Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2018 05.06.2000 yildagi PF-2613-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.04.2018
Hujjat 05.06.2000 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
EKSPORT MAHSULOTI IShLAB ChIQARUVChILARNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-apreldagi PF-5398-sonli “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2018-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarori)”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga moʻljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishga shunday imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlarning hisob-kitobi alohida yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yilning 1-iyulidan boshlab mulkchilikning barcha shakllaridagi eksport qiluvchi korxonalarning oʻzi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga eksport qilingan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)dan olingan daromadlari daromad (foyda) soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur soliq imtiyozi yagona soliq toʻlovchilari boʻlmish kichik korxonalarga ham joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda amaldagi hisob va hisobot tizimini tanqidiy qayta koʻrib chiqib, unda korxonalar tomonidan oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olinadigan daromadlarning alohida hisob-kitobi yuritilishini koʻzda tutsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Eksport qiluvchi korxonalar uchun 2000-yilning 1-iyulidan boshlab umumiy savdo-sotiq hajmida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksporti ulushiga qarab mulk soligʻi toʻlashning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport ulushi 25 foizdan 50 foizgacha miqdorda boʻlganida — belgilangan mulk soligʻi stavkasi 50 foizga kamaytiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50 va undan koʻproq foiz boʻlganida — mulk soligʻi undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Farmonning 1 va 2-bandida koʻzda tutilgan imtiyozlar eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchi hamda uni mustaqil ravishda yoki vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanuvchi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari orqali sotuvchi barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarga tadbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valyutaga xomashyo mahsulotlari — paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaho, rangli va qora metallar eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birga bir hafta muddatda ushbu Farmonda koʻzda tutilgan soliq imtiyozlarini qoʻllanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Eksport qiluvchi korxonalar uchun ilovaga* muvofiq soliq imtiyozlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova rus tilida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 5-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2613-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 174-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2009-y., 25-son, 282-modda; 2010-y., 52-son, 511-modda)