Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2026 10.07.2013 yildagi 196-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2026
Hujjat 10.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-apreldagi 154-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomni amalda qoʻllash uchun tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari xodimlarini oʻqitish choralarini koʻrsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joriy yilning 1-sentabrigacha boʻlgan muddatda hududdagi mavjud fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini yalpi xatlovdan oʻtkazib, ushbu qaror talablari asosida hisobga olish ishlarini yakunlasinlar va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 10-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
196-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 10-iyuldagi 196-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizom
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini (keyingi oʻrinlarda fuqarolar yigʻini deb ataladi) tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazlarida (keyingi oʻrinlarda “yagona darcha” markazlari deb ataladi) hisobga olish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish u joylashgan joydagi “yagona darcha” markazi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fuqarolar yigʻini tashkil etilayotganda uning raisi (oqsoqoli) saylangan kundan boshlab ikki hafta muddatda fuqarolar yigʻinini hisobga olish uchun “yagona darcha” markaziga murojaat qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish va hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish uchun “yagona darcha” markaziga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) tomonidan imzolangan fuqarolar yigʻinini hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi mahallalar tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organining qarori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi)ning bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) yigʻin raisini (oqsoqolini) saylash toʻgʻrisidagi qarori;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom — ikki nusxada;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va shtamp namunalari eskizi — ikki nusxada.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qoʻshib yuborish, boʻlish, ajratib chiqarish yoʻli bilan tuziladigan fuqarolar yigʻini uchun ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilayotgan fuqarolar yigʻiniga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilayotgan fuqarolar yigʻinining barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar daʼvolashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib yuborishda) yoki taqsimlash balansi (boʻlishda va ajratib chiqarishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilayotgan fuqarolar yigʻinining hisobga olinganlik haqidagi guvohnomasi asl nusxasi, muhri va shtampi (qoʻshib yuborishda va boʻlishda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinini hisobga olish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish “yagona darcha” markazi tomonidan, bir vaqtning oʻzida uni davlat statistika va soliq xizmati organlarida hisobga qoʻygan holda amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buning uchun “yagona darcha” markazi davlat statistika organlariga davlat hisobiga qoʻyish uchun, fuqarolar yigʻinini hisobga olish amalga oshirilgan kundan keyin ikki kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarorida belgilangan shakl boʻyicha bildirishnoma yuboradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir vaqtda “yagona darcha” markazi elektron pochta aloqasi orqali tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (keyingi oʻrinlarda STIR deb ataladi) berish uchun soʻrovnoma yuboradi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi tegishli soʻrovnomani olgandan keyin, real vaqt rejimida soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamlari markazlashtirilgan bazasi orqali fuqarolar yigʻiniga STIR beradi va markazlashtirilgan bazaga tegishli yozuv kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻiniga STIR berilganligi haqida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi va u “yagona darcha” markaziga elektron pochta aloqasi orqali yuboriladi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
STIR berish va bu toʻgʻridagi maʼlumotnomani “yagona darcha” markaziga yuborish muddati sakkiz ish soatidan oshmasligi zarur.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fuqarolar yigʻinining muhr va shtamp eskizlari “yagona darcha” markazi tomonidan tasdiqlanadi hamda muhr va shtamplar kitobiga tegishli yozuv kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muhr va shtamp eskizlari qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmaganda, “yagona darcha” markazi tomonidan fuqarolar yigʻini raisi bilan kelishgan holda, eskizning barcha taqdim qilingan nusxalariga zarur tuzatishlar kiritiladi va ular tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. STIR berish, muhr va shtamp eskizlarini tasdiqlash jarayonlari yakunlangandan soʻng oʻsha kunning oʻzida fuqarolar yigʻinini hisobga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “yagona darcha” markazi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha fuqarolar yigʻinlarining tegishli reyestriga kiritiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Reyestr daftari ip bilan tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, daftar yuritish boshlangan sana (yil, kun, oy) koʻrsatiladi, muhr va hokimning imzosi qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Fuqarolar yigʻini hisobga olingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida reyestrdan olingan maʼlumotlar “yagona darcha” markazi tomonidan tegishli davlat statistika va soliq xizmati organlariga rasmiy ravishda taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fuqarolar yigʻini hisobga olingandan soʻng bir kun muddatda unga quyidagilar beriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olinganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom — unga “hisobga qoʻyildi” belgisi bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muhr va shtamp namunalarining eskizlari — “tasdiqlangan” belgisi bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish toʻgʻrisidagi guvohnomalarning blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. “Yagona darcha” markazi quyidagi hollarda fuqarolar yigʻinini hisobga olishni rad etadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizomning 4, 5-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlari talabiga muvofiq kelmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlar aniqlanganda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolar yigʻinini hisobga olishning boshqa asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Fuqarolar yigʻinini hisobga olish rad etilgan taqdirda, uning sabablari koʻrsatilgan holda hamda ularni bartaraf etib, hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda yozma xat ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur xatda koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan ariza yangidan taqdim etilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar ariza beruvchi fuqarolar yigʻinini hisobga olishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni oʻz vaqtida bartaraf etsa, hisobga olish boʻyicha hujjatlar “yagona darcha” markazi tomonidan barcha zarur hujjatlar bilan birga ariza taqdim etilgan kundan boshlab uch kun muddatda koʻrib chiqiladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ariza beruvchi fuqarolar yigʻinini hisobga olishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda, shu jumladan fuqarolar yigʻini qayta tashkil etilganda hisobga olgan “yagona darcha” markaziga yetti kun muddatda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobga olish toʻgʻrisidagi ariza;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari yigʻilishi)ning bayoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan, rais (oqsoqol) imzosi bilan tasdiqlangan hamda fuqarolar yigʻini muhri qoʻyilgan yangi tahrirdagi nizom — ikki nusxada.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Fuqarolar yigʻinining nomi oʻzgargan taqdirda ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda fuqarolar yigʻinining hisobga olinganlik haqidagi guvohnomasi asl nusxasi, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek ikki nusxada yangi muhr va shtamp namunalarining eskizlari taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Fuqarolar yigʻinini ajratib chiqarish va qoʻshib olish shaklida qayta tashkil qilinganda ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil qilinayotgan fuqarolar yigʻiniga maʼlum boʻlgan barcha kreditorlar yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qayta tashkil etish haqida axborot eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil qilinayotgan fuqarolar yigʻinining uning barcha kreditorlari va qarzdorlariga, shu jumladan tomonlar daʼvolashayotgan majburiyatlarga nisbatan barcha majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorislik toʻgʻrisidagi qoidalar koʻrsatilgan topshirish dalolatnomasi (qoʻshib olishda) yoki taqsimlash balansi (ajratib chiqishda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil qilinayotgan fuqarolar yigʻinini hisobga olinganligi haqidagi guvohnomaning asl nusxasi, muhr va shtampi (qoʻshib olishda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni hisobga olish ushbu Nizomda fuqarolar yigʻinini hisobga olish uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “yagona darcha” markazi tomonidan fuqarolar yigʻinlarining reyestriga (“Qoʻshimcha maʼlumotlar” ustuniga) kiritiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Joylashgan yeri oʻzgarganda fuqarolar yigʻini oʻn kun muddatda hisobga olgan “yagona darcha” markaziga bu haqda yozma ravishda xabar beradi. “Yagona darcha” markazi xabarnomani olgandan boshlab ikki kun muddatda ushbu oʻzgarish haqida davlat statistika va soliq xizmati organlarini xabardor qiladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Yakunlovchi qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Ushbu Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA

Fuqarolar yigʻinini hisobga olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎_____________RESPUBLIKASI (VILOYAT, SHAHAR)

‎‎________TUMANI (SHAHRI)DAGI FUQAROLAR YIGʻINLARINING

‎‎REYESTRI

‎‎
T/r‎ Hujjat taqdim etilgan sana‎ Ariza taqdim etgan shaxsning F.I.O. ‎ Fuqarolar yigʻinining nomi‎ Fuqarolar yigʻini hududi (ga)‎ Hisobga olish reyestr raqami ‎ Hisobga olingan sana ‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎
‎‎
‎‎
STIR ‎ Hujjat olingan sana va imzo‎ ‎‎Qayta tashkil etish
‎va tugatish
‎toʻgʻrisida
‎ maʼlumot
Qoʻshimcha maʼlumot‎
9‎ 10‎ 11‎‎ 12‎
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Davlat gerbi

‎________ tuman (shahar) tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazi

‎Fuqarolar yigʻinining hisobga olinganligi toʻgʻrisida
‎GUVOHNOMA

‎‎Ushbu guvohnoma _____________________ Respublikasi ___________________ (viloyat, shahar) _______________________ tumani (shahri)dagi

‎‎_________________________________________________________________________________
‎(fuqarolar yigʻinining nomi)

‎fuqarolar yigʻinining ____________________________________________________________ da‎

‎‎(tuman (shahar) tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish yagona markazi nomi)

‎‎hisobga olinganligi munosabati bilan berildi.

STIR‎
‎‎Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami:
‎‎‎
‎‎Hisobga qoʻyilgan sanasi: 20__ yil “____” ______________

‎Reyestr boʻyicha tartib raqami _____________
‎‎M.Oʻ. ______________________

___________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(direktorning F.I.O.)

‎‎AA № 000000
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 360-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)