Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Bitim
Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safar qilishlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Ozarbayjon Respublikasi Hukumati, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar,
ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni yanada rivojlantirish, fuqarolarining safar qilishlarini huquqiy tartibga solish maqsadida,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Bir Tomon davlati fuqarolari ushbu davlatda amalda boʻlgan kelish va roʻyxatdan oʻtish qoidalariga rioya qilgan holda shaxsini tasdiqlovchi hamda ushbu Bitimga 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar bilan boshqa Tomon davlati hududiga vizasiz kirib kelish, undan chiqib ketish hamda unda boʻlish huquqiga egadirlar,
Tomonlar davlatlari fuqarolarining oʻtishi Oʻzbekiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi davlat chegarasidagi oʻtish punktlari orqali amalga oshiriladi.
2-modda
Tomonlar davlatlarining uchinchi davlatlarda istiqomat qiluvchi fuqarolari ushbu Bitimga 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan hujjatlar bilan Tomonlar davlatlari hududiga vizasiz kirib kelishlari, undan chiqib ketishlari va u orqali tranzitda yurishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir Tomon davlatining boshqa Tomon davlatining hududida vaqtincha boʻlib turgan fuqarolari, basharti ularning boʻlib turish muddati Tomonlar davlatlarining Davlat chegarasini mazkur Bitimning 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan shaxsni va fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar asosida kesib oʻtgan paytdan boshlab 15 (oʻn besh) kalendar kundan oshmasa, oʻzlari boʻlib turgan Tomon davlatining vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtish (hisobga qoʻyish) majburiyatidan ozod etiladilar.
Agar bir Tomon davlatining fuqarosi boshqa Tomon davlatining hududida 15 (oʻn besh) kalendar kundan ortiq boʻlib turgan taqdirda, ushbu fuqaro oʻzi boʻlib turgan Tomon davlatining milliy qonunchiligiga muvofiq uning vakolatli organlarida roʻyxatdan oʻtishi (hisobda turishi) lozim.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2023-yil 22-avgustdagi bayonnomaga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
3-modda
Tomonlar Tomonlar davlatlari fuqarolarini uchinchi davlatlarga davlat chegarasidagi xalqaro yoʻlovchi qatnovi uchun ochiq boʻlgan oʻtkazish punktlari orqali chegaradan chiqish uchun haqiqiy boʻlgan hujjatlar bilan oʻtkazish majburiyatini oladilar.
Tomonlar Tomonlarning istalgan birining milliy qonunchiligiga muvofiq chiqib ketishi cheklangan shaxslarni, ularning chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar bekor qilinguniga qadar oʻz davlatlari hududidan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun choralar koʻradilar.
4-modda
Tomonlar diplomatik yoʻllar bilan Tomonlarning tegishli qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar, shaxsini tasdiqlovchi va fuqaroligini tasdiqlovchi yangi hujjatlar toʻgʻrisida bir-birlariga zudlik axborot beradilar va ularning namunalarini joʻnatadilar, shuningdek ushbu Bitimga 1- va 2-ilovalarda koʻrsatilgan hujjatlarga daxldor boʻlgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabardor etadilar.
5-modda
Tomonlarning har biri agar bu davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash yoki aholi salomatligini muhofaza qilish uchun zarur boʻlib qolsa, ushbu Bitimning ayrim qoidalari harakatini toʻliq yoki qisman toʻxtatib qoʻyishga haqlidir.
Tomonlar ushbu chorlarni qabul qilinganligi yoki bartaraf etganligi toʻgʻrisida diplomatik yoʻllari orqali 30 kun oldin xabar berishlari zarur.
6-modda
Tomonlar davlatlarining ushbu Bitim qoidalarini yoki Tomonlar davlatlari hududiga kirib kelish va roʻyxatdan oʻtish qoidalarini buzgan fuqarolari Tomonlarning milliy qonunchiliklariga muvofiq javobgar boʻladilar.
7-modda
Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha zaruriyatga qarab axborot almashadilar va maslahatlashadilar.
Tomonlar oʻzaro kelishuvga koʻra ushbu Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishlari mumkin.
8-modda
Ushbu Bitim Tomonlarning uni kuchga kiritish uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartiblarini bajarganliklari toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali yozma ravishda oxirgi bildirishi sanasidan 30 kundan soʻng kuchga kiradi.
Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuziladi. Har bir Tomon ushbu Bitim harakatlarini bu toʻgʻrida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor etib toʻxtatishi mumkin. Bunday holda Bitim oʻz kuchini bunday bildirish sanasidan olti oy oʻtgach yoʻqotadi.
Toshkent shahrida 1997-yil 18-iyunda ikki nusxada, har biri oʻzbek, ozarbayjon va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2010-yil 27-sentabrdagi bayonnomaga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2010-yil 27-sentabrdagi bayonnomaga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
1-ilova
Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar
RUYXATI
1. Ozarbayjon Respublikasi umumiy fuqaro pasporti;
2. Ozarbayjon Respublikasi xizmat pasporti;
3. Ozarbayjon Respublikasi diplomatik pasporti;
4. Ozarbayjon Respublikasi dengizchisi guvohnomasi (kema ekipaji roʻyxati yoki koʻchirmasi bilan);
5. Havo kemasi ekipaji aʼzosining guvohnomasi (parvoz topshirigʻida tegishli yozuv boʻlganda);
6. Ozarbayjon Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma (faqat Ozarbayjon Respublikasiga qaytish uchun).
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2023-yil 22-avgustdagi bayonnomaga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
2-ilova
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Ozarbayjon Respublikasi hududiga kirishlari, undan chiqishlari va harakatlanishlari uchun hujjatlar
RUYXATI
1. Faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun Oʻzbekiston Respublikasi biometrik boʻlmagan namunadagi fuqaro pasporti;
2. Quyidagilar uchun berilgan Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasporti:
a) chet elda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasidan roʻyxatdan chiqarilgan fuqarolar;
b) Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishda barcha fuqarolar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasporti;
4. Oʻzbekiston Respublikasi biometrik diplomatik pasporti;
5. Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasi (faqat Oʻzbekiston Respublikasiga qaytish uchun);
6. Havo kemasi ekipaj aʼzosining guvohnomasi (ekipaj tarkibida parvoz qilish vaqtida);
7. Hukumatlararo feldyeger xizmati xodimining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomasi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2023-yil 22-avgustdagi bayonnomaga asosan kiritilgan)