O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 22-martda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2439]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 7-yanvardagi 1, 2019-04-sonli “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2439-7, 21.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 31-dekabrdagi 93, 2015-1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-2, 28.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda)
1. Quyidagi soliq hisobotining shakllari tasdiqlansin:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha 1-ilovaga muvofiq;
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 2-ilovaga muvofiq;
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq;
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
aksiz solig‘i bo‘yicha 4-ilovaga muvofiq;
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
Har bir jismoniy shaxs kesimida budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga hisoblangan fuqarolarning sug‘urta badallari summalari to‘g‘risidagi ma’lumot 4a-ilovaga mkvofiq;
(4a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 20-noyabrdagi 160 va 2017-62-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2439-5, 29.11.2017-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2439-5/0335-son)
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq va tijoratbop topilma bonusi bo‘yicha 5-ilovaga muvofiq;
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha 6-ilovaga muvofiq;
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha 7-ilovaga muvofiq;
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha 8-ilovaga muvofiq;
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq bo‘yicha 9-ilovaga muvofiq;.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bo‘yicha 10-ilovaga muvofiq;
(10-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha 11-ilovaga muvofiq;
(11-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
davlat boji bo‘yicha 12-ilovaga muvofiq;
yagona soliq to‘lovi bo‘yicha 13-ilovaga muvofiq;
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
yagona yer solig‘i bo‘yicha 14-ilovaga muvofiq;
(14-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
qat’iy belgilangan soliq bo‘yicha 15-ilovaga muvofiq;
(15-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 25-martdagi 19 va 2016-13-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-3, 21.04.2016-y.) tahririda —O‘R QHT, 2016-y., 16-son, 171-modda)
bozorlar tomonidan olingan daromadlar bo‘yicha 16-ilovaga muvofiq;
(16-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 11-iyuldagi 106, 2018-49-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-6, 20.08.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)
tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imlar bo‘yicha 17-ilovaga muvofiq.
(17-ilova O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2017-yil 21-fevraldagi 16 va 2017-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2439-4, 14.03.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 11-son, 178-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2012-yil uchun soliq hisoboti 2012-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 29-dekabrdagi 111, 2007-66-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1760, 2008-yil 21-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 3-4-son, 15-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2011-yil 15-apreldagi 30, 2011-14-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1760-1, 2011-yil 30-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 238-modda).
4. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
23-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-mart,
2013-8-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 12-(I)-son, 162-modda; 2014-y., 24-son, 300-modda; 2015-y., 4 va 4 (I)-son, 49-modda; 2016-y., 16-son, 171-modda; 2017-y., 11-son, 178-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2017-y., 10/17/2439-5/0335-son, 20.08.2018-y., 10/18/2439-6/1786-son)