Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020 11.06.2013 yildagi 165-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.04.2020
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2012-yil 14-noyabrdagi 322-son qarorini bajarish yuzasidan, davlat aktivlarini samarali boshqarishni taʼminlash, yagona texnik-iqtisodiy, ishlab chiqarish siyosatini amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish yoʻli bilan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarish va oʻzlashtirish hajmlarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 35 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) Davlat aktivlarini boshqarish markaziga (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalarning davlat paketlarini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilovaga* muvofiq masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi davlat ulushlarini tasarruf etish huquqisiz egalik qilish va foydalanish uchun bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli ravishda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining Markazga oʻtayotgan avtotransport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining koʻchmas mulkiga kadastr hujjatlari Markazga qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Mulk-Invest” davlat unitar korxonasi qayta tashkil etilishi munosabati bilan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlarning taʼsis hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmasdan amalga oshirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquq va majburiyatlari Markazga oʻtadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qayta tashkil etilayotgan “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining hisob raqamidagi pul mablagʻlari qoldigʻi toʻliq hajmda Markaz hisob raqamiga oʻtkazilishi kerak;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz davlat aktivlarini boshqarish boʻyicha oʻz faoliyatida davlat nomidan ish koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyalarning davlat paketlarini va ulushlarini Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berish, shuningdek ularning keyinchalik Markaz tomonidan ishonchli boshqaruvga berilishi baholash tashkilotlari tomonidan baholanmasdan amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlaridagi aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlari Markaz tomonidan tanlov asosida ishonchli boshqaruvga beriladi, ularning davlat ishonchli vakillariga hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berilishi hollari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yilning uchinchi va toʻrtinchi choragida hamda 2013-yilning I choragida davlat vakillari xizmatiga haq toʻlash Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasining Toshkent shahri boʻyicha hududiy boshqarmasi huzuridagi Davlat mulki ijarasi markazi tomonidan Toshkent shahri budjetiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning bir qismi 2013-yilda, 2014-yildan boshlab esa — davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi boʻyicha davlat korxonalari foydasining bir qismidan ajratiladigan ajratmalar taʼminot, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish, shuningdek Markazning faoliyat koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlarini qoplash manbai hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Markazga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari uning tomonidan xoʻjalik jamiyatlarida aksiyador (qatnashchi) sifatida olinadigan dividendlar hisoblanadi va ularga qonun hujjatlariga muvofiq toʻlov manbaida soliq solinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan va Markazning hisob raqamiga oʻtkaziladigan budjet mablagʻlari hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasining alohida budjetdan tashqari hisob raqamida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5.Belgilab qoʻyilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlarini boshqarish ular tomonidan ishonchli boshqaruv toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Markaz bilan birgalikda amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari Markazga tahliliy axborotni, shu jumladan davlat unitar korxonalari va oʻzlari muassislar (aksiyadorlar, qatnashchilar) hisoblangan xoʻjalik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati yakunlari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni ijara toʻlovining nul stavkasi boʻyicha joylashtirishni belgilangan tartibda taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy-normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi Markazni belgilangan tartibda zarur Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 11-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
165-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-iyundagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) unga tezkor boshqarish uchun berilgan mol-mulkning davlat mulki negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi hisoblanadi. Markaz oʻziga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan faoliyatni ushbu Nizom bilan qoʻyilgan maqsadlarga va mulkdorning topshiriqlariga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan doirada amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Korxonaning toʻliq rasmiy nomi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tilida: “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rus tilida: Gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “Sentr po upravleniyu gosudarstvennimi aktivami”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ingliz tilida: “The Center on state assets management” state unitary enterprise.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat raqobat qoʻmitasi deb ataladi) Markazning muassisi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Markaz “Mulk-Invest” davlat unitar korxonasining huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yoʻl qoʻyiladigan tijorat tashkilotlarining, shuningdek notijorat tashkilotlarining qatnashchisi (aʼzosi) boʻlishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qonun hujjatlarida Davlat raqobat qoʻmitasi uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash shartlari Markazning xodimlariga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda Markaz xodimlari bir yildagi faoliyat yakunlari boʻyicha oltita lavozim maoshi miqdorida mukofot toʻlagan holda ragʻbatlantiriladi, uning aniq miqdori Davlat mulki qoʻmitasi raisi bilan kelishuv boʻyicha, har bir xodimning ish samaradorligiga bogʻliq ravishda Markaz rahbarining qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar Markaz faoliyatining maqsadlari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
egalik qilish va foydalanish uchun belgilangan tartibda unga berilgan davlat aktivlarini boshqarishning bozor mexanizmlariga oʻtish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarining yaxlitligini, saqlanishini va hisobi yuritilishini taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning favqulodda turi sifatida davlat aktivlarini samarali boshqarishni tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlarida davlat vakillari malakasini muntazam ravishda oshirish tizimini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchli boshqaruvchilarning, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining sifatli monitoringi olib borilishini va tahlil etilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublikada boshqaruv xizmatlari bozori shakllantirilishiga koʻmaklashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Markazning vazifalari va funksiyalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari va davlat mulkini samarali boshqarish boʻyicha davlatning ishonchli vakillari faoliyatining natijadorligi monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xoʻjalik jamiyatlari aksiyalarining davlat paketlari (ulushlari) boʻyicha, shu jumladan ularni davlatning ishonchli vakillariga, boshqaruvchi kompaniyalarga va xoʻjalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berish yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi)ning huquqlarini roʻyobga chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari faoliyati samaradorligini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik jihatdan qayta jihozlash, mahsulot tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish hisobiga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aktivlari boʻyicha dividendlarning aksiyadorlik va boshqa xoʻjalik jamiyatlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻz vaqtida va toʻliq hajmda toʻlanishini taʼminlashga koʻmaklashish.
(10-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi nomidan aksiyalarning davlat paketi (ulushlari) boʻyicha xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadori (qatnashchisi) huquqini amalga oshiradi, shuningdek ushbu huquqlarni ishonchli boshqaruvchilarga beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shu jumladan chet eldagi xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarida oʻziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan aksiyalarning davlat paketlari (ulushlar) boʻyicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarining investitsion jalb etuvchanligini oshirish yoʻli bilan xususiylashtirish jarayoniga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruriyat boʻlganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan yuqori malakali mutaxassislarni yollash yoʻli bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat mulkini boshqarish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muassislar (aksiyadorlar), qatnashchilar va ishonchli boshqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan hisobotlar va axborot asosida davlat unitar korxonalarining va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik birlashmalarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, jamiyatning biznes-rejasi parametrlari muntazam ravishda bajarilmagan taqdirda esa jamiyatning ijro etuvchi organi tarkibini almashtirish tashabbusi bilan chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasining Iqtisodiy nochor korxonalarni sogʻlomlashtirish va tarkibiy oʻzgartirish bosh boshqarmasi bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tahlil qiladi, shuningdek ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat unitar korxonalari va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga koʻmaklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar va kuzatuvchi kengashlarning rolini tubdan oshirishga, minoritar aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishni taʼminlashga, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari yuzasidan ijro etuvchi organlarning aksiyadorlar oldidagi javobgarligini kuchaytirishga yoʻnaltirilgan korporativ boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlarini samarali boshqarishni taʼminlash uchun ularni korporativ boshqarishning eng yaxshi ilgʻor tajribasini joriy etish ishlarini olib boradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan ularning moliyaviy natijalarini oshirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnologik qayta jihozlash va kengaytirish jarayonlariga zarur investitsiyalarni jalb etish uchun xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlarini chiqarish tashabbusi bilan chiqish orqali fond bozorining rivojlanishiga koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining aksiyadorlari (qatnashchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun ishonchli boshqaruvchilarga, davlat vakillariga va Markaz xodimlariga ishonchnomalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati boʻyicha ishonchli boshqaruvchilarga va davlat vakillariga koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tanlov asosida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) ishonchli boshqaruvga beradi, ularni davlatning ishonchli vakillariga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga berish hollari bundan mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari roʻyxati boʻyicha takliflarni, shuningdek davlat aktivlarini egalik qilish va foydalanish uchun Markazga berish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalardagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanish monitoringini olib borish boʻyicha komissiyaga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning ishonchli vakillarini va xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilarini, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlatning ishtiroki maxsus huquqidan (“oltin aksiya”) foydalanuvchi davlatning vakillarini tayinlash va ozod qilish boʻyicha takliflarni Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalardagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanish monitoringini olib borish boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar bilan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish, korporativ boshqarishni rivojlantirish sohasida konsalting xizmatlari koʻrsatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yuklangan vazifalarni bajarishni taʼminlash masalalari boʻyicha Markazning vakolatxonalari hamda Davlat raqobat qoʻmitasining tegishli hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga boshqa toʻlovlar, davlat maqsadli fondlari, ish haqi va dividendlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik hosil boʻlganda, shuningdek ketma-ket ikki chorak mobaynida biznes-rejaning asosiy parametrlari bajarilmagan taqdirda xoʻjalik jamiyati (davlat korxonasi)ning ijro etuvchi organi bilan mehnat munosabatlarini davom ettirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani jamiyatning kuzatuvchi kengashiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida tashqi auditni oʻtkazish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlaydi va auditorlik tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tanlovda qatnashish uchun, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi rahbariyatining tasdiqlashi uchun ularning roʻyxatini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya-xoʻjalik faoliyatini auditorlik tekshirish yoki ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyati faoliyatining maxsus masalasi boʻyicha auditorlik tekshirishini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan boshqa xoʻjalik jamiyatlarining ijro etuvchi organi va kuzatuvchi kengashi rahbarlarining korporativ boshqarishning sifatli tizimini joriy etish boʻyicha hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida vaqti-vaqti bilan eshitishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlaridagi davlatning ishonchli vakillarini attestatsiyadan oʻtkazadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda korporativ boshqarishni rivojlantirish va rivojlangan mamlakatlarning ilgʻor tajribasini joriy etish yoʻli bilan davlat aktivlarini samarali boshqarish, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining menejmenti, davlatning ishonchli vakillari, investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari bilimlari va koʻnikmalari darajasini oshirish bilan bogʻliq seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korporativ boshqarish tizimini takomillashtirish va xoʻjalik jamiyatlarida davlat ulushini boshqarish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
manfaatdor davlat organlari, ishonchli boshqaruvchilar bilan birgalikda davlat unitar korxonalarida va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida samarali dividend siyosatini amalga oshirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yilning har choragida Davlat raqobat qoʻmitasiga davlat unitar korxonalari va davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, shuningdek ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi toʻgʻrisidagi tahliliy materiallarni kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyati davomida aniqlangan davlat aktivlarini boshqarishni davom ettirish boʻyicha takliflarni Davlat raqobat qoʻmitasiga kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlatning tashkilotlardagi ulushli ishtiroki maqsadlariga erishish uchun boshqa tadbirlarni amalga oshiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz mablagʻlari tushumi va ulardan foydalanish prognozlarini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda Davlat raqobat qoʻmitasiga taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat vakillarining xizmatlariga ularning faoliyati uchun belgilangan tartibda haq toʻlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat aktivlarini samarali boshqarish, korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish, menejment sifatini oshirish boʻyicha, shuningdek davlatning xoʻjalik jamiyatlaridagi vakillari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻz vakolatlari doirasida Markaz faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻradi yoki belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamiyatni rivojlantirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarni ustav fondiga kapitallashtirishda xoʻjalik jamiyatlariga koʻmaklashadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Markaz oʻziga yuklangan funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat organlaridan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan, boshqa davlat tashkilotlaridan va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlaridan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni soʻrash va, zaruriyat boʻlganda, bepul olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ilmiy-tadqiqot, auditorlik, advokatlik, konsalting tashkilotlarini va boshqa tashkilotlarni, mustaqil ekspertlarni va korporativ boshqarish, menejment, moliya va qimmatli qogʻozlar sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni qoʻyilgan vazifalarni jadal hal etish uchun belgilangan tartibda jalb etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgaga noqonuniy berilgan mol-mulk, mulkiy huquqlar va boshqa davlat aktivlari davlat boji toʻlanmasdan qaytarilishi toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar va arizalar berish, shuningdek ishlarning sudlarda koʻrib chiqilishida qatnashish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zaruriyat boʻlganda joyiga borib davlat mulkini xatlovdan oʻtkazish va undan foydalanish samaradorligi monitoringini olib borish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vazirliklar va idoralar orasida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining kuzatuvchi kengashlariga nomzodlarni tanlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondida aksiyalarning davlat paketlarini (ulushlarini) oʻzgartirish boʻyicha buyruqlar chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishonchli boshqaruvchilarga aksiyador (qatnashchi) sifatida davlatning huquqlari buzilishlarini bartaraf etish va (yoki) ularning oqibatlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlarida davlatning ishtirokini maqbullashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Markaz faoliyatini boshqarish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Markazning muassisi sifatida Davlat raqobat qoʻmitasi quyidagi huquqlarga ega:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning strategik vazifalarini va uning kelgusida faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishlarini aniqlashga doir takliflarni, shuningdek Markaz ishlarining yillik rejasini Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalardagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanish monitoringini olib borish boʻyicha komissiyaga kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ichki audit xizmatini tashkil etish, Markaz moliya-xoʻjalik faoliyatining, zaruriyat boʻlganda – mustaqil ekspertlar va auditorlarni jalb etgan holda ichki audit xizmati tomonidan oʻrganilishini tashkil etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning Bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchini tayinlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz faoliyati tartibini belgilaydigan ichki nizomlarni tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yirik bitishuvlar va sodir etilishidan manfaatdorlik mavjud boʻlgan bitishuvlar tuzilishini maʼqullash masalasini koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ustavini tasdiqlash, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning vakolatxonalarini tashkil etish bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Markazning Bosh direktori bilan mehnat shartnomasi tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Markazni qayta tashkil etish yoki tugatish toʻgʻrisida taklif kiritish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida Markazning ijro etuvchi organiga daʼvo kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat raqobat qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Davlat raqobat qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ustav fondini shakllantiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning ustav fondiga berilgan davlat mulkidan belgilangan maqsadda foydalanilishini va saqlanishini nazorat qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vazirligi bilan Markazning xarajatlari smetasini kelishadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar uning tomonidan toʻgʻri amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Markazning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish ijro etuvchi organ nomidan Bosh direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Markazning Bosh direktori Davlat raqobat qoʻmitasi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Bosh direktor yakka boshchilik qiladigan ijro etuvchi organ hisoblanadi va oʻz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini ijro etishda Markazning manfaatlarini koʻzlab ish koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Markazning bosh direktori:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning vazifalari va funksiyalari bajarilishini tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaz nomidan ish koʻradi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarni, shu jumladan Bosh direktor oʻrinbosarlarini ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni oʻzgartiradi va toʻxtatadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalardagi aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanish monitoringini olib borish boʻyicha komissiyaning tasdiqlashi uchun yillik ish rejasi loyihasini Davlat raqobat qoʻmitasiga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kadrlarni tayyorlash va oʻqitish, ularning malakasini oshirish choralarini koʻradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida Markaz tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
zamonaviy fan-texnika yutuqlariga muvofiq xoʻjalik boshqaruvi organlarida va ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish dasturlari va loyihalari amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda qatnashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish va qoʻllashni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
faoliyatning yangi yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Markaz faoliyatini moliyalashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Markaz faoliyatini moliyalashtirish davlat ulushi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga amalda tushgan dividendlarning bir qismi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan xarajatlar smetasi boʻyicha davlat korxonalarining sof foydasidan ajratmalar hisobiga amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelgusi moliyaviy yil uchun xarajatlar smetasi Markaz tomonidan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi va Moliya vazirligi bilan kelishish uchun oldingi yilning 20-dekabrigacha taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Markazning mol-mulki
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Markazning ustav fondi unga moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish uchun Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan berilgan mablagʻlar, mol-mulk va boshqa aktivlarning yigʻindisidan iborat boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Markazning ustav fondini koʻpaytirish yoki kamaytirish Davlat raqobat qoʻmitasining qaroriga binoan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Tezkor boshqarish huquqi bilan Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan Markazga biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar, shuningdek uning faoliyati davomida sotib olingan, u oʻz majburiyatlari boʻyicha javob beradigan mulkchilik huquqi bilan Markazga tegishli boʻlgan boshqa mol-mulk Markazning mol-mulkini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Markazning mol-mulki boʻlinmaydi va omonatlar (ulushlar, paylar) boʻyicha taqsimlanishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Markazning mol-mulkini tasarruf etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda binolar va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlarni), aksiyalar va ulushlarni realizatsiya qilish Markazning ustav fondi tegishli ravishda kamaytirilgan holda Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Daromadni (foydani) taqsimlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Barcha soliqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markazda qoladigan sof foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Markaz mablagʻlaridan xayriya maqsadlarida foydalanish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Markazning hisobotlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Markaz hisobot davri tamom boʻlgandan keyin vakolatli organlarga roʻyxati qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy hisobotlarni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Markaz faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qoʻmitasi va boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Markazning Bosh direktori yilning har choragida moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida Davlat raqobat qoʻmitasiga hisobot beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VIII. Markazning javobgarligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Markaz:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Nizom bilan Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, Davlat raqobat qoʻmitasi rahbarlari topshiriqlarining va ular tomonidan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, xolisona, ochiq-oshkora, sifatli bajarilishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga tegishli mol-mulk bilan oʻz majburiyatlari yuzasidan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻziga berilgan davlat mulkining maqsadli va oqilona (samarali) boshqarilishi, shuningdek uning saqlanishi va yaxlitligi uchun javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IX. Markazning vakolatxonalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Markaz Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishib, qonun hujjatlari talablariga rioya etgan holda vakolatxonalar ochishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Markazning vakolatxonalari Markaz tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida Markaz nomidan ish koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Markazning vakolatxonasi rahbari Davlat raqobat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Bosh direktor tomonidan tayinlanadi va oʻziga berilgan ishonchnoma asosida ish koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Markaz tashkil etiladigan vakolatxonalarning majburiyatlari boʻyicha javob beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
X. Markazni tugatish va qayta tashkil etish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Markaz qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda, muassisning qaroriga koʻra yoki sudning qaroriga binoan tugatilishi yoxud qayta tashkil etilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Markazning tugatilishi, huquqlar va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga oʻtmasdan, uning faoliyati toʻxtatilishiga olib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markazni qayta tashkil etishda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorisga oʻtadi.