Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023 08.08.2013 yildagi PQ-2022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2023
Hujjat 09.08.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-noyabrdagi PF-198-sonli “Ayrim sanoat tarmoqlarida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam koʻrsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor konyunkturasi oʻzgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni taʼminlash maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Fermerlar kengashining Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida respublika mintaqalarida hududiy filiallari boʻlgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
talab-ehtiyojga boʻlgan joriy va istiqboldagi konyunkturani oʻrganish yuzasidan tashqi bozorlarning chuqur marketing tadqiqotlarini oʻtkazish hamda mamlakatimizning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotni eksport qilish uchun potensial imkoniyatlarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning assortimenti va turlarini tizimli asosda tahlil qilish, ularning tashqi bozorlardagi raqobatdoshlik darajasini aniqlash, tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish, buning asosida eksportga ishlab chiqarilayotgan mahsulotning jahon va mintaqaviy bozorlardagi talab-ehtiyojga mos kelishini taʼminlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda, ehtimol tutilgan xaridorlarni izlashda, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda, eksport operatsiyalarini amalga oshirishda, eksport qiluvchilarni ehtimol tutilgan xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilishda, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligi boʻyicha talab etiladigan zarur litsenziyalar, sertifikatlar hamda boshqa ruxsatnoma va yigʻimlarni olish va toʻlashda yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar koʻrsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chet ellardagi tender savdolaridagi ishtirokini kengaytirishga, shuningdek, yarmarkalar, “davra stollari” va boshqalarni tashkil etish yoʻli bilan mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari bilan xorijiy xaridorlarning muloqotlarini tashkil etishga koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi nodavlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma faqat kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatadi va yordam beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kengashi Jamgʻarmani boshqarish yuqori organi hisoblanadi, ijro etuvchi direksiya Jamgʻarmaning ijrochi organi va uning mablagʻlarini tasarruf etuvchi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma mablagʻlarining boshlangʻich miqdori 5,0 milliard soʻmni tashkil etadi, buning 2,5 milliard soʻmi davlat budjeti mablagʻlaridan beriladigan bir yoʻla badal hisobiga, qolgan qismi esa muassislar — kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, shuningdek, boshqa tijorat banklari, moliyaviy institutlar va donorlarning ixtiyoriy badallari hisobiga shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq yuridik, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar koʻrsatishdan xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan miqdorlarda – shartnoma qiymatining 3 foizigacha boʻlgan komission ajratmalar tarzida olingan daromadlar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Jamgʻarma mablagʻlarining manbalari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamgʻarma tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksportga moʻljallangan mahsulotning mamlakatimiz brendlarini rivojlantirish, eksportga yetkazib berishni olgʻa siljitish, jumladan, xorijiy mamlakatlarning qonunchiligiga muvofiq zarur litsenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar, shuningdek kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining xalqaro tender savdolarida ishtirok etishi bilan bogʻliq roʻyxatdan oʻtish yigʻimlari hamda boshqa toʻlovlarni toʻlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
eksport shartnomalarini tuzgan, yangi bozorlarga chiqish va yangi mahsulot turlarini eksport qilishni taʼminlagan holda chet ellardagi koʻrgazma va yarmarkalarda ishtirok etish uchun begʻaraz moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, jumladan uning hududiy filiallari 2019-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar, boj hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Belgilab qoʻyilsinki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tovarlar va xizmatlarni oldindan haqini toʻlamasdan, akkreditiv ochmasdan yoki oʻrnatilgan tartibda berilgan eksport shartnomasining sugʻurtasi boʻyicha polis mavjud boʻlganida 180 kun mobaynida mablagʻ kelib tushishi yoki orqaga qaytarish muddati kafolatisiz xorijiy valyutaga eksport qilish huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar kengashi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikda ikki hafta muddatda Jamgʻarma muassislarining tashkiliy yigʻilishini oʻtkazish, uning nizomini tasdiqlash hamda Jamgʻarma Kengashini shakllantirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kengashi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi va uning hududiy filiallari tuzilmasini tasdiqlasin, Jamgʻarmani marketing, tashqi savdo operatsiyalari va xalqaro huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻliq taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, belgilangan tartibda, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasini Toshkent shahar, Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 1-uyda joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin, uni zarur texnika, asbob-uskunalar va aloqa turlari bilan jihozlash koʻzda tutilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarma Kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan birgalikda ikki oy muddatda Jamgʻarmaning hududiy filiallari shakllantirilishi va joylashtirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasini va uning hududiy filiallarini joylashtirish ijara haqi undirilmasdan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 8-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-2022-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 33-son, 437-modda; 2016-y., 12-son, 110-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 06/17/5231/0237-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)