Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.07.1999 yildagi PF-2342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 30.08.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-xoʻjalik faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tizimidan chiqarilib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga boʻysundirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mol-mulkida davlat mulki ulushi boʻlgan bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari ishining eng uzoq muddati bir yil bilan chegaralansin. Ushbu muddatni yana uzogʻi bilan yarim yilga uzaytirish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining qarori bilangina amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tugatish komissiyasi bankrot korxonani tugatish boʻyicha barcha ishlarni belgilangan muddatda nihoyasiga yetkaza olmagan taqdirda mulkning sotilmagan qismi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining qarori bilan davlat mulkiga oʻtkaziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tasarrufiga beriladi, xoʻjalik sudlari esa Hukumat komissiyasi qarori asosida tugatish ishining yakunlangani haqida ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashqi boshqaruvchilar va ishonchli shaxslarga qarzdor korxonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruxsat berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xaridorga xizmat koʻrsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korxona yoki mulkni bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
arzon-garov va tez ishlatib boʻlinadigan mulkni, shuningdek xom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kim oshdi savdosi oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari ishonchli shaxslar va bankrot korxonalarni tugatish komissiyalari tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish boʻyicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji toʻlanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda koʻrib chiqishni taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmoniga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmonning 1-bandi hamda ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-band quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi” hamda 4-bandning 2-xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“tugatish jarayonini amalga oshirishda faol ishtirok etish va ishonchli shaxs sifatida qatnashish, mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudlari tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdorlar boʻyicha tugatish komissiyalarini tashkil etish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“qonunchilikda belgilangan tartibda soliq organlari, iqtisodiyot va statistika organlaridan korxonalarning iqtisodiy nochorligi haqidagi maʼlumotlarni olish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita mansabdor shaxslardan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim qilinmagani yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagani uchun undirib olinadigan jarimalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bankrot korxonalarni kim oshdi savdosi orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, kreditorlarning talabi qondirilgan taqdirda mulkning baholanish va sotilish qiymati oʻrtasidagi farqdan tushgan mablagʻlarning bir qismi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 23-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2342-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)