Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018 24.05.2013 yildagi 248-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarning xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘rilishida qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik sudlari tomonidan chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda qonun hujjatlarini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Xo‘jalik sudlari chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda Nyu-York shahrida 1958-yil 10-iyunda imzolangan “Chet el mamlakatlari hakamlik qarorini e’tirof etish va ijro etish to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Nyu-York Konvensiyasi deb yuritiladi), Kiyev shahrida 1992-yil 20-martda imzolangan “Xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi to‘g‘risida”gi Bitim (bundan buyon — Kiyev Bitimi deb yuritiladi), Minsk shahrida 1993-yil 22-yanvarda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Konvensiya (bundan buyon — Minsk Konvensiyasi deb yuritiladi), Gaaga shahrida 1954-yil 1-martda imzolangan “Fuqarolik protsessi masalalariga doir Konvensiya” (bundan buyon — Gaaga Konvensiyasi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari, O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi (bundan buyon — XPK deb yuritiladi) va boshqa qonun hujjatlarini qo‘llashlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Sudlarga tushuntirilsinki, chet davlat sudi deganda, sud hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organi, hakamlik deganda esa alohida har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitraj va doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi arbitraj organi tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 271-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan nizolar va boshqa ishlar yuzasidan qabul qilingan chet davlat sudi yoki hakamlikning qarorlari O‘zbekiston Respublikasida, basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma va qonunlarida bunday qarorlarni tan olish va ijroga qaratish nazarda tutilgan bo‘lsa, tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Ishni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatigina tan olinishi va ijroga qaratilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat sudining iltimosi bo‘yicha boshqa protsessual harakatlar (ashyoviy dalillarni tekshirish, taraflarni eshitish va boshqalar) sud topshirig‘ini ijro etish jarayonida amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kiyev Bitimining 4-moddasida nazarda tutilgan vakolatli sud deganda, qarori boshqa ahdlashuvchi taraf hududida ijroga qaratilishi lozim bo‘lgan, qayd etilgan Bitimning 4-moddasi qoidalariga muvofiq nizolarni ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan ahdlashuvchi tarafning sudi tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasida bunday sudlar bo‘lib xo‘jalik sudlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish hamda chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish bilan bog‘liq ishlar, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, XPK qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.1. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida XPK 124-moddasida belgilangan tartibda xabardor qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.2. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma yozma shaklda beriladi va undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnomada quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) iltimosnoma berilayotgan xo‘jalik sudining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) chet davlat sudining nomi va joylashgan joyi yoki arbitrajning nomi va tarkibi, uning joylashgan joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) undiruvchining nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) qarzdorning nomi, uning joylashgan joyi yoki turar joyi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) undiruvchi tan olish va ijroga qaratishni iltimos qilayotgan chet davlat sudi yoki hakamlikning qarori haqidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) undiruvchining talabi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ilova qilinayotgan hujjatlar ro‘yxati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomada undiruvchi yoki uning vakilining telefon, faks raqamlari, elektron manzili ko‘rsatilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlar xalqaro shartnomalarda ko‘rsatilgan tilda bayon etilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6.3. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma, shuningdek chet davlat sudining topshirig‘i sud tomonidan XPKning 16-bobida belgilangan tartibda ish yuritishga qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, xo‘jalik sudi chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini mazmunan qayta ko‘rishga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Agar chet davlat sudi yoki hakamlikning qarori qisman ijro etilgan bo‘lsa, sud bunday holda chet davlat sudi yoki hakamlik qarorining ijro etilmagan qismiga ijro varaqasi beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Sudlarga tushuntirilsinki, chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun davlat boji undirilmaydi, biroq XPKda belgilangan boshqa sud xarajatlari to‘lanishi (undirilishi) lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar qarzdor joylashgan yerdagi yoki yashaydigan joydagi yoxud, agar qarzdor joylashgan yer yoki yashaydigan joy noma’lum bo‘lganda, uning mol-mulki joylashgan joydagi xo‘jalik sudi tomonidan ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sudlar chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma XPK 88-moddasining 6-bandida belgilangan asoslar bo‘yicha ko‘rmasdan qoldirilishi mumkin emasligini inobatga olishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishlarni ko‘rish yakuni bo‘yicha XPKning 18-bobida hal qiluv qarorini qabul qilish uchun belgilangan qoidalar bo‘yicha ajrim chiqariladi va uning asosida ijro varaqasi darhol beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12.1. “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6-moddasining ikkinchi qismiga ko‘ra chet el sudi yoki arbitrajining qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan kelib chiqib, sudlar chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrimga asosan berilgan ijro varaqasida chet davlat sudi yoki hakamlik qarori qonuniy kuchga kirgan sanani ko‘rsatishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan ajrim ustidan XPKda belgilangan tartib va muddatlarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chet davlat sudining topshirig‘ini ijro etish bilan bog‘liq ishni ko‘rish natijasi bo‘yicha qabul qilingan ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Chet davlat hakamlik qarorini (bundan buyon — hakamlik qarori deb yuritiladi) tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar xo‘jalik sudlari tomonidan Nyu-York Konvensiyasi asosida ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.1. Nyu-York Konvensiyasi 4-moddasiga ko‘ra hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf iltimosnomani berishda tegishli tartibda tasdiqlangan hakamlik qarori va hakamlik kelishuvining asli yoki tegishli tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etadi. Agar hakamlik qarori va kelishuv rasmiy (o‘zbek) tilida bayon etilmagan bo‘lsa, ushbu qarorni tan olish va ijroga qaratishni so‘rayotgan taraf bu hujjatlarning rasmiy tildagi tarjimasini taqdim qiladi. Tarjima rasmiy yoki qasamyod qilgan tarjimon, diplomatik yoxud konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarga tushuntirilsinki, ushbu talablarga rioya qilinmasdan berilgan iltimosnoma XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14.2. Sudlar e’tiborga olishlari lozimki, hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish Nyu-York Konvensiyasining 5-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 1-bandi asosida hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlarni isbotlovchi dalillar mavjud bo‘lgan hollardagina yo‘l qo‘yiladi. Nyu-York Konvensiyasi 5-moddasining 2-bandi asosida hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratishni rad etishga sudga har qanday dalillar taqdim etilganligidan qat’i nazar, yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Xo‘jalik sudlarida chet davlat sudining qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar Kiyev Bitimi, Minsk Konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida ko‘rib chiqiladi. Bunda Kiyev Bitimi, Minsk Konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalari ularning ishtirokchisi bo‘lgan davlatlarning sud hujjatlariga nisbatan qo‘llanilishi inobatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar Kiyev Bitimi yoki Minsk Konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lmagan yoxud O‘zbekiston Respublikasi bilan huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzmagan chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida iltimosnoma berilgan bo‘lsa, bunday iltimosnomani qabul qilish XPK 117-moddasining 1-bandi asosida rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat iltimosnoma ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.1. Agar O‘zbekiston Respublikasi va ikki tomonlama o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma imzolagan davlat, o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama shartnomaning ham ishtirokchilari bo‘lsalar, sud chet davlat sudi qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi ishni ko‘rib chiqishda ikki tomonlama shartnomaning qoidalarini, u bilan tartibga solinmagan huquqiy munosabatlar qismi bo‘yicha esa — o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi ko‘p tomonlama shartnoma qoidalarini qo‘llaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.2. Chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma vakolatli sudga faqat undiruvchi (manfaatdor shaxs) tomonidan berilishi mumkin. Boshqa shaxslar tomonidan berilgan iltimosnoma XPK 118-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda qaytariladi.
(15.2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2015-yil 13-martdagi 277-sonli qarori tahririda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.3. Sudlar chet davlat sudi qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomaga Kiyev Bitimi 8-moddasining ikkinchi qismida, Minsk Konvensiyasi 53-moddasining ikkinchi qismida yoki O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama shartnomasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinishi shartligiga e’tiborlarini qaratishlari lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususan, chet davlat sudi qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli ravishda tasdiqlangan chet davlat sudi qarorining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
agar qarorning o‘zida qonuniy kuchga kirganligi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, uning qonuniy kuchga kirganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sud majlisida ishtirok etmagan, unga qarshi qaror qabul qilingan tarafning sudga tegishli tarzda va o‘z vaqtida chaqirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iltimosnoma kiritgan shaxsning imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
iltimosnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari qarzdorga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlarning taraflar o‘rtasidagi shartnoma bo‘yicha sudlovga tegishliligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet davlat sudi qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi Kiyev Bitimi yoki Minsk Konvensiyasi asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar tan olinishi so‘ralayotgan davlat tili yoki rus tiliga qilingan tarjimasi bilan birga tasdiqlangan holda taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet davlat sudi qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi shartnomasi asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, iltimosnomaga ilova qilinayotgan hujjatlar ushbu shartnomada belgilangan tilda bayon etilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu talabga rioya qilinmasdan berilgan iltimosnoma XPKning 118-moddasiga mos holda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.4. Sudlarning e’tibori chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish Kiyev Bitimining 9-moddasi, Minsk Konvensiyasining 55-moddasida hamda O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama shartnomalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgandagina rad etilishi mumkinligiga qaratilsin. Bunda ko‘rsatilgan xalqaro shartnomalarda chet davlat sudining qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish asoslarining ro‘yxati tugal hisoblanishi inobatga olinishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.5. Sudlarga tushuntirilsinki, Kiyev Bitimi yoki Minsk Konvensiyasiga muvofiq quyidagi holatlar chet davlat sudi qarorini tan olishni va ijroga qaratishni rad etishga asos bo‘ladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudining ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qarori mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MDH a’zosi — uchinchi davlat yoki MDH a’zosi bo‘lmagan davlat vakolatli sudining ayni bir shaxslar o‘rtasida, ayni bir predmet to‘g‘risida va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan tan olingan qarori mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizo vakolatsiz sud tomonidan hal qilingan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa taraf sud majlisi to‘g‘risida xabardor qilinmagan bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarorni majburiy ijroga taqdim etish uchun uch yillik muddat o‘tgan bo‘lsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar chet davlat sudi qarorining tan olinishi va ijroga qaratilishi O‘zbekiston Respublikasining ikki tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi xalqaro shartnomasi asosida so‘ralayotgan bo‘lsa, qarorni tan olish va ijroga qaratish mazkur shartnomada nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15.6. Chet davlat sudining ajrimini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi iltimosnoma qarorni tan olish va ijroga qaratish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘riladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xo‘jalik sudlari chet davlat sudlari topshirig‘ini ijro etish haqidagi ishlarni Kiyev Bitimi, Minsk va Gaaga Konvensiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi va chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida ko‘rib chiqadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.1. Sudlarga tushuntirilsinki, Kiyev Bitimining 5-moddasiga asosan huquqiy yordam ko‘rsatishda yordam so‘ralayotgan vakolatli sudlar va boshqa organlar o‘z davlatining qonun hujjatlarini qo‘llaydilar. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik sudiga huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi iltimosnoma bilan murojaat qilinganda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari qo‘llaniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bundan kelib chiqib, XPKning 123-moddasiga asosan ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilib, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda ko‘rishga tayinlash, uni o‘tkazish vaqti va joyi ko‘rsatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida XPK 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.2. Xo‘jalik sudi tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risidagi topshiriqlarni ijro etish, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, XPKda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xo‘jalik sudi XPKning 226-moddasiga muvofiq ayrim protsessual harakatlarni bajarish to‘g‘risida chet davlat sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda o‘ziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qog‘ozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza o‘tkazish, joyni ko‘zdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.3. Sudlar nazarda tutishlari kerakki, topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
topshiriqni ijro etish O‘zbekiston Respublikasi suverenitetiga zid bo‘lsa yoki uning xavfsizligiga tahdid solsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
topshiriqni ijro etish xo‘jalik sudining vakolatiga kirmasa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.4. Chet davlat sudi topshirig‘i bilan bog‘liq ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi, u xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan tartibda so‘rayotgan tarafga jo‘natiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.5. Chet davlat sudi topshirig‘i ijro etilganda, ajrimga ijroni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.6. Chet davlat sudi topshirig‘i ijro etilmaganda, ajrimda uning ijro etilmaganligi sabablari ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.7. Sudlar agar sud topshirig‘i O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish haqidagi shartnoma imzolamagan, biroq Gaaga Konvensiyasi ishtirokchisi bo‘lgan davlatdan kelib tushgan bo‘lsa, chet davlat sudining topshirig‘i ko‘rib chiqish uchun qabul qilinishi shartligini inobatga olishlari lozim, chunki Gaaga Konvensiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi Qarori bilan ratifikatsiya qilingan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16.8. Sudlarning e’tibori hakamliklar xo‘jalik sudlariga sud topshirig‘i (ekspertiza o‘tkazish, taraflar eshitish, guvohlar, ekspertlar va hakamlik muhokamasining boshqa ishtirokchilarini so‘roq qilish) berishga haqli emasliklariga qaratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agarda bunday topshiriq taqdim etilgan bo‘lsa, uni qabul qilish XPK 117-moddasining 1-bandiga mos holda rad etiladi. Agar ko‘rsatilgan holat topshiriq ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, ish bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy xo‘jalik sudi raisi D. MIRZAKARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oliy xo‘jalik sudi Plenumining kotibi, sudya M. IZRAILBEKOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 24-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
248-son