Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, o‘tkazish, qoida tariqasida, bir yo‘la kompleks tekshirishlar o‘tkazilishini nazarda tutib, faqat O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
belgilangan norma va qoidalarga o‘z vaqtida va to‘la hajmda rioya etadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi 2005-y., PF-3694-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirish nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan besh yilda ko‘pi bilan bir marta reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF-4522-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 13-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
bozorlar, savdo komplekslarini, ularga tutash bo‘lgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini, shuningdek ularning hududida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari to‘g‘risidagi murojaatlari asosida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga binoan bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yig‘imlar, ijara haqi to‘lovi topshirilishi va hisobi to‘liq yuritilishini, savdo va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga rioya qilinishini, ushbu bandning to‘qqizinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatlardan mustasno tarzda, qisqa muddatli tekshiruvlar o‘tkazish huquqiga egadirlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 150-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini o‘tkazish chog‘ida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qo‘yadilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablag‘lari yoki plastik kartochkalar bo‘yicha to‘lov shakliga qarab narxlarni sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat- kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, shuningdek, belgilangan tartibda chek va talonlarni berish, naqd tushumni o‘z vaqtida va to‘la hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar, o‘rnatilgan tartibga muvofiq, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining maxsus ruxsatnomasini talab etadigan soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablag‘lari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablag‘larini oluvchilarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat organlari tomonidan har qanday tekshirishni o‘tkazish muddati 30 kalendar kunidan oshib ketishi mumkin emas. Alohida hollarda bu muddat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat organlari tomonidan kichik biznes subyektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 14-son, 133-modda)
auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bir oy muddatda vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan hududlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish borasida 1999-yilgi muvofiqlashtiruvchi rejalar ishlab chiqilishini ta’minlasin, bunda kompleks tekshirishlarni keng joriy etish asosida ularni o‘tkazish davriyligi va muddatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ashaddiy bo‘yin tovlash faktlarining har biri bo‘yicha chora ko‘rish uchun yilning har choragida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga o‘z takliflarini taqdim qilsin.
(6-bandining ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni ta’minlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini ko‘rsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio”, ommaviy axborot vositalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ishlarini o‘tkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.