Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-noyabrdagi PF–1005-son Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2013-yil 22-apreldagi OʻRQ–350-son Qonuniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekinlarni payhon qilishga qarshi kurashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1994-yil 21-noyabrdagi PF–1005-son Farmonining 5-bandidan “maʼmuriy komissiyalar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 2-oktabr,
PF-4569-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 40-son, 525-modda)