Oʻzbekiston Respublikasining xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasining
Qarori
“Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 14-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2287-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 456-modda) 2-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2011-yil 24-oktabrdagi 8-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishib qilingan harakatlari)ni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2287, 2011-yil 7-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 49-son, 502-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-oktabr,
01/19-26/22-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2013-yil 30-oktabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 46-son, 609-modda)