Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022 14.06.2013 yildagi 169-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.03.2022
Hujjat 29.03.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarga oʻqitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ-1875-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek chet tillarni oʻrganish imkonini yanada kengaytirishni taʼminlash, nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻqitish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2013-yil 1-avgustdan boshlab nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiya toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyaning Namunaviy tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻn kun muddatda nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi) tarkibini tasdiqlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish boʻyicha zarur tadbirlarni amalga oshirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududiy komissiyalar faoliyati muvofiqlashtirilishini va doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning bajarilishi toʻgʻrisida 2014-yil yanvar va iyul oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 14-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
169-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga
1-ILOVA

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy komissiya faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiya toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi hududiy komissiyaning ishchi organi funksiyasini (keyingi oʻrinlarda ishchi organ deb ataladi) bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Litsenziya talabgori chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati bilan bir vaqtda taʼlim turi boʻyicha boshqa faoliyatni amalga oshirgan taqdirda bevosita Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasiga litsenziya berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Litsenziya nodavlat taʼlim muassasalariga chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasida taʼlimning har bir turi uchun alohida beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi, litsenziyaning muddati tugagandan keyin belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Litsenziya talablari va shartlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagilar nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim sohasidagi qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlim dasturlarini chet tillarga oʻqitish boʻyicha davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
taʼlimning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda boʻlishi, taʼlim jarayonida urushni, zoʻravonlikni targʻib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlikka va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va maʼnaviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, Oʻzbekiston toʻgʻrisida notoʻgʻri axborotlar tarqatilishiga hamda uning tarixiy, madaniy va maʼnaviy qadriyatlari buzib koʻrsatilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida litsenziyalanayotgan faoliyatni bajarish uchun moʻljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli boʻlgan, belgilangan talablarga muvofiq binolar (xonalar)ning mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tilini tegishli bazaviy maʼlumotga ega boʻlgan, malakasi taʼlim dasturlarining belgilangan darajasini taʼminlaydigan, shuningdek ularda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikati mavjud boʻlgan shaxslar tomonidan oʻqitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv va tarbiya jarayonini davlat talablariga, oʻquv rejalariga va taʼlim dasturlariga muvofiq tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorida taʼlim dasturlarining belgilangan darajasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan oʻquv, oʻquv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda taʼlim jarayonlarini taʼminlash vositalari mavjudligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditoriyalarni, oʻquv xonalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya asbob-uskunalari, oʻqitishning texnik vositalari va anjomlar bilan jihozlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Litsenziya bitimida ushbu Nizomning 7-bandida qayd etilganlardan kelib chiqadigan litsenziya talablari va shartlari koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyi manzili, bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami, faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, shuningdek chet tillarni oʻqitish boʻyicha kurslar roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi amalga oshiriladigan binolarga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlarning mavjudligini, shuningdek mazkur binolar (xonalar)ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yongʻin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining mavjud binolar va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat taʼlim muassasasi ustavining nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv rejalari va dasturlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet tillarga oʻqitgan hollarda pedagogik kadrlar toʻgʻrisida maʼlumot (maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatlarning nusxasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi malaka sertifikatining nusxalari);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻquv jarayonini taʼminlash uchun zarur boʻlgan moddiy vositalarning (yoki ularni moliyalashtirishning aniq manbai) mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ariza koʻrib chiqilganligi uchun litsenziya talabgori tomonidan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hujjatlar ishchi organning masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziatning litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi ishchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarib berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun komissiyaga taklif taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy komissiya ishchi organning taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Hududiy komissiya qabul qilgan qaror protokolini komissiya raisi (uning oʻrinbosari) imzolaydi. Zarur hollarda hududiy komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Ishchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish yuzasidan qaror qabul qilingani toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddatlari koʻrsatilgan holda yozma shaklda joʻnatiladi (taqdim etiladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimi ishchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlarning rekvizitlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya berilayotgan aniq taʼlim turining nomi va taʼlim faoliyati yoʻnalishlarining roʻyxati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilish muddati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan taʼlim faoliyatini amalga oshirish joyi (pochta manzili);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini ishchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va ishchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari namunalari Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ishchi organi tomonidan ishlab chiqiladi. Blankalar namunalari Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi buyurtmasi boʻyicha bosmaxona usulida “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida tayyorlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ litsenziya blankalarini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan oladi va unga berilgan litsenziyalar toʻgʻrisida hisobot beradi. Hisobot shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishchi organ rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar ishchi organ tomonidan rasmiylashtiriladi va hududiy komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, hududiy komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek ishchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda ishchi organ hujjatlar takroran taqdim etilgandan keyin toʻrt kun mobaynida ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli loyihasi bilan birga koʻrib chiqish uchun hududiy komissiyaga taklif taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy komissiya ishchi organ taklifi olingandan keyin olti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Hududiy komissiya qabul qilgan qaror protokoli komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda ishchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda ishchi organ litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish ishchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ishchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tugagunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziya dublikatlari berishda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi ishchi organ hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini nazorat qilish hududiy komissiya tomonidan tasdiqlangan jadval boʻyicha ishchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishni amalga oshirishda ishchi organ oʻz vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini rejadan tashqari tekshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar boʻyicha zarur axborotni litsenziatdan soʻrash va olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda, dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziatga aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish yoxud litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi takliflarni hududiy komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda ishchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi ishchi organda qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22 — 24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda komissiya qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Hududiy komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Hududiy komissiya qarori sud tomonidan asossiz deb eʼtirof etilgan taqdirda hududiy komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Litsenziyalar reyestri
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Ishchi organ taʼlim turlari boʻyicha litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliq toʻlovchining identifikatsiya tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilishini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziyalarni bekor qilish asosi va sanasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
dublikat berish asosi va sanasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslari faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat boji respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sxemasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga
2-ILOVA

Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiya toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Nizom
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiya (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiya deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hududiy komissiya nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga litsenziyalarni berish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Hududiy komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Hududiy komissiyaning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan belgilanadigan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Hududiy komissiya faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari hududiy komissiyalarning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda ishchi organi deb ataladi) funksiyasini bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Hududiy komissiyaning asosiy funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Quyidagilar hududiy komissiyaning asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyalarni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga dublikat berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish uchun ekspert guruhlarini shakllantirishda ishchi organga koʻmaklashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ tomonidan litsenziya talabgorlari hujjatlari boʻyicha tayyorlangan ekspert xulosalarini oʻrganish va ular boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nodavlat taʼlim muassasalari tomonidan chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish va ularning faoliyati boʻyicha litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi tekshirilishini tashkil etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Hududiy komissiyaning huquqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Hududiy komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida davlat boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan zarur materiallarni soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zarur hollarda, ishchi organdan nodavlat taʼlim muassasasi faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish uchun qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
litsenziya talabgori tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni ekspertiza qilish uchun mutaxassislarni jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishchi organ faoliyatini nazorat qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Hududiy komissiyaning ish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hududiy komissiyaning majlislari hujjatlarning kelib tushishiga qarab, biroq oyida kamida bir marta oʻtkaziladi. Zarur hollarda navbatdan tashqari majlislar oʻtkazilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish va ularning faoliyati hujjatlari boʻyicha ekspert xulosasi hamda ishchi organ tomonidan tayyorlangan, hududiy komissiyaning tegishli qarori loyihasi bilan litsenziyalar berish yoki litsenziyalar berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklif hududiy komissiyalar aʼzolariga tanishish uchun majlis boshlanishidan kamida 3 kun oldin yetkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Hududiy komissiyaning majlisi uning aʼzolarining majlisda kamida 2/3 qismi ishtirok etishi shartlarida oʻtkaziladi. Hududiy komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Hududiy komissiyaning aʼzosi uning qaroriga rozi boʻlmaganda komissiya aʼzosi protokolga ilova qilinadigan oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Hududiy komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Hududiy komissiyaning raisi boʻlmaganda uning funksiyasini rais oʻrinbosari bajaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Hududiy komissiya har chorakda hisobotdan keyingi oyning 10-kunigacha Vazirlar Mahkamasining nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ishchi organiga belgilangan shakl boʻyicha oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga
3-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash boʻyicha hududiy komissiyaning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Namunaviy tarkibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

Komissiya raisi:‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat va Toshkent shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari‎
Komissiya aʼzolari: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri
‎(hududiy xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi) ‎
hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi ‎
universitetlar (Toshkent shahrida — Toshkent davlat pedagogika
‎universiteti, Jizzax viloyatida — Jizzax davlat pedagogika instituti,
‎Navoiy viloyatida — Navoiy davlat pedagogika instituti) chet tillar
‎kafedrasi mudiri va oʻqituvchilari‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari
‎(hududiy adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari) ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari
‎(hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari)
hududiy moliya boshqarmasi boshligʻi ‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:

1. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Komissiya zaruriyat boʻlganda tegishli yoʻnalish boʻyicha ekspert-mutaxassislarni jalb etish huquqiga ega.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 9-son, 132-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxatidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” boʻlimiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Nodavlat taʼlim muassasalarining chet tillarni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyati”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-martdagi 241-sonli qaroriga asosan 2018-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 25-son, 324-modda; 2016-y., 18-son, 198-modda; 2017-y., 9-son, 132-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2018-y., 09/18/241/0960-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son)