Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025 11.04.2000 yildagi PF-2572-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2025
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TOSHKENT MOLIYA-QURILISH KORPORATSIYASI (“TOSHUYJOYINVESTQURILISH”)NI TUGATISH TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kapital qurilishni yanada isloh qilish, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korxonalarining mustaqilligini kengaytirish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, qurilish qiymatini pasaytirish va sifatini oshirish, ortiqcha boshqaruv bo‘g‘inlarini tugatish hisobiga qurilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining, Toshkent shahar hokimligining hamda Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi “Toshuyjoyinvestqurilish” muassislarining uni tugatish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qo‘yilsinki, tugatilayotgan “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibida bo‘lgan pudrat qurilish trestlari va tashkilotlari, sanoat hamda transport korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar mustaqil yuridik shaxslar sifatida saqlab qolinadi hamda ular amaldagi qonunchilikka muvofiq uyushmalarga va boshqa shakllardagi xo‘jalik birlashmalariga ixtiyoriy ravishda kirish huquqiga egadirlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga “Toshuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi tarkibida bo‘lgan pudrat qurilish trestlarining va ayrim sanoat korxonalarining davlat ixtiyoridagi aksiyalar paketlarini respublikaning fond bozorida erkin savdoda, shu jumladan xorijiy sarmoyadorlarga sotish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent davlat-aksionerlik qurilish korporatsiyasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1993-yil 8-fevraldagi PF-558-son va “Toshkent moliya-qurilish korporatsiyasi (“Toshuyjoyinvestqurilish”)ni tashkil qilish to‘g‘risida” 1994-yil 23-dekabrdagi PF-1026-son Farmonlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2000-yil 11-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2572-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 4-son, 117-modda)