Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 25.12.1998 yildagi PF-2160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ISTE’MOL TOVARLARINING AYRIM TURLARINI OLIB KELISh VA OLIB ChIQIB KETIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Respublika iste’mol bozorida muvozanat saqlanishini va uning barqaror to‘ldirilishini ta’minlash, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish, shuningdek, tovarlarning ayrim turlarini qonunga xilof ravishda olib ketilishining oldini olish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 96-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “O‘zdavstandart”, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi keltirilayotgan iste’mol tovarlari sifati ustidan qattiq nazorat o‘rnatib, ularga tegishli sertifikatlar va ruxsatnomalar o‘z vaqtida berilishini ta’minlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi eksport qilish taqiqlab qo‘yilgan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollariga chek qo‘yish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, eksport qilish taqiqlangan tovarlarni yuridik va jismoniy shaxslar (rezidentlar va norezidentlar) qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi bojxona xizmatining ko‘chma bojxona postlari sonini ko‘paytirib, qo‘shni davlatlar bilan chegaralardagi dala yo‘llari va aylanma yo‘llar orqali tovarlarni qonunga xilof ravishda olib chiqib ketish ustidan nazoratni kuchaytirsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iste’mol tovarlarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan qonunga xilof ravishda olib chiqib ketganlik, shuningdek, import qilinadigan tovarlarni sotishning belgilab qo‘yilgan tartibini buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
amaldagi qonunchilikni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Eksport qilish taqiqlangan tovarlarni qonunga xilof ravishda olib ketish hollariga chek qo‘yishda huquqni muhofaza qilish organlariga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalarini jalb etib, aholi orasida keng tushuntirish ishlarini olib borsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-son Farmoniga 5-ilova matnidagi “sionizm” so‘zi chiqarib tashlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 25-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2160-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 29-maydagi PF-3078-son Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 96-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 12-son, 233-modda; 2002-y., 4-5-son, 96-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)