10.07.2013 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining jamoat taʼlim axborot tarmogʻini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-sentabrdagi PQ-191-son qaroriga muvofiq “ZiyoNET” taʼlim axborot tarmogʻini yanada takomillashtirish, uning sifatini oshirish hamda umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanishini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligining “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va mamlakatning boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarini “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash boʻyicha operator etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning tuzilgan shartnomalarga muvofiq “ZiyoNET” tarmogʻining axborot resurslaridan belgilangan tartibda uzluksiz foydalanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar taʼlimi muassasalari (kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar), oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy tashkilotlarga “ZiyoNET” tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat va tariflar boʻyicha koʻrsatilishini taʼminlasin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarini telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash boʻyicha jadvalni tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “ZiyoNET” tarmogʻi axborot resurslarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini tasdiqlasin, unga Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining ilmiy-taʼlim resurslari, saytlari hamda Internet tarmogʻi milliy segmenti saytlarini kiritishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefonlashtirish va “ZiyoNET” tarmogʻiga ulash jadvaliga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalar bilan “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari oʻrtasida shartnomalar tuzish tashkil etilishini, shuningdek tuzilgan shartnomalar boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun oʻz vaqtida haq toʻlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy tarmoqlarni tashkil etish yoʻli bilan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy taʼlim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, axborot-kutubxona muassasalari, muzeylar va boshqa taʼlim, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalarning “ZiyoNET” tarmogʻi resurslaridan keng foydalanishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “ZiyoNET” axborot tarmogʻini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2005-yil 28-dekabrdagi 282-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X.M. Mirzohidov zimmasiga yuklansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 10-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
198-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 955-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 28-son, 362-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/955/4084-son)