04.10.2013 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 01.06.2018 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda respublikada davlat yongʻin nazoratini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida amalga oshirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
272-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat yongʻin nazorati organlari va mansabdor shaxslarining roʻyxatini, ularning vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Davlat yongʻin nazorati davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektori — davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli boʻlinmasining mansabdor shaxsi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolarning yongʻin xavfsizligi talablarini bajarishlari ustidan davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat qilish shakli va aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish va (yoki) ularning oldini olish chora-tadbirlari koʻrilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yozma koʻrsatma — yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorining yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish, shu jumladan qurilayotgan korxonalar va obyektlarning, shuningdek tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning belgilangan muddatlarda tegishli mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma farmoyishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
obyekt — yuridik yoki jismoniy shaxsning mulkiy kompleksi (yoki uning bir qismi), shu jumladan ular uchun yongʻin xavfsizligi talablari belgilangan binolar, inshootlar, transport vositalari, texnologik qurilmalar, asbob-uskuna, agregatlar, buyumlar va boshqa mol-mulk;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning yongʻin-profilaktik koʻrigi — keyinchalik tadbirkorlik subyektiga yongʻin kelib chiqishi kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan yozma tavsiyalar berish uchun obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining quyidagi boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati tomonidan — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi tomonidan — tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan faqat temir yoʻl transporti uchun maxsus moʻljallangan hamda stansiyalar va peregonlar chegarasida temir yoʻlga qarashli hududlarda joylashgan temir yoʻl obyektlarida, boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu obyektlarda ijaraga olingan binolarda, shuningdek stansiya va peregonlarning temir yoʻllarida harakatlanadigan tarkibda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tomonidan — jazoni ijro etish muassasalarida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati davlat yongʻin nazorati organlarining faoliyatiga metodik rahbarlik qilishni, uni muvofiqlashtirish va nazorat qilishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat yongʻin nazorati organlari va ularning mansabdor shaxslari nazorat boʻyicha funksiyalarni amalga oshirishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar mavjud boʻlgan qonunlarga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda normativ hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Davlat yongʻin nazorati organlari belgilangan namunadagi oʻz nomi yozilgan muhrlar, shtamplar va blankalarga ega boʻladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Davlat yongʻin nazorati organlarining tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Quyidagilar Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining davlat yongʻin nazorati organlari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — yongʻin xavfsizligi boshqarmalari deb ataladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boshqarmalariga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalar, guruhlar);
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining tumanlar (shaharlar) va oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi harbiylashtirilgan va kasbiy otryadlari (qismlari, alohida postlari).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi davlat yongʻin nazorati organlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boʻlimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) yongʻin xavfsizligi guruhlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi davlat yongʻin nazorati organlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining yongʻin xavfsizligi guruhi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi jazoni ijro etish muassasalarining birlashgan (harbiylashtirilgan) yongʻin xavfsizligi komandalari, yongʻin xavfsizligi (harbiylashtirilgan) komandalarining alohida postlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat yongʻin nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga quyidagilar tegishlidir:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining oʻrinbosarlari — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — tegishli ravishda yongʻin xavfsizligi boshqarmalari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari — tegishli ravishda transportdagi ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boʻlimi boshligʻi va uning oʻrinbosarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar, viloyatlar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — yongʻin xavfsizligi boshqarmalari xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi bosh davlat inspektorining katta yordamchilari — transportdagi ichki ishlar boshqarmasi yongʻin xavfsizligi boʻlimi xodimlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari — tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning va oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari (yongʻin xavfsizligi guruhlarining katta inspektorlari), tumanlar (shaharlar) Davlat yongʻin xavfsizligi xizmatining harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadlari komandirlari, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi otryadlari komandirlari va harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari — transportdagi ichki ishlar tarmoq boshqarmalari (boʻlimlari) yongʻin xavfsizligi guruhlarining katta inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni ijro etish muassasalarining yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari — Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi yongʻin xavfsizligi guruhining muhim topshiriqlar boʻyicha katta inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tumanlar (shaharlar)ning yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — tumanlar (shaharlar)ning harbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismlari boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari, tumanlar (shaharlar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari)ning yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, boʻlinmalari va guruhlarining katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari, inspektorlari, kichik inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi kasbiy yongʻin xavfsizligi otryadlari (qismlari) boshliqlari, yongʻin xavfsizligi alohida postlari boshliqlari, yongʻin xavfsizligi boʻlimlari, boʻlinmalari va guruhlarning (alohida postlarning) katta muhandislari, katta inspektorlari, muhandislari, inspektorlari, kichik inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — transportdagi ichki ishlar tarmoq boshqarmalari (boʻlimlari)ning yongʻin xavfsizligi guruhlarining inspektorlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jazoni ijro etish muassasalarining yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari — Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi jazoni ijro etish muassasalarining yongʻin xavfsizligi birlashgan (harbiylashtirilgan) komandalari, yongʻin xavfsizligi (harbiylashtirilgan) komandalarining alohida postlari boshliqlari, profilaktika katta yoʻriqchilari va yoʻriqchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Davlat yongʻin nazorati organlarining asosiy vazifalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Quyidagilar davlat yongʻin nazorati organlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻinlar va yongʻin xavfsizligi talablari buzilishiga oid ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 960-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotlarni toʻplash hamda oʻzaro almashish ishlarini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasi oʻtkazilishiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyalari, shuningdek qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni va yongʻinga qarshi himoya tizimlarini qabul qilib olish komissiyalari tarkibida ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarning xodimlariga, sugʻurtalangan shaxslarga, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish sifati va tashkil etilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish sifatini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar va tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Davlat yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tumanlar (shaharlar), oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalaridagi yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish, yongʻin nazorati boʻyicha yuqori davlat inspektorlari tomonidan nazorat amalga oshiriladigan tashkilotlar va mansabdor shaxslar bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda ularning buzilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida tashkilotlar va boshqa obyektlarning hududlarida, binolarida, inshootlarida, xonalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruvlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlardan yongʻin xavfsizligi holatini tavsiflovchi hujjatlarni, yongʻinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan materiallar va mahsulotlar haqidagi texnik hujjatlarni (agarda ular tekshiruvga aloqador boʻlsa) soʻrab olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin kelib chiqishiga, tarqalishiga olib keluvchi yoki uni bartaraf etishni qiyinlashtiruvchi va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlangan hollarda, agar ular bino (inshoot)ning yoki umuman ishlab chiqarishning ishini toʻxtatishga olib kelmasa, ishlab chiqarish uchastkalarining ishini, alohida xonalardan, asbob-uskunalardan va boshqa agregatlardan foydalanishni, ayrim yongʻin xavfiga qarshi ishlarni olib borishni belgilangan tartibda qisman yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish. Nazarda tutilgan chora-tadbir faqat yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi boʻyicha oʻtkaziladigan tekshirishlarda qoʻllaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bayonnomalar tuzish, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi uchun qonunga muvofiq maʼmuriy choralar qoʻllash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni, shu jumladan obyektlar, inshootlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik jihozlash davrida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini oʻrganish maqsadida yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish, shuningdek ularga yongʻinlar kelib chiqishi va kuchayishi (tarqalishi)ning oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy mulk egalari (ular yoʻqligida — voyaga yetgan oila aʼzolari) yoki yollovchilar (ijarachilar)ning roziligi bilan ularga tegishli boʻlgan yashash xonalarini yoki boshqa xoʻjalik qurilmalarining yongʻinga qarshi holatini tekshirish va koʻrikdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
istalgan vaqtda maʼmuriyat vakillari yoki obyektlarning masʼul shaxslari bilan birgalikda tungi vaqtda odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarda navbatchi xodimlar yongʻin sodir boʻlganda harakat qilishga tayyorgarliklari, evakuatsiya yoʻllarining holatini hamda yongʻin signalizatsiyasi va yongʻin haqida odamlarga xabar beradigan moslamalarning sozligini aniqlash boʻyicha yongʻin-profilaktika koʻriklari oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishi boʻyicha oʻtkazilgan yongʻin-profilaktika koʻriklari yoki tekshirishlar natijalari boʻyicha tashkilotlar rahbarlariga va fuqarolarga yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishini bartaraf etish uchun maʼlumotnoma-tavsiyalar yoki bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda oʻtkazilgan yongʻin-profilaktik koʻriklar davomida aniqlangan yongʻin xavfsizligi talablari buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida tekshirishlar yillik reja-jadvaliga, shuningdek rejadan tashqari tekshirishlarga kiritish uchun tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning roʻyxati boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tumanlar (shaharlar)ning, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi, transportdagi va jazoni ijro etish muassasalaridagi yongʻin nazorati boʻyicha katta davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga egadirlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelmaydigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, ishlab chiqarishdan toʻxtatilishi va sotilishi toʻxtatilishi boʻyicha tashkilotlar rahbarlariga va fuqarolarga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan, bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning tegishli hududiy boʻlinmalariga tadbirkorlik subyektlarini rejali va rejadan tashqari tekshirish uchun ruxsatnoma olish va tekshirishlarni oʻtkazish uchun buyurtmanomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlariga muayyan hududlarda yongʻinga qarshi alohida rejim oʻrnatish haqida takliflar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarining bajarilishi haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga doimiy ravishda yongʻin xavfsizligi talablarini buzuvchi yoki davlat yongʻin nazorati organlarining yozma koʻrsatmasini bajarmayotgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin nazorati boʻyicha quyi davlat inspektorlari tomonidan noqonuniy va (yoki) asoslanmagan holda chiqarilgan qarorlarni bekor qilish (oʻzgartirish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligi holatini, texnologik jarayonning yongʻin-portlash xavfini, foydalanilayotgan va ishlab chiqarilayotgan sanoat asbob-uskunalari, buyumlar, moddalar va materiallarning yongʻin xavfsizligi holatini, shuningdek ishchi va atrof muhitning holatini baholash, yongʻinlarning sabablarini aniqlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekspertizalar oʻtkazishni tayinlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi hamda transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari ushbu Nizomning 13 va 14-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri darajasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish huquqiga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi hamda transportdagi yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari va ularning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13 — 15-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻin kelib chiqishiga va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid soluvchi binolar, inshootlar, alohida ishlab chiqarishlarni toʻliq yoki qisman foydalanishni toʻxtatib qoʻyish, yongʻin chiqishi xavfi boʻlgan moddalar, materiallar va buyumlar tayyorlash va ishlab chiqarishni taqiqlash huquqiga ham egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorining katta yordamchilari ushbu Nizomning 13 — 16-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga ham egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha faoliyatini tashkil etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish va ularni texnik jihatdan qayta jihozlashga doir shaharsozlik hujjatlarining yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishiga taalluqli qismini koʻrib chiqish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻzbekiston Respublikasining yongʻin nazorati boʻyicha bosh davlat inspektori va uning oʻrinbosarlari ushbu Nizomning 13 — 17-bandlarida koʻrsatilgan huquqlar bilan birgalikda quyidagi huquqlarga ham egadirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi punktlari, hududlar, binolar, inshootlar uchun yongʻin xavfsizligining umumiy talablarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi sohasidagi, shu jumladan yongʻin-texnik mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni va boshqa normativ hujjatlarni mustaqil ravishda yoki davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda ishlab chiqishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud boʻlmagan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni qurish, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, binoni kengaytirish va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir loyiha hujjatlarini kelishish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa normativ hujjatlarni kelishish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini tekshirish yillik reja yoxud rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qarori asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Korxona, ishlab chiqarish, ishlab chiqarish uchastkasi, agregat ishini toʻxtatish haqidagi qaror obyekt rahbariga taqdim etiladi hamda u bunday qaror qabul qilinishi uchun asos boʻlgan buzilishlar toʻliq bartaraf etilgungacha amalda boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyati toʻxtatib turilishiga yoki toʻxtatilishiga sabab boʻladigan ushbu Nizomning 13, 14 va 16-bandlarida nazarda tutilgan choralar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlarning va aholi hayoti hamda salomatligiga boshqacha tarzda muqarrar xavf paydo boʻlishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish maqsadida materiallarni sudga berish ushbu Nizomning 13, 14, 16 va 20-bandlarida nazarda tutilgan tegishli choralar (faoliyatni toʻxtatib turishga tegishli) qoʻllanilgandan keyin amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralar faqat yillik reja yoxud rejadan tashqari tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida nazorat qiluvchi organlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus vakolatli organning qarori asosida oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlmagan obyektlar davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan yiliga kamida ikki marotaba tekshirilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Uy-joy sektori obyektlari yongʻinlar va ularning kelib chiqishi sabablari tahlilidan kelib chiqib tekshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari quyidagilarga majburdirlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablari buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq berilgan vakolatlarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinga qarshi targʻibot oʻtkazish, yongʻin xavfsizligi choralarini qoʻllashni oʻrgatish va umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida yosh yongʻin oʻchiruvchilar drujinalarini tashkil etishga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlarda va aholi punktlarida yongʻin-texnik komissiyalari va koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilishiga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlariga rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish tadbirlarini oʻtkazish maqsadida faqat xizmat vazifalarini bajarish vaqtida xizmat guvohnomasini hamda davlat yongʻin nazorati tomonidan tekshiruv va yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazish uchun tasdiqlangan buyruq va boshqa hujjatlarni koʻrsatgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlar (hududlari va xonalari) obyektlariga borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat tadbirlarini oʻtkazish vaqtida tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar vakillarining qatnashishiga toʻsqinlik qilmaslik, tekshiruvlarga daxldor boʻlgan savollar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat boʻyicha tadbirlar oʻtkazish vaqtida ishtirok etayotgan tashkilotlar rahbarlariga va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud ularning vakillariga tekshirish natijalari boʻyicha materiallar nusxalarini va zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashkilotlar rahbarlarini va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud ularning vakillarini nazorat tadbirlari natijalari bilan tanishtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan qoidabuzarlik holatlari boʻyicha qoʻllaniladigan choralarni belgilashda koʻrsatilgan choralarning qoidabuzarlikning ogʻirligiga muvofiqliligini, ularning odamlar hayoti va sogʻligʻiga, mol-mulkiga va atrof muhitga xavf solishini inobatga olish, shuningdek fuqarolar va tashkilotlarning huquqlarini asossiz cheklashga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
norozi boʻlib shikoyat arizalari berilganda oʻz xatti-harakatlarining qonuniyligini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda isbotlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarini yongʻin xavfi paydo boʻlishiga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish boʻyicha oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrish maqsadida oʻziga qarashli obyektlarning yongʻin xavfsizligi holati toʻgʻrisida xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻinlar profilaktikasini va davlat yongʻin nazorati ishini takomillashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Davlat yongʻin nazorati organlarining mansabdor shaxslari oʻz majburiyatlari bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Davlat yongʻin nazorati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat yongʻin nazoratining yuqori organiga yoxud sudga shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Alohida obyektlarda va hududlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining obyektlarida, oʻrmon xoʻjaligi hududlarida, kon qazilmalari va shaxta inshootlarida, portlovchi materiallar ishlab chiqarilayotganda, tashilayotganda, saqlanayotganda, ulardan foydalanilayotganda va utilizatsiya qilinayotganda, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallardan foydalangan holda portlatish ishlarini olib boruvchi tashkilotlarda, havo, suv, temir yoʻl, avtomobil transporti hamda elektr transportidan foydalanilayotganda davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish tartibi Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati va tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻrtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalari egallab turgan obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati ushbu muassasalar rasmiy vakilining Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali qilgan yozma murojaati asosida davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan davlat yongʻin nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Qurilish, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va mukammal taʼmirlash obyektlarida yongʻinga qarshi loyiha tadbirlari bajarilishini nazorat qilish shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1993-yil 17-maydagi 227-son qarori.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni) 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 11-son, 86-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 547-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2017-y., 09/17/960/0355-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 18.06.2018-y., 09/18/449/1356-son; 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son; 15.08.2022-y., 09/22/445/0739-son; 24.11.2023-y., 09/23/615/0889-son; 02.07.2025-y., 09/25/397/0562-son)