20.11.2010 yildagi 254-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.11.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyatning:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat balansidagi Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavze manzilida joylashgan va mukammal taʼmirlangan binoni tegishli hududi bilan Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi balansiga davlat mulki sifatida tasarruf etish huquqisiz oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi balansidagi Toshkent shahar, M-l, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino qismini mazkur bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan bino evaziga “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat balansiga mulk huquqi bilan topshirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi tomonidan Toshkent shahar, M-l, Mustaqillik shoh koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan bino qismining va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 24-mavzedagi binoning tegishli hududi bilan bozor bahosi qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat mulkining bahosi unga berilayotgan bino qismi bahosidan yuqori boʻlgan taqdirda ular oʻrtasidagi tafovut ushbu jamiyatning taklifiga koʻra qoplanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi va “Konstant Investments” masʼuliyati cheklangan jamiyat uch tomonlama shartnomaga asosan mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binolarni tegishli hududi bilan birga topshirish va qabul qilish hamda binolar boʻyicha huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlarining belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1998-yil 16-iyundagi 254-son qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2010-yil 20-noyabr,

254-son