobat muhitini yaratish va rivojlantirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirishga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telekommunikatsiya texnologiyalarini yaratish, joriy etish va foydalanish boʻyicha yagona shartlar hamda talablarni tasdiqlash, shuningdek mazkur shartlar va talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, milliy telekommunikatsiya tarmogʻi faoliyatining axborot sohasidagi xavfsizligini taʼminlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xamda umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya va pochta tarmoqlarining ishlashini taʼminlaydigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning “Mahalliy telekom”, “Xalqaro telekom” aksiyadorlik kompaniyalarini va “Oʻzbekiston pochtasi” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi huzurida pochta va telekommunikatsiyalarni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlovchi budjetdan tashqari Jamgʻarma tashkil qilinib, quyidagilar shu Jamgʻarma faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari sifatida belgilab qoʻyilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
pochta aloqasi hamda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalarini rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va qaytadan tiklash sohasidagi ustuvor hamda ijtimoiy jihatdan ahamiyatli loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirishni moliyalashda qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi mahkamasining faoliyatini, shuningdek uning tizimiga kiruvchi mustaqil daromad manbalariga ega boʻlmagan telekommunikatsiya tizimlarini tartibga soluvchi, boshqaruvchi va nazorat qiluvchi davlat organlarining faoliyatini moliyalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qoʻyilsinki, korxonalarni xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning 40 foizini, shuningdek Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va qoʻshma korxonalardagi davlatga tegishli aksiyalarning paketlari (ulushlar) boʻyicha dividendlarning 25 foizini Jamgʻarmada toʻplash uning asosiy manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shu narsa belgilansinki, Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan amaldagi qonunlarga muvofiq oʻz vakolati doirasida chiqariladigan normativ hujjatlar telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmati koʻrsatuvchi yoki ulardan foydalanuvchi, shuningdek mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar telekommunikatsiya va pochta tizimlari hamda inshootlarini loyihalash va qurish ishlarini amalga oshiruvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etish uchun majburiydir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzbekiston pochtasi” davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi davlat korxonalari va aksiyadorlik jamiyatlari 1998-yilning 1-yanvaridan boshlab asosiy faoliyat boʻyicha foydadan soliq toʻlashdan 2 yil muddatga ozod qilinsin, bunda boʻshab qolgan mablagʻlar ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirilishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddat ichida Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil qilish masalalari boʻyicha qaror tayyorlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-1823-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y.,8-son, 196-modda; 2000-y., 5-6-son, 184-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 22-modda)