Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTONDA TURIZM SOHASI UChUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Respublikada turizm sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, turizmning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash va uning samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
1. 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab turizm sohasi boʻyicha oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mujassamlashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 15-apreldagi “2005-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida mazkur Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-iyun,
PF-2332-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 156-modda)